Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari


Ilk o‘rta asrda tasavvuf va islom ilohitshunoslik ta’limotlari. Ularning dunqarash mazmuni



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə34/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

Ilk o‘rta asrda tasavvuf va islom ilohitshunoslik ta’limotlari. Ularning dunqarash mazmuni. Tasavvuf o‘rta asrlar musulmon Sharqida keng tarqaladi. Bu ta’limot dastlab VIII asr o‘rtalarida Iroqda yuzaga kelgan. Tasavvuf ta’limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi. Turkiston va Movarounnahrning turli o‘lkalarida tasavvufning turli tariqatlari paydo bo‘ladi. Turkistonda XII asrda Yassaviya, XII asr oxirida Xorazmda Kubroviya, XIV asrda Buxoroda Naqshbandiya va boshqalar vujudga keladi. Movarounnahrda keng yoyilgan tasavvuf Yassaviya tariqati bo‘lib, unga Ahmad Yassaviy asos soladi. Tariqatning asoslari Yassaviyning mashhur "Hikmat" asarida bayon etiladi. Ahmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat bo‘la olmaydi. Ularning har biri ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviy tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali etishish g‘oyasi olg‘a suriladi. Unga faqat bu dunyo rohati va farog‘atidan voz kechib, uzlatda toat va ibodat yo‘lida zahmat chekib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishigina etib boradi. Xullas, Yassaviy tariqatida mashaqqatli mehnat va aziyat shariat yo‘lida bo‘lmog‘i hamda tarkidunyochilik targ‘ib etilsa-da, inson zoti sharif darajasida ulug‘lanadi. Insonning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi tapkidlanadi.
Tasavvuf ta’limotining buyuk siymolaridan yana biri Najmiddin Kubro (1145-1221) edi. U Xorazmda "Kubroviya" tariqatiga asos soladi. Yassaviy tariqatidan farqli o‘laroq, Kubroviya tariqati tarkidunyochilikni rad etadi. Kamolot yo‘lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-nepmatlaridan bahramand bo‘lishning joizligi g‘oyasi ilgari suriladi. Kubroviya tariqatida xalqqa va Vatanga bo‘lgan muhabbat nihoyatda kuchli bo‘lib, har qanday og‘ir damlarda ham omma bilan birga bo‘lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashga dapvat etiladi.
Tasavvuf XIV asrda naqshbandiya tariqatida yanada rivoj topadi. _ Unga Bahouddin Naqshband asos soladi. U 1318-yilda Buxoro yaqinida Qasri Hinduvon qishlog‘ida matolarga naqsh bosuvchi hunarmand oilasida dunyoga keladi. Yoshligida o‘qish va ta’lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni puxta o‘rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan.
Xoja Bahouddin "Hayotnoma" va "Dalil al-oshiqin" nomli asarlar , yozib, o‘z tariqatini yaratadi. Naqshbandiya tariqati Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Naqshbandiya tariqati insonlarni halol va pok bo‘lishga, o‘z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berishga, sofdil va kamtar bo‘lishga chaqiradi. Uning "Dil ba yoru dast ba kor" ("ko‘ngil Allohda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘lsin") degan hikmati Naqshbandiya tariqatining hayotiy mohiyatini ifodalaydi.
U tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ‘ib etadi. Naqshbandiya ta’limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xo‘ja Ahror kabi buyuk allomalar katta hissa qo‘shadilar.
Mustaqillik sharofati bilan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro singari bobokalonlarimizning aziz nomlari tiklandi, qadamjolari obod etildi. Asarlari chop etilib, ularning bebaho ma’naviy meroslaridan hozirgi avlodlar bahramand bo‘lmoqdalar.
Mafkura — ma’lum maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiluvchi g‘oyalar yig‘indisi.
Tasavvuf (sufiylik) - musulmonlarni halollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini erga urmaslikka chorlovchi, har kimni o‘zining halol mehnati bilan yashashga, boshqalarnlng kuchidan foydalanmaslikka davat etuvchi ta’limot.
Tariqat — tasavvuf qoidalarlga amal qllib yashash, yapni, komil inson darajasiga erishishni ko‘rsatuvchi to‘g‘ri yo‘l.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin