5-MAVZU: O'QUVCHILARNI PEDAGOGIK KUZATISH
Reja:
1. O’quvchilar hayoti va faoliyatini kuzatish.
2. O’quvchilar mehnatini ilmiy tashkil etish, uning asosiy talablari.
3. O’quvchilarni reja tuzishga o’rgatish.
A s o s i y t u sh u n ch a l a r: kuzatish, ilmiy, talab…
O'quvchilar jamoasi mustaqil tashkilotdir, ammo u pedagogik rahbarlikka muhtojdir. O'quvchilarni o'z holiga tashlab qo'yish ham, ayni vaqtda bolalar jamoasiga nisbatan ma'muriyatchilik ham, buyruqbozlik yo'liga o'tib olish ham mumkin emas. Birinchi holda, sinf rahbari bu ishlardan umuman chetlashib, o'quvchilar bilan aloqaning susayishiga yo'l qo'ysa, ikkinchi holda u tazyiq yo'liga o'tib o'quvchilar mustaqilligini yo'qqa chiqaradi.
Sinf rahbarining bosh vazifasi bolalar jamoasi faoliyatini mohirlik bilan boshqarish, o'quvchilar tashabbuskorligini o'stirish, sinf jamoasi faolligi va mustaqilligini tarkib toptirishdan iboratdir.
O'quvchilarni pedagogik kuzatish o'quvchilar hayoti va faoliyatini o'rganishning eng ishonchli usullaridan biridir. Bu ysh darslarda, darsdan tashqari vaqtlarda, ijtimoiy-foydali mehnat sharoitida, qo'yingchi, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida amalga oshiriladi. Albatta – bu degani – sinf rahbari hamma vaqt va hamma joyda o'quvchilar izidan yurib, ularni zimdan kuzatadi degan gap emas.
O'quvchilarni kuzatish nafaqat maktabda, balki ko'cha-ko'yda, oilada, teatrda, sayru-tomoshada, sport o'yinlarida, oddiy gurunglarda ham olib boriladi.
O'quvchilarni kuzatish qanchalik puxta, aniq, izchil reja asosida olib borilsa, ish shunchalik oson kechadi.
Tajribali sinf rahbarlari o'quvchilarning turli axloqiy va jismoniy xislatlarini bir qancha sinovlar orqali oppa-oson aniqlashadi qo'yadi. Jismoniy tarbiya darslarida turnikka tortinish, qiyin va nozik mashqlarni bajarishda, vrach xonasidagi emlash jarayonida, bir oz qiyinroq mehnat topshiriqlarida, ulardan uzoqdagi biror kishini chaqirib kelish, yoqtirmagan ishni buyurish orqali ulardagi iroda va qo'rqoqlik, kuch va nimjonlik, qat'iylik va jur'atsizlik, mehnatsevarlik va yalqovlik kabi xislatlar namoyon bo'ladi.
O'quvchilarni kuzatish va undan to'plangan ma'lumotlar umumiylik va nisbiylik kasb etishini unutmaslik lozim. Shuning uchun ham tasodifiy va shoshilinch xulosalar chiqarmaslik kerak. O'quvchilar xulq-atvoridagi tashqi jihatdan bir xildagi voqea-hodisalar turli sabablarga ko'ra sodir bo'lishi mumkin.
O'quvchilarni kuzatish davomida, ayniqsa ularning ba'zi bir xatti-harakatlarini baholashda ularning keltirib chiqargan sabablarini aniqlab olish juda muhimdir. Masalan, o'quvchi darsga kechikib keldi, deylik. Sinf rahbari uni qo'yishdan oldin vaziyatni aniqlab olishi maqsadga muvofiqdir. Bu holatda balki ota-ona aybdordir, balki u ko'r kishini ko'chadan o'tkazib qo'ygandir, balki yo'lda ag'anab tushib, kiyimlarini qayta almashtirib kelgandir... Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Buni inkor qilib bo'lmaydi.
Ba'zan o'quvchi o'qituvchining gaplarini e'tiborsiz tinglaydi. Bu o'qituvchida narozilik uyg'otadi va u haq. Balki uning oilasida notinchlik bo'lganu u tun bo'yi uxlamasdan bezovta bo'lib chiqqan, darsda fikrini bir joyga to'play olmaydi.
Nima bo'lgandayam, o'quvchilarni kuzatish yuksak madaniy, saxiy qalb, bolalar shaxsiga katta hurmat, bolalar tarbiyasini bilish, sinchkovlik, etuk mahorat va malaka talab etadi.
Pedagogning kuzatishi qanchalik qimmatli bo'lmasin, butun sinf haqida va ayrim o'quvchilar to'g'risida ma'lumotlar o'rganishning boshqa usul va yo'l-yo'riqlari yordamida aniqlashni va kengaytirishni talab etadi.
Bundan kelib chiqib, maktabda o'quvchilar shaxsiy ishini samarali tashkil etish zamon talabidir. Buning uchun ularga mehnatni ilmiy tashkil qilishning oqilona eng oddiy usullarini o'rgatish zarur. Bu bilan ularga eng kam kuch sarflab eng ko'p samaraga erishish imkonini yaratgan bo'lamiz.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning quyidagi asosiy talablari mavjud:
Maqsadni aniqlab olish. Ishni qismlarga ajratish.
3. Qismlarni keraksiz narsalardan tozalash, qolganlarini oqilona joylashtirish.
Eng kerakli qurol-asboblarni tanlash. Eng yaxshi usullarni o'rganish.
Maqsadga erishish. Bularni o'quvchilar hayotiga qanday tatbiq qilib bo'ladi?
O'qish – aqliy mehnat turlaridan biri. Mamlakatimizda millionlab o'quvchilar maktablarda o'qishadi. O'qish – bu o'ziga xos xususiyatga ega mehnatdir. Shu narsa aniqki, bu mehnat ham ayni bir natijaga erishish uchun ko'p yoki oz kuch sarflanishiga qarab u yoki bu darajada samarali bo'lishi mumkin.
O'quvchilarni har bir ishga kirishishdan oldin xoh yozma, xoh og'zaki reja tuzib olishga o'rgatish kerak. Ijtimoiy ishlab chiqarishda ham, shaxsiy ishda ham tartiblilik, tejamlilik rejaning mavjudligi va mukammalligiga bog'liqdir:
Reja – ishdagi muvaffaqiyatning asosidir.
Reja – harakat uchun dastur.
Rejaning tarkibiy qismlari:
Ish maqsadini aniqlash.
Ish uchun nimalar kerak?
Ish tartibi, ish jarayoni, vaqti, joyi.
Nihoyat, ishning o'zini: uning nimadan boshlanishi, qanday borishi, nimadan keyin nima kelishini aniq tasavvur qilish kerak.
Ishni bajarish uchun eng avvalo tegishli ish o'rni kerak. Maktabdagi ko'pchilik darslar uchun parta yoki stol singari ish o'rni to'liq kifoya qiladi.
Endi ish o'rniga quyidagi talablar qo'yiladi:
1. Ish o'rnida hech qanday ortiqcha narsa bo'lmadligi kerak. Aks holda kerakli narsani topish uchun ko'p vaqt sarflanadi.
Ish o'rnida tozalikni ta'minlash kerak. Ish o'rni qanchalik toza bo'lsa, ishlash shunchalik oson, zavqli bo'ladi.
Ish o'rnida bajariladigan ishga muvofiq tartib ta'minlanishi lozim. Bizga kerak bo'ladigan hamma narsani bir tomonda (yaxshisi chapda), bajarilgan va foydalanilgan narsalarni o'ng tomonda saqlash kerak. Ko'p ishlatiladigan narsalar yaqinroq turishi kerak.
Stolda tartib saqlanishi uchun ruchka, qalam, knopka, qisqich, o'chirg'ich va maxsus qalamdondan foydalanish o'rinli. Shuni unutmaslik kerakki, sinf xonasidagi tartib, ozodalik har bir ish o'rnidagi tartib va ozodalikka bog'liq.
Bu xildagi ish jarayoni o'quvchilarni tartiblilikka, ozodalikka, o'z-o'zini nazorat qilishga, qiziqib mehnat qilishga o'rgatadi.
Dostları ilə paylaş: |