59
salohiyatidan foydalanuvchi mafiyaning asosiy iqtisodiy faoliyati amalga
oshiriladi.
Bitimlar bo`yicha hamkorlarni «o`ziniki» va «begona» toifasiga bo`lish
prinsipial jihatdan muhim, bu yerda gap ikkita standart, ikki xil xatti-harakat
haqida boradi. «O`ziniki» doirasida sha’n va obro`ga birgalikdagi sa’y-harakatlar
orqali erishiladi va himoya qilinadi, munosabatlar ishonch asosida quriladi.
«O`ziniki» va «begona» o`rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo`lishi muqarrar,
ishonch esa dushmanlik va zulmga o`z o`rnini bo`shatib beradi. Xatti-harakatning
ikki yoqlama standarti mantiqiga yana bir muhim me’yor – maxfiylik kiritiladi.
Ushbu me’yor tashqi olam bilan, ayniqsa davlat vakillari bilan munosabatlarda
to`liq yopiqlikni belgilab beradi, uning teskari tomoni sifatida to`liq ochiqlik va
oila a’zolaridan faqat haqiqatni gapirishni talab qilish ishtirok etadi. Haqiqiy
mafiozlar hamma vaqt jim turishadi.
Xulosa
Iqtisodiy sub’ekt tomonidan o`z biznesi uchun institutsional muhitni –
oshkora yoki xufyona – tanlash to`g`risidagi qaror birinchi va ikkinchi holatlarda
bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlarini qiyoslash
orqali belgilanadi. Boshqacha aytganda, qonunga bo`ysunish normasi yana bir bor
oqilona asoslanadi: shaxs uning talabini mutlaq imperativning ta’siri ostida emas
(qonuniy narsalarning hammasi yaxshi), balki qonunga amal qilishdan
kutilayotgan foydalar tufayli bajaradi. Qonunga ixtiyoriy bo`ysunishga undovchi
omillar shaxsda faqat, davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaksiya
xarajatlarini pasaytirish yo`li bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir
bo`lgan taqdirda, paydo bo`ladi.
Iqtisodiy sohada xufyona bitimlar amalga oshiriladigan o`yin qoidalarida,
birinchi galda bozor konstitutsiyasidan bitimlarning barcha ishtirokchilarini
«o`ziniki» va «begonalarga» ajratish bilan katta farq qiladi. O`zinikilarga nisbatan
opportunizmni oldini olishning ijtimoiy mexanizmlari amal qiladi, ishonch va
o`zaro yordam me’yorlari hukmronlik qiladi. Aksincha, «begonalarga» nisbatan
opportunizm me’yor bo`lib qoladi. T.Veblen yozganidek, xufyona iqtisodiyot
«hasadguylik raqobatchiligiga» asoslangan «yovvoyi» bozor modeliga juda yaqin.
Va nihoyat, xufyona iqtisodiyot maksimal darajada fragmentlangan va mozaikli, u
to`liq tizim shaklini qabul qilmaydi hamda bozorning barcha ishtirokchilari uchun
yagona va majburiy bo`lgan konstitutsiyani qabul qilmaydi. Bundan ko`rinib
turibdiki, qonunga bo`ysunishning yuqori narxiga muqobil variant ham g`oyat
qimmat ekan.
Dostları ilə paylaş: