4. Ijtimoiy ishda ideal va uning vazifasi. Ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmat Ijtimoiy xizmat funksional jihatdan inson, jamiyat manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy institutlar faoliyatini rejalashtirish va boshqarish, ijtimoiy jarayonlardagi holatlarni o‘z vaqtida aniqlab, mavjud resurslardan tezkor va maqsadli foydalanish uchun xizmat qiladi. Bu masalada S.E.Hobfoll va R.S.Lilly resursga munosabat bildirib97, unga moddiy (daromad, uy-joy, transport, kiyim) va moddiy bo‘lmagan (istak, maqsad) obyektlarni, tashqi (ijtimoiy madad, oila, do‘stlar, ish, ijtimoiy mav-qe) va ichki (o‘zini hurmat qilish, kasbiy mahorat, optimizm, o‘zini nazorat qilish, hayotiy qadriyatlar, e’tiqod va b.) interpersonal belgilarni, psixik va jismoniy, iroda-viy, emotsional tasniflarni kiritganlar. Ta’kidlash lozimki, ijtimoiy xizmatning insti-tutsional rivojlanishi uchun ijtimoiy yordam oluvchilarni individual shaxsiy xususi-yatlarini inobatga olish zarur va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish soha mutaxassislarini tayyorlashda tizimli tarzda yondashishni taqozo etadi. Ta’kidlanishicha, “Odamlar ko‘proq “ideal”larga emas, aksincha, kundalik maishiy turmush talab va ehtiyojlari-dan kelib chiqqan holda fikrlaydilar. Shunga qarab o‘z faoliyatlariga, boshqalarga baho beradilar yoki shunday baholashga urinadilar”98. Masalan, amaliy yordam ko‘rsatishda ideal “Men” va joriy “Men” orasidagi hamda subyektda “Istayman ‒qo‘limdan kelmaydi” va “Istamayman ‒ birovning yordamiga doimiy tarzda zarurat sezaman” kabi tasavvurlar asosida yuzaga keladigan nizolar uchraydi. Bu turdagi nizo shaxsiy darajada yuzaga kelib, shaxslararo mazmun kasb etishi mumkin. Shu bilan birga, inson organizmining harakatlanishi quyidagi dinamik faollikni qamrab olganligini masalaga alohida tayyorgarlik asosida yondashishni taqozo etadi:
- tenglashtirish jarayoni (organizmda kuch-quvvatni teng taqsimlash);
- muhimlikni ta’minlash jarayoni (ijodiylik inson organizmining asosiy motivi sifatida);
- muhit bilan murosaga kelish jarayoni (organizm, o‘z talablariga mos tushadi-gan muhitni izlashi) va h.k.
Bu holatda ijtimoiy xizmatning maqsadi shaxs desotsializatsiyasini nisbatan kamaytirishdan iborat bo‘ladi va bu mazmuniga ko‘ra, psixokorreksiya o‘tkazish faoliyati bilan bog‘liq hodisadir.
Ijtimoiy harakat albatta, insonning ideali, mazmuni va harakati bilan bog‘liq bo‘lib, individga yo‘naltirilgan va yashash uchun kurash, individlar ichki rezervlari yordamida xavf-xatarlarni yengib o‘tish masalalarini o‘z ichiga oladi. Falsafiy refleksiyaning terapevtik samarasi ham aniq bo‘ladi: falsafa insonga uning nuqsoni, chegaralangan imkoniyatlari va patologiyadan ustun bo‘lishiga imkon beradi, ushbu ustunlik shartlarini ta’minlash uchun ijtimoiy institutlar shakllanadi, ular esa ijti-moiy va ekzistensial salomatlik me’yoriga keltirilishini, madaniyatga reintegratsiya qilinishini belgilaydi. Ijtimoiy xizmat faoliyatining falsafiy konsepsiyasiga yangi taraqqiyot bosqichidan kelib chiqib yondashilsa, bunda sivilizatsion rivojlantirish kontekstida global va regional yo‘nalishlari sintezi prinsipining xalqaro ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimida qabul qilingan namunalar qatoriga kiritilishi ta’minlanadi.
Ijtimoiy ish sohasida innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha tizimli tarzda davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil markazlari hamda boshqa mas’ul tashkilotlarning faoliyatini jamiyat hayotini ta’minlash yo‘lida muvofiqlashtiradi. Bu o‘z navbatida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni ham qamrab oladi. Shu sababli innovatsiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etishda, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning joriy holatini inobatga olib, empirik holatda kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish orqali, ideal holatga erishishni taqozo etadi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish doirasida birlamchi yordam muammoning xarak-teri, vaziyati, yordam ko‘rsatish turi, vaqti va joyini inobatga olgan tarzda ko‘rsa-tiladi. Yordam ko‘rsatish jarayonida salbiy ta’sirli omillar qarshiligi kuzatiladi, bunda quyidagilarni hisobga olish tavsiya etiladi:
- nochorlik hissining yuqori darajada ifodalanganligini;
- ijtimoiy yordam olishga ehtiyojmandning o‘lim bilan “yuzlashgan”ligini;
- tanada qattiq jismoniy shikastlarni kuzatilishini;
- vafot etgan insonga o‘zini o‘xshatishini;
- jismoniy yoki psixologik yetuk bo‘lmaganligini;
- ijtimoiy aloqalar doirasining torligini;
- mavhumlik holati hukmronligini; shaxsiy va oilaviy yo‘qotishlarni;
- ijtimoiy yordam oluvchi yaqinlarining patologik reaksiyasi.
“Ijtimoiy xizmatning shakllanishiga aholi joylashishi, uy qurilishi va jihozlash an’analari, milliy kiyim-kechak, pazandachilik va mehmonnavozlik, ijtimoiy va oilaviy-maishiy turmush tarzi kabi omillar qatori ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlar kechishini ham alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin”99. Rivojlana-yotgan davlatlar siyosatida taraqqiyot modelini tanlashda demokratik taraqqiyot tamoyillarini inkor etmagan holda milliy taraqqiyot konsepsiyasini ham puxta ishlab chiqish hollari ro‘y beryapti. ...Milliy taraqqiyot yo‘li qonuniyatlarini to‘laqonli boshdan o‘tkazib shakllangan millatda esa, qonuniy ravishda ozodlik, tenglik, adolat haqidagi ideallar, qadriyatlar tizimi mavjud bo‘ladi100. Bu xususida R.Ro‘ziyeva “...qadriyat subyektiv faoliyat sifatida tushuncha, kategoriya, gnoseologik tajriba mahsuli, ong, aqlu idrokka oid fenomendir. Qadriyatning mazkur subyektiv, gnoseologik xususiyati, belgilari, genezisi uning ontologik asosini rad etmaydi. Bu ontologik asosning qadrli yoki qadrsiz, qadriyat yoki istagan bir so‘z, tushuncha ekanini inson ongi, aql-idroki, gnoseologik tajribasiga muvofiq belgilaydi. Shu nuqtayi nazardan qadriyat insonning obyektiv borliqqa sensitiv-kognitiv muno-sabati, affektiv bahosi, gnoseologik izlanishlari, tajribasi mahsulidir”101‒ deya ta’kidlaydi. Shunga ko‘ra ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda qadriyatlar asosida quyidagi paradigmalar vujudga kelgan: tizimli-ekologik; kommunikativ-rolli; institutsional; funksional; etik-aksiologik; mafkuraviy; konsultativ; vital-mo‘ljallash; evoxomo-logik; sinergetik va boshqalar.
Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish amaliyoti bo‘yicha xalqaro tajriba to‘plandi. Bu esa o‘z navbatida ularning rivojlanish tarixi, ya’ni mintaqaviy, mental jihatlariga e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Fransiya, Germaniya va Italiya singari G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu sohada ibratli natijalar qo‘lga kiritilganligini ta’kidlash mumkin.
Bugungi kunga kelib jamiyatda ijtimoiy ish mutaxassislariga talab ortib bormoqda va garchi G‘arb mamlakatlarining bu yo‘nalishda qo‘lga kiritgan ijobiy yutuqlarini qayd qilib, ularning funksionalligini o‘rganish amaliy ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy ish mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish amaliy mazmun kasb etadi. Ijtimoiy ishning funksional modelini asos sifatida qabul qilib, uning oltita funksiyasini ta’kidlash lozim. Bular: diagnostika o‘tkazish; rejalashtirish va yo‘naltirish; prognostika o‘tkazish; ijtimoiy terapevtik (ogohlantiruvchi-profilaktikaviy); huquqiy himoya qilish; ijtimoiy-pedagogik, psixologik, tibbiy, maishiy, kommunikativ, targ‘ibot (reklama); madaniy, tashkiliy jihatlardan iborat.
Bunda ularning quyidagi funksiyalari alohida o‘rin tutib, ularning tasnifiga e’tibor qaratsak ijtimoiy muvozanatni ta’minlashda amaliy mazmun kasb etadi:
→ diagnostika o‘tkazish funksiyasi. Ijtimoiy xizmat mutaxassisi alohida inson yoki guruhning joriy holatini (nuqsoni, ehtiyojmandligining namoyon bo‘lishi, o‘ziga va noqisligiga bo‘lgan munosabati, atrofdagilardan kutishlari va b.) o‘rganib, ularga mikromuhitning ta’sir darajasini aniqlaydi, ya’ni ijtimoiy diagnostikasini amalga oshirib, ehtiyojmandlik holati va darajasini baholashda;
→ rejalashtirish va yo‘naltirish funksiyasi. Individual yoki guruh darajasida ifodalangan muammolarni (nuqsonlarni) bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish, qo‘llaniladigan terapevtik metodlarni belgilash, natijaga erishish yo‘lini aniqlab, ish olib borishni rejalashtirish, muammoning tavsifi va namoyon bo‘lish dinamikasini kuzatib, sarflanadigan vaqtni inobatga olishda;
→ prognostika o‘tkazish funksiyasi. Ijtimoiy xizmat obyektlariga ijtimoiy institutlarning amaliy yordam ko‘rsatishda ishtirokining ta’sirchanligini kuchay-tirish, ko‘rsatilayotgan amaliy yordam natijasida ehtiyojmandlarning holati va xulqining dinamik o‘zgarishini kuzatib, olinadigan natijalarni baholashda;
→ ijtimoiy terapevtik (ogohlantiruvchi-profilaktikaviy) funksiyasi. Salbiy holatlarni yuzaga kelmasligini ta’minlash maqsadida yordamga ehtiyoj sezuvchilarga ijtimoiy-huquqiy, ijtimoiy-tibbiy, psixologik va pedagogik maslahatlar berishda;
→ huquqiy himoya qilish funksiyasi. Aholining turli qatlamini himoya qilish uchun qonunlar majmuasidan samarali foydalanishda;
→ ijtimoiy-pedagogik funksiya. Insonlarning qiziqish va ehtiyojlarini belgi-lab, ularni ijtimoiy-kasbiy yo‘naltirish, qayta tayyorlash, shaxsiy hamda kasbiy qiziqishlar va qadriyatlar orasidagi tafovutlarni tenglashtirish, ehtiyojmandlarning shaxsiy xususiyatlarini korreksiyalash va mavjud bo‘lmaganlarini shakllantirish bo‘yicha treninglar o‘tkazishda;
→ ijtimoiy-psixologik funksiya. Ehtiyojmandlarga psixologik maslahat va psixokorreksiyaviy yordam ko‘rsatib, ularning ijtimoiy adaptatsiyalashuvini, ijti-moiy munosabatlar jarayonini tekis kechishini ta’minlash, mijozlarga psixodiagnostik, psixokorreksiyaviy va psixologik maslahatlar berish bo‘yicha treninglardan foydalanishda;
→ ijtimoiy-tibbiy funksiya. Kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha tushun-tirish ishlarini olib borish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va uni o‘rgatish, mijoz-larga ovqatlanish madaniyati, tozalik me’yorlari, oilaning reproduktiv vazifasini bajarishi bo‘yicha maslahat berish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etishda;
→ ijtimoiy-maishiy funksiya. Aholining turli qatlamiga taalluqli bo‘lganlar (nogironlar, yoshi keksalar, yosh oilalar, noto‘liq oilalar va b.) yashash sharoitini yaxshilash va maishiy hayotini tashkil etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishda;
→ kommunikativ funksiya. Yordamga muhtojlar haqida axborot berishni tashkil etish, axborot ayirboshlashni ta’minlash, ijtimoiy xizmat jarayonida ijtimoiy institutlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda;
→ reklamaviy (targ‘ibot etish) funksiya. Sifatli ijtimoiy xizmat turlari reklamasini amalga oshirish, insonning ijtimoiy guruh va jamoalarda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga ko‘maklashuvchi g‘oyalarni targ‘ib etish, ijtimoiy muam-molarni vujudga kelish sababi va klassifikatsiyasini amalga oshirishda;
→ ijtimoiy-madaniy funksiya. Ijtimoiy xizmat insonlarga turli vaziyatlarda amaliy yordam berish, jamiyatda mavjud ijtimoiy qadriyatlarni saqlash va amal qilishini ta’minlash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish madaniyatini shakllantirish, turli tadbirlarni tashkil etish va boshqarishda;
→ tashkiliy funksiya. Tashkilot va muassasalarda ijtimoiy xizmat ko‘rsa-tishni tashkil etishga ko‘mak berish, aholini ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan ish-larga jalb etish, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan alohida inson va guruhlarga amaliy yordam ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi.
