foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz, mebel va boshqa mulklarni taʼmirlash, yangilash hamda maishiy
xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishni soʻrab rahbariyatga murojaat qilish;
TTJ oʻtkaziladigan ommaviy madaniy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish;
yaratilgan shart-sharoitlar boʻyicha taʼlim “Ta’lim muassasasi” maʼmuriyatiga takliflar bilan chiqish;
Talabalar kengashining aʼzolarini saylash va unga saylanish;
Talabalar kengashi orqali TTJning maishiy taʼminotini takomillashtirish, tarbiyaviy ishlar va madaniy hordiqni tashkil etish, yashash xonalarini jihozlash boʻyicha masalalarni hal etishda ishtirok etish.
TTJda yashovchilarga quyidagilar man etiladi:
TTJ bino mas’ulining ruxsatisiz bir xonadan ikkinchi xonaga koʻchib oʻtish;
yashash xonasida kir yuvish;
xonadagi anjomlarni boshqa xonaga ruxsatsiz koʻchirish;
xonadagi elektr tarmoqlarini oʻz xohishicha oʻzgartirish va qoʻshimcha yoritgich oʻrnatish;
devorlarga turli rasmlar chizish, har xil qogʻozlar yopishtirish;
ovoz chiqaruvchi qurilmalar ovozini xona tashqarisidan eshitilishi, yuqori ovozda gaplashish, ashula aytish va musiqa asboblarini chalish;
elektr isitgichlar hamda elektrochoynaklardan va kerosindan foydalanib ishlaydigan asboblarni ishlatish;
kechki smenlarda ish faoliyatini olib borish;
begona odamni TTJga olib kirish va tunab qolish uchun joy berish;
sigareta, nos chekish, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish, saqlash, sotish va mast holda TTJga kelish;
va boshqa oliy ta’lim muassasi ichki tartib qoidalari va odob ahloq kodeksida belgilangan tartibga zid keluvchi hatti- harakatlar taqiqlanadi.