n a= -------- N dissotsialanish darajasi; n-ionlarga ajralgan molekulalar soni;
N- umumiymolekulalar soni.
Kuchli elektrolitlar eritmasida molekulalar ionlarga to’la dissotsialangan. Ularda a ning qiymati 30 % dan yuqori bo’ladi. Kuchli elektrolitlarga:
- kuchli kislotalar HCl, HBr, HJ, HNO3, H2SO4, HClO4, HMnO4, H2CrO4,HClO3, H2Cr2O7 lar kiradi; - kuchli asoslarga I va II guruh metallarining asoslari olnishi mumkin Be(OH)2 va Mg(OH)2 dan tashqari; - barcha suvda eruvchan tuzlar ham kuchli elektrolitlarga kiradi.Ba’zi elektrolitlarning 0,1 n eritmalari uchun dissotsilanish darajasi quyidagi 12- jadvalda keltirilgan.
Bu qiymatlarga qarab elektrolitlar kuchi to’g’risida xulosa chiqarish mumkin.
Kuchsiz elektrolitlar uchun dissotsiyalanish darajasi 3% dan kam qiymatga ega
bo’ladi. Kuchsiz elektrolitlarga:
- barcha organik kislotalar(R-COOH) va asoslar (R-NH2; R2NH ;R3N); - kuchsiz asoslar (1 va 11 guruh asosiy guruhi metallaridan boshqa barcha metallar gidroksidlari; NH4OH - ba’zi anorganik kislotalarni : H2S, HNO2, H2SiO3, H2CO3, HClO, HCN, H2SO3 olish mumkin. 12 -jadval.18oS da elektrolitlaning 0,1 n eritmalari uchun dissotsialanish darajasi
Dissotsialanish jarayoni eritma konsentratsiyasiga, elektrolit tabiatiga va temperaturaga bog’liq. Temperatura ortishi dissotsialanish darajasini qiymati yuqori bo’lishiga olib keladi. Kuchsiz elektrolitlar uchun dissotsialanish darajasi konsentrtasiya kamaysa ortadi.
HNO2 = HNO2– [H ]*[ NO2–] K= ---------------------- [HNO2] [H ] va [NO2–]- ionlarning molyar konsentratsiyasi; [HNO2] dissotsiyalanmagan ionlarning konsentratsiyasi. Dissotsialanish konstantasi o’zgarmas haroratda ionlar konsentratsiyasi
ko’paytmasining muvozanatdagi ayni elektrolit konsentratsiyasiga nisbatidir.
Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha
holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.
K elektrolit tabiati va haroratga bog’liq. K qiymati qancha kichik bo’lsa elektrolit kuchsiz hisoblanadi. Ba’zi kuchsiz elektrolitlarning dissotsialanish konstantasi qiymati jadvalda keltirilgan.