Mazkur funksiyalarni bajarish ijtimoiy xizmat bilan shug‘ullanuvchi xodim-ning zimmasida bo‘lib, bu o‘z navbatida ularni nafaqat kasbiy bilimlarga, balki mai-shiy va ma’naviy bilimlarga ega bo‘lishini taqozo etadi. Chunki kasbiy bilim “ijti-moiy ish mutaxassisi – ijtimoiy yordam olishga muhtoj inson (guruh) – namoyon bo‘lgan muammo (nuqson) – amaliy yordam ko‘rsatish” kabi munosabatlar tarkibini ta’minlasa, maishiy va ma’naviy bilimlar esa, “ijtimoiy muhit – ijtimoiy ish muta-xassisi – ijtimoiy yordamga muhtoj inson (guruh) – mikro (ma’naviy) muhit – amaliy yordam ko‘rsatish – maishiy hayot – muammo (nuqson) – maqsadga ega bo‘lish (shakllantirish)” kabi munosabatlar majmuasida amal qiladi.
Ijtimoiy xizmatning ushbu ikki xil strukturaviy klassifikatsiyasidan ko‘rinib turibdiki, uning funksiyalari yordamning tuzulishi va darajalarini belgilab berish uchun xizmat qiladi102. Shu sababli, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish xodimining profes-siogrammasini ilmiy ta’limotlar, masalan, “Ijtimoiy-faoliyatli yondashuv”; “Mada-niy-sivilizatsiyaviy yondashuv”; “Individual-shaxsiy yondashuv”103 asosida yara-tib, kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida ijtimoiy xizmat xodimi naza-riy modelini tayyorlash taqozo etiladi.
Demokratik islohotlar davomida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi ‒ ijtimoiy ish kasb darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizning oliy ta’lim muassasala-rida, “Ijtimoiy ish” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu ta’lim sohasiga oid ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni taqozo etmoqda. Uni sot-siologik jihatdan tasniflash uchun alohida tadqiqotlar talab etmoqda. Ijtimoiy ish falsafasi “inson-jamiyat” hamda “inson-tevarak-atrof” muammolarini anglashda muhim, bunga muvofiq falsafiy bilim uchun “olam-odam” muammolari ijtimoiy xizmat tarixida tizimlashtiruvchi hisoblanadi. Shu tariqa ijtimoiy ish obyektivlashib, uning asosiy vazifalalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- ijtimoiy xizmatning mavjud muammolarini o‘rganish, uni nazariy jihatdan tadqiq etish, ijtimoiy xizmat hosilasining shaxs ijtimoiylashuviga (resotsializat-siyasiga) ta’sirini o‘rganish hamda qadriyatlari haqida nazariy bilimlarni ishlab chiqish va tizimlashtirish;
- jamiyatda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayonining ijtimoiy mezonlari, unga bog‘liq muammolar chegarasi, xarakterini aniqlash, muammolar yechimini belgi-lashda hamkorlik tizimi mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
- ijtimoiy xizmat va siyosatga daxldor muammolar, yechimi va prognozini amalga oshirishning metodologik asoslarini yaratish;
- ijtimoiy xizmat xodimlarining kasbiy dunyoqarashini shakllantirish, kasbiy faoliyat metodologiyasi, kasbiy sifatlar majmuasini yaratish, uni tatbiq etishning ilmiy asosi hamda kasbiy madaniyatni shakllantirish;
- ijtimoiy xizmatga aloqador sohalar va ular doirasidagi amaliy yordam majmuasini belgilash va boshqalar.