Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari


Falsafaning asosiy masalasi strukturasida ikki tomon ajratiladi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə20/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

Falsafaning asosiy masalasi strukturasida ikki tomon ajratiladi. Ruh birlamchimi yoki tabiatmi, degan savol mazkur masalaning ontologik tomonini tashkil qiladi. Dunyoni bilish imkoniyati to‘g‘risidagi masala, «inson tafakkuri dunyoni haqqoniy bilishga qodirmi, u o‘zining haqiqiy dunyo haqidagi tasavvurlarida voqelikni to‘g‘ri aks ettirishga qodirmi», degan savol falsafa asosiy masalasining gnoseologik tomonini o‘zida ifodalaydi.
«Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi predmetli-amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar bilan belgilanadi.
Hozirgi zamon falsafasi doirasida ko‘pincha quyidagi mustaqil sohalarni ajratishadi:
1. Ontologiya – (Yunoncha ontos-mohiyat, logos-tadqiqot, borliq uning mohiyati, shakllari, asosiy tamoyillari va eng umumiy kategoriyalari haqidagi ta’limot.
2. Gnoseologiya – (epistemologiya) (gnozis-bilish, logos – ta’limot) bilish haqidagi, inson tafakkuri faoliyati qonunlarini o‘rganadi.
3. Praksiologiya - (praksis-faoliyat, logos-ta’limot) inson amaliy faoliyati haqidagi ta’limot.
4. Aksiologiya – (aksios-qadriyat, logos-ta’limot) qadriyatlar inson faoliyati, uning yo‘nalishi, umumiy ahamiyati.
5. Falsafiy antropologiya - inson to‘g‘risidagi ta’limot
6. Ijtimoiy falsafa – jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot
7. Futurologiya (futurum –kelajaki va logos –ma’limot) – keng ma’noda kelajak haqidagi ta’limot, tor ma’noda prognozlashtirish i prognostika so‘zlarining sinonimi sifatida ishlatiladi.
8. Teosofiya (thes — xudo i sopha — donishmandlik, bilim) xudoni bevosita bog‘lanish orqali bilish haqidagi ta’limot.
9. Mantiq – tafakkur qonunlari va shakllari to‘g‘risidagi ta’limot
10. Etika – axloq to‘g‘risidagi ta’limot
11. Estetika – go‘zallik to‘g‘risidagi ta’limot
12. Metodologiya - tafakkur usullari va metodlari haqidagi ta’limot.
Shuningdek tabiatshunoslik falsafasi, din falsafasi, huquq falsafasi, fan falsafasi, texnika falsafasi, tarix falsafasi, madaniyat falsafasi, siyosat falsafasi, global muammolar falsafasi kabi bugungi kunda mustaqil fan maqomini olish bilan birbutun yo‘nalishlarga ajralgan. Ulaning har birining o‘z tushunish apparati hamda muammoni hal qilishning o‘ziga xos usullari bor.
U yoki bu falsafiy fanning rivojlanish darajasi turlichadir. Ulardan ba’zilari (masalan, ontologiya) falsafa ibtidosida vujudga kelgan bo‘lsa, boshqalari (global muammolar falsafasi yoki texnika falsafasi) XX asr mahsulidir.
Falsafiy fanlarning mustaqilligi to‘g‘risida gapirganda, mustaqillikning o‘zini nisbiyligini nazarda tutish kerak. Falsafiy fanlar bir-biridan uzilib qolgan emas, ular o‘zaro yaqindan aloqada va o‘zaro bog‘liqdir. Ularning negiz mavzulari ko‘pincha bir-biri bilan yondosh keladi: mantiq va bilish, bilish va din, din va axloq, axloq va san’at va hakozo. Falsafiy fanlar ayniqsa, muayyan tizimlar va oqimlar doirasida o‘zaro aloqador va o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritganligi, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar faylasuflar oldiga zaruriy ravishda yangi muammolarni qo‘ymoqda.
Milliy mustaqillik g‘oyasini va yangi mafkurani shakllantirish bilan bog‘liq ravishda O‘zbekiston faylasuflari oldida muhim vazifalar ko‘ndalang bo‘lmoqda. Jamiyatda mafkuraning tutgan o‘rni va mavqei, uning ma’naviy-axloqiy yangilanishi, yangi ijtimoiy eng Yuksak orzu va qadriyatlarning qaror topishi, uyg‘un barkamol avlod tarbiyasi haqidagi ijtimoiy ongni shakllantirish g‘oyasi o‘z aksini O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida11, rasmiy nashrlarda12, olimlarning tadqiqotlarida, ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir adabiyotlarda topmoqda.13 Shakllanayotgan milliy istiqlol mafkurasining «mustaqillik», «kelajagi buyuk davlat», «bozor», «huquqiy davlat», «demokratik jamiyat», «ma’rifatli jamiyat», «umuminsoniy qadriyatlar», «uyg‘onish», «davlat islohotchi sifatida» kabi tushunchalarimizni ochib berishga qaratilgan birinchi qadamlar qo‘yildi.
O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi jihatlarini tadqiq qilishni davom ettirish hozirgi zamon talabidir. Falsafa O‘zbekistonda yashovchi xalqlarning milliy xususiyatlari va yashash tarzining o‘ziga xosligini, mintaqada vujudga kelgan muayyan-tarixiy sharoitni hisobga olgan holda umumiy tushunchalar, insoniyat taraqqiyotining umumiy mantig‘i, ijtimoiy-siyosiy guruhlar, u yoki bu siyosiy g‘oyalar va davlatlarning amaliy faoliyatlaridan kelib chiqib tanqidiy ravishda idrok etishi lozim.
Ijtimoiy borliqning hozirgi zamondagi tub masalalarini, jumladan: birlamchilik nuqtai nazaridan yangi qurilayotgan jamiyatda shaxs manfaatlari bilan davlat manfaatlarini o‘zaro munosabatini jiddiy nazariy tadqiq qilish kutilmoqda. An’ana va urf-odatlarni tiklash siyosati ularni to‘la yoki qisman faollashtirishni bildirishi lozimmi yoki Yuqmi va ularni tanlab olish qoidasi qanday bo‘lmog‘i lozim? An’analar va yangiliklarni, muhofazakorlik va harakatchanlikni, eski va yangi o‘rtasidagi tafovutni qanday muvofiqlashtirish mumkin? Qanday qoidalarga tayangan holda kam sonli aholi (irqiy, diniy va boshqa jihatlardan) huquq va manfaatlari muammolarini hal qilishning imkoni bormi? Yangi jamiyatda Sharq va G‘arb qadriyatlari qanday o‘zaro munosabatda bo‘ladilar? O‘tish davrida davlat nazorati bilan fuqarolik jamiyatini barpo qilish jarayonining nisbati qanday bo‘ladi? Haqiqiy va soxta ozodlik nimani bildiradi? Davrimizning bu va boshqa dolzarb masalalari oddiy xususiyatga ega bo‘lmasdan, o‘zining ahamiyati jihatidan mamlakatimiz faylasuflaridan kasbiy va fuqarolik mas’uliyatini talab qilib, mualliflar tarafidan noyob falsafiy qarashlarni vujudga keltirishni taqozo qiladi. Falsafiy tadqiqotlarning muammoviy maydonini yanada kengaytirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. Hozircha respublikada qadriyatshunoslik, falsafiy antropologiya, din falsafasi, texnika falsafasi, komparativtika falsafasi va hokazolarga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqottlar kam. Afsuski, hozirgacha respublikamizning dunyo falsafiy jamiyatidan ajralib qolganligi saqlanib, falsafiy aloqalar G‘arb mamlakatlari va sharq davlatlari olimlari orasida ham, Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan ham zaifdir. SHuningdek, mumtoz va zamonaviy falsafiy adabiyotni o‘zbek tiliga hamda vatanimizning eng yaxshi falsafiy tadqiqotlarini chet tillarga14 tarjima qilishning aniq maqsadga yo‘naltirilgan tizimini joriy etish muhimdir.
Mustaqillik yillarida respublikada «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash buyicha milliy dastur» doirasida oliy o‘quv Yurtlarida falsafiy fanlarni o‘qitishning mazmuni tubdan o‘zgardi. YAngi darslik adabiyotlar nashr etilmoqda15.
Respublika olimlari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotining hozirgi bosqichi talablariga muvofiq keladigan yangi avlod darsliklarini vujudga keltirishga kirishdilar. Biroq ko‘p hollarda falsafani o‘qitish ma’lum darajada soddalashtirilgan qoliplarda qolib ketmoqda. Zamon taqozosiga ko‘ra, falsafa o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish, o‘qitish uslub va vositalarini takomillashtirish yo‘li bilan asosiy maqsadga erishish, ya’ni jahon falsafiy tafakkurini barcha tub mohiyatini har bir talabaga etkazib, ularni mulohaza Yuritishga o‘rgatish imkoniyatini vujudga keltirishdir. Zamonamizning bu va boshqa dolzarb masalalari o‘zining ahamiyati jihatidan mamlakatimiz faylasuflaridan kasbiy va fuqarolik mas’uliyatini talab qiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin