Tarmoq qurilmalari Tarmoqni tashkil etishni texnik vositalari


Tarmoqni tashkil etishda kabellarni ahamiyati



Yüklə 63,96 Kb.
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü63,96 Kb.
#201753
1   2   3   4   5   6   7
Mundarija

1.2Tarmoqni tashkil etishda kabellarni ahamiyati
Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi.

Kabellar asosan uchga bo’linadi:
1. Koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.
Koaksial sim. Bunday sim to’rt qatlamdan tashkil topgan bo’ladi: uning eng ichki qatlami metall simdan iborat. Bu izolyasiya bilan o’ralgan bo’lib, u 2-qatlamini tashkil qiladi. 3-qatlam izolyasiyasi yupqa metall ekran bilan qoplangan bo’ladi. Ekran egiluvchan o’qi, ichki sim egiluvchanlik o’qi bilan ketma-ket tushadi. Shuning uchun ham koaksial sim deyiladi. To’rtinchi qatlam plastik qatlamdan iborat bo’lib, u uchta qatlamni qoplaydi.
Keyingi paytda keng rivojlangan kabel televideniyasida ishlatiladigan sim koaksial simdir. Kabel televideniyasi yordamida bir qancha kanallar orqali ko’rsatuvlar berilishining sababi ham koaksial simlar orqali bir paytda bir qancha turli signallarni uzatish imkoniyati borligidandir. Bunda har bir signal turiga bittadan kanal mos keladi. Har bir kanal o’z chastotasida ishlaydi, shuning uchun ular bir-biridan mustaqil hisoblanadi.
Koaksial simning asosiy afzalligi, uning katta kenglikda ishchi chastotalariga ega bo’lganligi tufayli katta hajmdagi ma’lumotlar oqimini yuqori tezlikda uzatishi mumkinligidadir. Bu imkoniyat yuqori tezlik bilan ishlaydigan lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish imkoniyatini beradi.
Koaksial simlarning ikkinchi afzalligi ularning turli tashqi qarshiliklarga chidamliligi va nisbatan uzoq masofalarga ma’lumotlarni (signal shaklidagi) uzatishi mumkinligidadir.
Koaksial simlari uchun qabul qilingan andozalar mavjud bo’lib, u Internet kompyuter tarmog’i uchun Internet yug’on simi (tahminan qo’lning katta barmogi yug’onligida) deb ham yuritiladi. Bundan tashqari, yug’onligi taxminan kichik barmoq yug’onligida bo’lgan, hozirda keng tarkalgan Cheapernet yoki Thinnet simlari mavjud. Yug’on va ingichkaroq koaksial simlar albatta o’z xususiyatlariga ega: yug’on simlar ingichkaga nisbatan uzoqroq masofaga ma’lumotlarni uzatadi va tashqi qarshilikka chidamliroqdir.
Yuqorida aytganimizdek, afsuski, bu simlarni to’g’ridan-to’g’ri kompyuterga ulab bo’lmaydi.
Buning uchun qo’shimcha bog’lovchi sifatida BNC bog’lovchisidan foydalaniladi.
Koaksial simining asosiy xususiyati uning universalligidir, ya’ni uning yordamida deyarli barcha turdagi: tovush, video va hokazo signallarni uzatish mumkin.


  1. Yüklə 63,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin