Tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi



Yüklə 62,21 Kb.
səhifə10/13
tarix09.05.2023
ölçüsü62,21 Kb.
#110202
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
raxmatullayev Nuriddin kurs ishi tarixiy olkashunoslik

Janubiy Tojikiston. Vaxsh, Kofirnigon, Panj vodiylari, hatto Pomir togining baland hududlariga qadar tarqalgan. Bu erdagi mezolit davriga oid 30 ga yaqin yodgorliklar mil.avv. XI-VIII ming yilliklar doirasida chegaralanib, alohida guruhlar va majmualarni tashkil etadi. Asosiy yodgorliklaridan Tutqovul III, Chilichorchashma, Daraisho'r, Quyibulyon, Obikiyik, Oshxona, Alichur va boshqalar. Janubiy Tojikistonning togoldi hududi aholisi asosan termachilik, ovchilik va baliqcilik bilan kun kechirishgan. Janubiy Tojikistonning mezolit davri madaniyatlari va majmualari xojaligi, moddiy madaniyati, xususan, tosh qurollariga ko'ra umumiy va o'ziga xos jihatlariga ega.
Vaxsh, Kofirnigon va Panj vodiylarida mezoliti. Bu erda mezolit davriga oid 20 ta yodgorlik ochilgan va tadqiq qilingan. Kopchlik joy-makonlarning madaniy qatlamlari buzilib ketgan. Bu hududda mezolit rivojlanishi ikki yo'nalishda borgan: togoldi va tekislikda. Turli davrlarga va madaniyatlarga bo'linadigan to'rtta yodgorliklar majmuasi ajralib turadi. Bu mintaqada mezolit davri mil.avv. XI-VIII ming yilliklar bilan sanalangan.
Birinchi majmua: Tutqovul 3, Chilchorchashma va boshqa yodgorliklardan iborat guruh shartli ravishda Tutqovul madaniyati nomi bilan atalib, mil.avv. XI/X-VIII ming yilliklar doirasida sanalanadi.
Ikkinchi majmua: Daraisho'r, Tutqovulning ikkinchi madaniy qatlami mil.avv. VIII-VII m. yilliklar bilan sanaladi. Vaxsh daryosining o'rta oqimi hududi mezolit davri Vaxsh madaniyatiga oid, deb taxmin qilinadi. Bu madaniyat an'anasi keyinchalik Tojikistonning togli hududi ibtidoiy kishilarining neolit davri Hisor madaniyati paydo bo'lishida muhim o'rin egallaydi.
Uchinchi majmua: Quyi Bulyon va Obi Kiyik (obi kiyik majmuasi). Bu makonlar uchun faqat chaqmoqtoshdan yasalgan mikrolitlar va plastinkasimon qurollar xos bo'lib, mil.avv. VIII-VII ming yillikla bilan sanalanadi
To`rtinchi majmua: Shugnau makonining 0 gorizonti (Shugnou majmuasi) mil.avv. X ming yilliklar (XI ming yilliklar ham bo'lishi mumkin) bu makonning paydo bo'lishi togridan-togri o'zining yuqori paleolit davri bilan boglangan.
Bu hududdagi madaniyat sohiblari ham o'zlashtiruvchi xojalikning ovchilik, baliqcilik va termachilik shakllari bilan kun kechirishgan. Ovchilik va baliqcilikda nayza, oq va yoydan foydalanganlar. Hayvonlardan qoy va echkilarning suyaklari topilgan. Ovchi va baliqchilar vaqtinchalik yashash uchun chaylalardan foydalanganlar yoki ochiq havoda yashashgan. Tojikistonning mezolit davri makonlarida bir vaqtda yoyilgan shimoliy Afgoniston, Falastin, Suriya va Old Osiyoning boshqa hududlaridagi manzilgohlar bilan o'xshash belgilari seziladi. Bu esa Yaqin Sharq qabilalari bilan uzoq genetik yaqinlikdan darak berishi mumkin. 39

2.4. Sharqiy Pomir mezoliti



Yüklə 62,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin