Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Qur’oni Karimda axloqiy ta’limotlarning o‘ziga xosligi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə72/193
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146084
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   193
Qur’oni Karimda axloqiy ta’limotlarning o‘ziga xosligi
“Qur’on” uch ildizdan bahra olgan abadiy yashil daraxtga o‘xshaydi. Uning birinchi ildizi – tavhid, ikkinchi ildizi ‒ axloq, uchinchisi – ilm. Har bir muslim va muslima Allohning yakka-yagonaligiga, sherigi yo‘qligiga shak keltirmasligi, yuksak axloq egasi bo‘lishi va doimo, umr bo‘yi ilm olishga intilishi kerak. Demak, har bir musulmon uchun e’tiqod, axloq va tafakkur hamma narsadan ustuvor ma’naviy hodisalardir. Shu sababli Qur’oni Karimda tavhidga da’vat qatorida “axloq” va “ilm” so‘zlari eng ko‘p qayd etilgan ilohiy kalomlardir.
Bu imkoniyatlardan biri tavhiddir. Xudodan boshqa hech kimni Xudo darajasiga ko‘tarmaslik, undan boshqa hech kimga sajda qilmaslik kabi tavhidiy tamoyillar Alloh ato etgan erkinlikni yo‘qotmasligi uchun insonga berilgan eng ulug‘ imkoniyatdir. Insonning o‘z qavmdoshidan “dohiy” ‒ ulug‘ rahbar yasashi, unga cheksiz e’tiqod qo‘yishi, Xudodan emas, undan qo‘rqishi, Xudoning emas, uning nomini tinimsiz zikr etishi, unga sig‘inishi ‒ hammasi erkinlikdan qochishdir. Jamiyat a’zolarining erkinlikdan qochishi, o‘z taqdiri uchun mas’ullikni rahbarga – “dohiy”ga yuklab qo‘yishi doimo jamiyat uchun qimmatga tushadi: jamiyat a’zolari mavhum “xalq” tushunchasiga aylanadi, ular shaxs bo‘lish huquqidan mahrum bo‘lib qoladilar. Faqat birgina shaxs ‒ rahbar shaxsi, “dohiy” shaxsi tan olinadi va u shaxsga sig‘inishi ro‘y beradi.
Insoniy komillikning yana bir belgisi uning ilm egasi bo‘lish imkonidan foy-dalanishidir. Zero, Qur’on suralarini faqat, ko‘r-ko‘rona yod olish musulmonchilik belgisi emas. Aks holda, inson mohiyatdan yiroqlashib, hodisalar chilviriga o‘ralib qolishi mumkin.
Eng muhimi, ilm, tafakkur qilish xosiyati insonning axloqiy jonzot sifatidagi maqomini belgilaydi. Inson ilm orqali o‘zi va o‘zgalar uchun nima yaxshi-yu, nima yomon, nima foydali-yu, nima zararli ekanini aniqlay oladi. Buni bilmasdan turib odam bolasining hech qachon komillikka erishishi mumkin emas. Shunday qilib, ilm, tafakkur, bevosita bo‘lmasa-da, bilvosita axloqiylikni taqozo qiladi.
Qur’oni Karimdagi bosh g‘oya Alloh o‘z bandalarining komillikka erishuvi bilan bog‘liq. Zotan, Alloh insonni komil bo‘la olish imkoniyatlari bilan birga yaratadi.
Umuman olganda, komillik imkoniyatlarining barchasi insonda go‘zal axloq vositasida namoyon bo‘ladi. Zero, islom dinining asosiy mazmun-mohiyati go‘zal axloqdan iboratdir. “Niso” surasining 149-oyati karimasida shunday marhamat qilinadi: “(Ey mo‘minlar), xoh oshkora, xoh yashirincha biron yaxshilik qilsangiz yoki biron yomonlikni avf qilib yuborsangiz (Olloh suygan bandalardan bo‘lursiz)”225.
Shunday qilib, ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, islom dini ‒ yuksak axloq egalarining dini Qur’oni Karim ‒ eng ulug‘ Axloq Kitobi sifatida inson zotiga Yorug‘ yo‘lni ko‘rsatib turuvchi muqaddas ma’naviy mayoqdir.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin