Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqotda mantiqiy
abstraksiya, iqtisodiy-matematik, tizimli tahlil, statistik tahlil, empirik baholash,
omilli tahlil, ekspert baholash, prognozlash va istiqbollashtirish kabi qator tadqiqot
usullardan keng foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari-
ning ilmiy ahamiyati shundaki ulardan iqtisodiy rivojlantirishi innovatsion strategi-
yalarini ishlab chiqishda investitsion muhitni takomillashtirish, hududlar raqobat-
bardoshligini oshirishni to‘laqonli baholash imkoniyatini beruvchi metodologik
yondashuvlarni ishlab chiqishda foydalaniladi. Tadqiqot natijalaridan investitsiya
muhitini rivojlantirishning kontseptual asoslarini takomillashtirishda keng
foydalanish mumkin.
Dissertatsiya tarkiban kirish, uchta bob, 8 ta paragraf, xulosa va takliflar,
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan hamda tahlil natijalarini o‘zida aks ettirgan 2
ta jadval, 9 ta rasmdan iborat bo‘lib, jami 84 betda mujassamlashgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Milliy iqtisodiyot investitsion muhitini
shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan bo‘lib, mazkur bobda
invesitsion muhit tushunchasi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, investitsion
muhitni
shakllantirishning
me’yoriy-huquqiy asoslari, milliy iqtisodiyot
investitsion muhitini shakllantirishda moliya bozorining o‘rni bilan bog‘liq
masalalar tadqiq etilgan.
“Milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta’siri tahlili” deb
nomlangan ikkinchi bobda milliy iqtisodiyot investitson muhitiga moliya
bozorining ta’sirini baholash mezonlari, qimmatli qog‘ozlar bozorining milliy
iqtisodiyot investitsion muhitiga ta’sirining qiyosiy tahlil qilingan holda milliy
iqtisodiyot invesitsion muhitiga moliya bozorining ta’sirini hududlardagi
xususiyatlari yoritib berilgan.
“Moliya bozorining faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish orqali investitsion
muhitni takomillashtirish yo‘llari” deb nomlangan uchinchi bobda moliya
bozorining iqtisodiyoga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarni kengaytirishga
8
ta’sirini oshirish yo‘nalishlari, milliy iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb
qilishni faollashtirish yo‘llari bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar o‘rganilgan.
Ishning xulosa va takliflar qismida dissertatsiyada shakllantirilgan fikr hamda
mulohazalar umumlashtirilgan holda mavzu doirasida umumiy xulosa qilingan
hamda investitsiya muhitini takomillashtirishda moliya bozorining ta’sirini
takomilashtiriga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.
|