ko’tariladi. Bunday alomatlar faqat bir kecha-kunduz davom etadi. Yashirin davr
15-20 kundan iborat. Jabrlanganlarga maxsus tibbiy yordam ko’rsatilishi zarur.
O’tkir nur kasalligi og’ir kechgan hollarda (4-6 gy) nur ta'sir etgandan so’ng 30-60
minut o’tgach, bemor ketma-ket qusadi, boshi og’riydi, madorsizlanadi. Terisi
qizib, tana harorati oshadi. Dastlabki reaksiya 3 kun davom etib, yashirin davr 8-17
kunni tashkil etadi. Bemorga maxsus tibbiy yordam ko’rsatilishi zarur. O’z vaqtida
davo qilinsa, u sog’ayib ketadi.O’tkir nur kasalligi o’ta og’ir o’tgan hollarda (6- 10
gy) 15 daqiqadan so’ng bemor qusa boshlaydi. Teri va shilliq qavati qizarib tana
harorati ko’tariladi. Dastlabki alomatlar 3-4 kun davom etadi. Ikkinchi hafta
oxiriga borib bemorning joni uziladi. Suyak kumigini ko’chprib o’tkazish ham
kamdan-kam hollardagina yaxshi natija beradi. O’tkir nur keselliklerinin ichak
formasi 10-12 gy nur olganda kelib chiqadi. Kasallikning rivojlangan davri og’ir
enterit, tananing suvsizlanishi, qon ketishi va yuqumli asoratlar bilan kechadi.
Nurlanganlar birinchi hafta oxiriga borib o’ladilar. 20-25 gy va undan ko’p
nurlangan kishilarda o’tkir nur keselliklerinin toksik va serebral turlari ko’zatiladi.
Nurlar ta'sir etishi bilan to’xtovsiz qayt qilish, ich ketishi, es-hushni yuqotish, kun
oxiriga borib miya shishish belgilari, tirishib qolish va Bulbar buzilishlar
ko’zatiladi. Bemor odatda uch kun ichida hayotdan ko’z yumadi.
O’tkir nur kasalligini emlew. Kasallikning dastlabki noxush simptomlarini
bartaraf etnsh maqsadida qusishga qarshi, ichish va in'eksiya uchun dorilar
yuboriladi. Zararlanishning yengil turida ichishga aeron, etaperazin va aminazin
tayinlanadi. O’rtacha og’ir, og’ir va juda og’ir kechadigan nur kasalligida qusishga
qarshi aminazinning 2,5 foizli eritmasidan 2 ml, etaperazinying 0,6 foizli
eritmasidan 1 ml va atropinning 0,1 foizli eritmasidan 1 ml mushaklar orasiga
yuboriladi. Yuqorida qayd etilgan barcha dori moddalari kuniga 2-3 martadan
tavsiya etiladi. Og’ir hollarda, ya'ni qusish tuxtovsiz uzoq davom etganda, qonda
xlor miqdori kamayib ketganda elektrolitlar almashinuvini yaxshilash uchun 500-
800 ml natriy xloridning izotonik ervtmasi yoki 400-800 ml to’zli "Disol",
"Xlorosol", shuningdek siydik haydovchi dorilar (laziks va b. q.) tomirga
yuboriladi.
Yashirin davrda kasallik belgilariga qarab organizm quvvatini oshiruvchi hamda
gistaminga qarshi vositalar qo’llanadi. Yashirin davr og’ir kechganda organizmni
toksinlardan tozalash davom ettiriladi, qon quyilishining oldini oluvchi dori-
darmonlar, antibiotiklar tayinlanadi. Bu davrda bemor trombositlarini olib,
muzlatib, undan qon quyilishi hollarida foydalanish tavsiya etiladi. Kasallik
rivojlangan davrda yuqumli asoratlarning oldini olish maqsadida leykopeniya va
agranulositoz holatlarida ham antibiotiklar tayinlanadi. Odatda keng miqyosda
ta'snr etuvchi antibiotiklar (klofaran, tarivid, sefomizin, ampioks, gentamisin va b.
q.) dan foydalaniladi. Yuqumli asoratlarning oldini olish uchun antistafilokokk
plazmasi va antistafilokokk gamaglobulini tavsiya etiladi. Og’iz bo’shliqi shilliq
qavatidagi yarali nekrotik o’zgarishlarning oldini olish va emlew uchun og’iz
bo’shliqini antiseitiklar eritmasi (rivanolning 0,1% li va furasillinning 0,02% li
eritmasi) bilan chanqash, shundan so’ng chakanda moyi yoki vitamin A ning yog’li
eritmasini surtish zarur. Leykositlar soni niqoyatda kamayib, suyak iligida aplaziya
holati ko’zatilganda suyak kumigi kuchirib utkaziladi. Bu tadbir maxsus qon
quyish shifoxonasida bemor hamda suyak kumigi ko’chiriladigan sog’lom kishi
qon guruxi, rezus omili va N - A sistemaga mos kelganda amalga oshiriladi.
Leykopeniyani emlewda leykositlar massasi yoki yangi tayyorlangan qondan
foydalaniladi. Leykositlar massasi 5-7 milliard qujayradan to’rt kun davomida
quyiladi. Chernobil AESi fojiasi davrida qon quyulnshining oldini olish uchun
trombositlar maseasidan keng foydalanildi. Bir marta quyishga bir donordan
olingan trombositlar (urtacha 300109. trombosit olish uchun 200- 250 ml qon
plazmai kerak bo’ladi) kifoya qildi. Trombositlar (ular miqdori bemor qonida
20109/l dan kamayganda yoki qon quyulish belgilari sezilishi bilan) oradan 1-3
kun o’tkazib quyiladi. Ikkilamchi kasalliklar kelib chiqishining oldini olish uchun
donor qonidagi immun hujayralar faolligini kamaytirish maqsadida quyiladigan
qon preparatlari, shu jumladan trombositlar ham 15 grey quvvatidagi nur bilan
nurlantirildi. Natijada bemorlarda qon quyilish hollari kuzatilmadi. Ba'zi
bemrolarga suyak iligi zararlanishi yashirin davrda kechuvchi bemorlardan olingan
trombositlar quyildi. Bunday trombositlar qonida trombositi kamayib ketgan
boshqa bemorlarga yaxshi foyda berdi. II va III darajali o’tkir nur kasalligi bilan
og’rigan bemorlarga o’rtacha 3-8 marta (300 10e qujayra) trombositlar massasi
quyildi. Chernobil falokatidan zararlanganlarni emlewda agranulositozni
emlew yoki oldini olish uchun leykositlar massasidan foydalaniladi. Suyak
ko’migan ko’chirib o’tkazish nurlanish 6 grey va undan yuqori bo’lganda
qo’llaniladi. Bunda qon ishlab chiqaruvchi hujayralarga boy va immun xususiyati
kam odam embrioni hujayralari 6 marotaba kuchirilib, ikkilamchi kasalliklar kelib
chiqishi xavfi keskin kamaytirildi. Biroq bu bemorlar nurlanishdan 14-18 kun
o’tgach, teri va ichak zararlanishidan vafot etdilar. 13 marotaba allogen suyak
ko’migi ko’chirib o’tkazildi. Afsuski, bemorlardan yettitasi teri, ichaklar va
okpening kuchli zararlanishi tufayli nurlanishdan so’ng 15-25 kun ichida hayotdan
ko’z yumdi. Allogen suyak ko’migi kuchirib o’tkazilganlardan (nurlanish dozasi 4,
3, 107 ,gy) faqat ikki bemor hayoti saqlab qolindi. Ulardan biri 5,8 gy, ikkinchisi
10,7 gy nurlangan bo’lib, har ikkalasiga ham opasikgillardan olingan suyak
ko’migi ko’chirib o’tkazildi. Oradan 32 kun o’tgach, bu bemorlarda kuchirib
o’tkazilgan ko’mikning bir qismi ajralib, ularning o’zi qon ishlab chiqarish a'zolari
faoliyatini tiklandi. Chernobil fojiasi kunlarida qulog’i og’rigan bemorlarga
"Sandoz" firmasi ishlab chiqqan gammaglobulin; terisi kuyganlarga esa lioksanol
tayinlandi. Antibiotiklardan keng miqyosda ta'sir etuvchi sefalosporinlar va
ularning hosilalari klorofan, sefamizin va boshqalar qo’llaniladi. Qon quyilishining
oldini olish maqsadida tomirlar devorinini mustaqkamlovchi - serotonin va
askorutin qo’l keladi (Cheriobnlda bu dorilardan foydalanilmadi). Shuningdek,
bunday hollarda disinonni 2-4 ml dan kuniga 3-4 maqal tomirlarga yuborish yaxshi
foyda beradi. Fibrinolizinni faollashtirish maqsadida ingibitorlar: aminokapron
kislota, amben (pamba) ishlatiladi. Shilliq qavatlarga qon quyilishining oldini olish
maqsadida qon oqishini to’xtatuvchi trombindan foydalaniladi. Yuqumli
kasalliklarni emlew va oldini olish uchun ichaklarni steril holga keltirish zarur.
Buning uchun 5- 7 kun mobaynida qonga surilmaydigan antibiotiklardan
kanamisin sulfat 2 g, 2 g gistomisinga 2 mln nistatni qushib beriladi. Keyinchalik
esa agranulositoz holatidan chiqqunga qadar qonga surilmaydigan antibiotiklardan
eritma tayyorlanadi. Buning uchun 150 ml suvda 3- 4 g neomisin yoki kanamisin,
1,5 g ristomisin, 1 g polimiksin M eritiladi. Ana shu antibiotiklar aralashmasi 30
ml dan kuniga 5 marta (avval oqiz va tomoq 1 mln birlik nistatin bilan
chanqalgach) ichiladi.
O’tkir nur keselliklerinin ichak simptomini emlew uchun bemorga vitaminlarga
boy, yumshoq, kimyoviy tarkibi ichaklarni ta'sirlamaydigan parxez taomlar
berilishi zarur. Bundan tashqari, festal, pankreatin kabi dorilar tavsiya etiladi.
Organizmga radioaktiv moddalar tushishi natijasida kelib chiquvchi nur
kasalliklari. Radioaktiv moddalar tushgan joylarda odamlarga bir vaqtning o’zida
gamma nurlar va betta zarrachalar ta'sir etadi. Bunda radioaktiv moddalar,
ayniqsa ularning radioaktiv bulut tarkibidagi qismi odamning ichiga tushishi
mumkin. Bunday nur keselliklerinin qanday kechishi, qay ko’rinishlarda namoyon
bo’lishi radioaktiv moddalarning miqdoriga, erish va surilishiga, organizmga
qanday yo’l bilan tushganiga va uning parchalanish davri hamda izotoplarning
qanday chiqib ketishiga bog’liq. Radioaktiv moddalar organizmga nafas yo’li va
og’iz orqali yara hamda kuygan joylardan kiradi. Organizmga tushgan ba'zi
izotoplar (stronsiy, ittriy, sirkoniy) suyaklarda to’plansa, boshqalari (seziy, lantan)
jigarda (gepatotroplar), yana birlari (seziy, ruteniy, natriy) u yoki bu miqdorda
butun tana bo’ylab tarqaladi. Uran buyrakda ushlanib qolsa, yod butunlay
qalqonsimon bezga singiydi. Organizmga radioaktiv moddalar tushishi natijasidakelib chiqadigan o’tkir nur xastaligi dastlabki simptomlarining yuqligi yoki juda
kam sezilishi, kasallik davrlarining cho’zilishi, ko’proq radioaktiv moddalar
tushgan joylar (nafas yullari, me'da-ichak) zararlanishi va organizmga tushgan
radioaktiv modda qaysi a'zoni ko’proq zararlashiga qarab har xil kechadi.
Zararlanishni emlew va uning oldini olish. Izotoplar odam ichiga nafas yo’li
orqali tushganda oqizni chayish, nafas yullarini esa balg’am kuchiruvchi vositalar
bilan tozalash zarur. Og’iz orqali ichga tushganda o’sha zahoti yumshoq tanglayni
qo’l bilan ta'sirlantirish yoki alomorfin berish bilan bemor qustiriladi, zond
yordamida me'dasi yaxshilab chayiladi. Me'dadan radioaktiv moddalarni o’ziga
singdirib, olib chiqib ketadigan adsorbentlardan bariy sulfat, ion almashlovchi
smolalar tayinlanadi. Bundan tashqari, radioaktiv moddalarni me'da-ichak
yo’llaridan tezroq chiqarish uchun surgi dorilar va tozalovchi xo’qna qillanadi.
Qonga so’rilgan radioaktiv moddalarni tezroq chiqarib yuborish maqsadida
kompleksantlardan, ularning eng faoli bo’lgan pentasindan (tomirlarga 5 ml 5
foizli eritmasi yuboriladi) foydalaniladi. Yuqorida sanab o’tilgan tadbirlar bir
vaqtda emlew va kasallnkning oldini olishda tavsiya etiladi. Aralash nur
kasalliklari. Yadroviy va raketalar vositasida olib borilgan urush sharoitida safdan
chiqqan kishilarning ko’pchilik qismi aralash nurlangan bo’lib, ya'ni bunda nurdan
tashqari kuyish, portlash to’lqini, uqdan yaralanish qo’shilib kelishi mumkin. Ana
shunday bir necha ta'sirlar organizmda keltirib chiqaradigan patologik jarayon
o’ziga xos tarzda kechib, har bir ta'sir ikkinchisn keltirib chiqaradigan qolatni ham
chusurlashtirishi mumkpn. (E. V. Gembnskiy, F. I. Komarov). Bu hol bemorning
ahvolini og’irlashtiradi, bunda yara va kuygan joylar nekrozi kattalashadi, ularning
bitishi qiyin kechadi, yuqumli asorat tanada keng yoyilishi oqibatida organizmning
chidami pasayib ketadi, nur kasalligi belgilari tez ko’zga tashlanib, xastalik shiddat
bilan kechadi. Aralash nurlanish quyidagi davrlarga bo’linadi. Birinchi davrda
nurlanishga xos bo’lmagan belgilar (og’riq, jarohat yoki kuyishdan shok holati,
qon ketishi) ko’zatiladi. Kasalning ahvoli nurlanish paytida ko’zatilgandan ko’ra
oqirroq bo’ladi. Organizmning nurlanishga dastlabki javob reaksiyasi kuyish va
jarohatlanish belgilari bilan niqoblanib, unchalik sezilmaydi. Ikkinchi davrda ham
bemor ahvoli og’irligicha qoladi. Asoratlar tez ko’zga tashlanadi. O’tkir nur
keselliklerinin yashirin davri tez utib, leykositoz tezgina leykopeniya bilan
almashinadi, kamqonlik va organizm zaharlanishi avj oladi. Bu davrda nurlanish 6
grey dan ortiq bo’lganda o’tkir nur kasalligi belgilari zararlanishning klinik
manzarasida yetakchi o’rin tutadi.
Uchinchi davrda o’tkir nur keselliklerinin qo’zg’alish belgilari paydo bo’ladi va avj
oladi. Bemorning ahvoli keskin yomonlashadi. O’tkir nur kasalligiga xos belgilar
tez rivojlanib, teri va shilliq qavatlarga qon quyilishi ko’zatiladi. Jarohat va
nurlanish birgalikda organizmga halokatli ta'sir ko’rsatadi. Yaralarda yuqumli
asoratlar paydo bo’lib, butun tanaga keng tarqaladi. Agranulositoz va kuchli
kamqonlik yo’zaga keladi. Uchinchi davr bemorlar uchun juda xatarli hisoblanadi.
To’rtinchi davrda o’tkir nur keselliklerinin belgilari astasekin kamayadi, jarohat va
kuygan joylar ohista bita boshlaydi. Bir vaqtning o’zida ham yarador bo’lgan, ham
nurlangan bemorlarda kelib chiqadigan o’tkir nur kasalligi - bu xastalik alohida
o’zi kechgandagidek davolanadi. Lekin aralash zararlangan kishilarga imkoni
boricha tezroq (nur kasalligi belgnlari namoyon bo’lganinga qadar) jarroqlik va
yuqumli asoratlar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan muolajalar
ko’rsatilishi zarur.
Surunkali nur kasalligi
Surunkali nur kasalligi. O’tkir nur kasalligidan farq qilgan holda surunkali nur
xastaligi odam tanasiga nurning uzoq vaqt ta'sir etishidan kelib chiqadi. Surunkaln
nur kasalligi harbiy holatlarda ham, nur bilan ishlovchilar ehtiyot choralarini
ko’rmaganlarida ham kelib chiqishi mumkin.
Kasallik belgilari. Surunkali nur kasalligi belgilari nurning miqdoriga, uning
tanada qay tarzda tarqalganiga va inson organizmining nurlar ta'siriga naqadar
sezgirligiga bog’liq. Shu munosabat bilan hozirgi paytda surunkali nurlanish
nurning organizmga ta'siriga kura uch davrga bulinadi.
Birinchi davr nurning tanaga uzoq vaqt mobaynida bir xil ta'sir o’tishi bilan
ifodalanadi.
Ikkinchi davr nurning ham tashqaridan, ham odam ichiga tushib ta'sir etish
qollarini o’z ichiga olib, bunda nur aloqida bir a'zoga mahalliy ta'sir kursatishi
mumkin.
Uchinchi davr umumiy va mahalliy nurlanishlardan iborat turlarni ua o’z ichiga
oladi.
Surunkali nur kasallignda tanadan o’tgan nur miqdori bilan kasallikning nechoqli
og’ir o’tishi o’rtasidagi munosabat aniqlanmagan. Taxminan 1-1,5 grey nur olgan
odamda xastalik belgilari yaqqol sezilmasa, 4-5 grey nur olgan bemorlarda nur
keselliklerinin og’ir kechishi ko’zatiladi, degan fikrlar mavjud. Surunkali nur
kasalligi bemor umumiy ahvolining yomonlashuvi bilan boshlanadi.
Bunda: 1) vegetativ va markaziy asab majmuasidagi o’zgarishlar (uyqu bo’zilishi
va xotira pasayishi bilan kechadigan nevroz, ko’p terlash va h.k.
2) EKG da tishlar voltajining pasayyshi, qon bosimi tushib ketishi, bradikardiya
bilan kechadigan yurak va tomirlar yetishmovchiligi;
3) jigarning kattalashishi, teri va ko’z oining sarqayishi;
4) sochlar tukilishi, tirnoqlar yupqalashishi, terinikg qurishi va po’st tashlashi;
5) qon tarknbidagi o’zgarishlar;
6) teri osti va shilliq qavatlarga qon quyilishi ko’zatiladi.
Kasallikning yengil turida (I darajali surunkali nur kasalligi) yuqorida ko’rib
o’tilgan o’zgarishlarni ko’ramiz. Qon tarkibida leykositlar soni o’zgarib turadi.
Bunda leykositlar soni kamaya borib (3109/l gacha), neytrofillar ozayib,
limfochktlar soni oshishini ko’zatish mumkin. Kasallikning bu turi yengil kechib,
bemorlar ikkinchi oy oxiriga borib soqayib ketadilar. Kasallikning o’rtacha og’ir
turida ham kasallik belgilari xilma-xil bo’ladi. Asteniyaga xos belgilar va tomirlar
distoniyasidan tashqari, teri ostiga qon quyilishi, Ishki a'zolar faoliyati bo’zilishi va
moddalar almashinuvi izdan chiqishini kurish mumknn. Qon tarkibidagi eritrositlar
(3,5-2Yu'2 l) va gemoglobin miqdori kamayadi. Leykositlar va trombositlar soni
ham keskin kamayib ketadi. Shu munosabat bilan bemorlar teri ostiga qon
quyilishi, milk, burundan, ayollar bachadonidan qon ketishidan shikoyat qiladilar.
Turli xil trofik o’zgarishlar yo’z berib, suyaklar zirqiraydi. Yurak sohasida og’riq
paydo bo’lib, yurak sekin ura boshlaydi (bradikardiya).
Kasallik yillab davom etadi va qattiq charchash, infeksiyalar ta'sirida zo’rayib
turadi. Bunday bemorlar ko’p marotaba davolanishlari kerak. Ko’pincha shundan
so’ng ham bemor darddan to’la sog’ayib ketmaydi. Surunkali nur keselliklerinin
og’ir turida qon quyilish, qon ishlab chiqaruvchi a'zolar faoliyatining keskin
yomonlashishi, markaziy asab tizimi va Ishki a'zolarda qaytmas jarayonlar
kechishi, yuqumli asoratlar xuruj qilishi ko’zatiladi. Og’ir kamqonlik, leykositlar
sonining keskin kamayib, granulositlar qonda yuqolib ketishi va trombositopeniya
yo’zaga keladi. Kasallik shiddat bilan kechib, ko’pincha qon quyilishi yoki
yuqumli asoratlar tufayli bemor o’limi bilan tugaydi. Ayrim hollarda qon tarkibi va
bemorning umumiy ahvoli sal yaxshilapishi bilan ifodalanadigan to’liq bo’lmagan
remissiya kuzatiladi.
Kasallikni emlew va oldini olish. Kasallikning oldini olish uchun nur bilan
ishlanadigan joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur. Bunday joylarda
inson organizmiga ta'sir etishi mumkin bo’lgan nur miqdori nazorat etib borilishi
lozim. Kasallikka to’liq davo qilinishi zarur. Surunkali nur kasallygining yengil
turida quvvatga kirgizadigan va nerv faoliyatini yaxshilaydigan doridarmonlar
(jenshen, limonnik, eleuterokokk va boshqalar), vitaminlar, kichik trankvilizatorlar
tayinlanadi. Kasallikning o’rtacha og’ir turida yuqoridagi dori-darmonlardan
tashqari, markaziy nerv sistemasi faoliyatini yaxshilovchi, qon va leykositlar ishlab
chiqarilishini maromga soluvchi, qon quyulishini to’xtatuvchi dorilar, antibiotiklar,
qon va uning tarkibiy qismlari qo’llanadi. Surunkali nur keselliklerinin og’ir turiga
uzoq vaqt chidam va qat'iylik bilan davo qilish zarur. Bunda tiykargi e'tibor qon
holatini yaxshilashga (eritrositlar, leykositlar va trombositlarni qonga yuborish),.
yuqumli asoratlarga qarshi kurashga (bakteriyalarga qiron keltiruvchi dorilar,
gammaglobulin va b. q.) qaratiladi.
YARADORLARDA ISHKI A’ZOLAR KASALLIKLARI
1853-1856 yillardagi Qrim urushi davridayoq N. I. Pirogov yaradorlarda shok,
kollaps, pnevmonia va boshqa asoratlarni ko’zatgan edi. Uning fikricha, “Jarohat
inson tanasiga boshqalar tasavvur qilganidan ko’ra ancha murakkab ta'sir etadi".
N. I. Pirogov ta'riflagan kollaps holati hozirgacha o’z ahamiyatini yuqotgan emas.
Ulug’ Vatan urushi davrida jarroh va terapevtlarning kuzatishlaricha, yaradorlarda
murakkab patogenez bilan kechuvchi xilma-xil Ishki a'zolar kasalliklari
aniqlangan. Yaradorlarda hayotiy jarayonlar boshqarilishining bo’zilishi bilan
kechuvchi shok, yarador bo’lish natijasida qon bosimi tushib ketishi bilan
namoyon bo’luvchi kosllaps kabi asoratlar ham ko’zatildi. Urush paytida okpe,
yurak va buyrak kabi Ishki a'zolarda o’ziga xos o’zgarishlar aniqlangan. Bu
shikastlanishlar murakkab bo’lib, ko’pincha tananing qaysi joyiga o’q tekkanligiga
(bosh, kukrak, qorin) bog’liq. Ba'zi shikastlanishlar turli yuqumli kasalliklarga
sabab bo’ladi. Yarador bo’lish qon yuqotish bilan kechib, bu kasallikning tuzalishi
va asoratlar qolishiga o’z ta'sirini o’tkazadi. Bundan tashqari, jangovar holat
(tinimsiz janglar, frontdagi urush to’xtagan davrlar) asablarga kuchli ta'sir etishi,
yaradorlar tinkasini quritish bilan birga ular Ishki a'zolari faoliyatini
yomonlashtiradi. Jaxon urushi yillarida terapevtlarning yaradorlarni emlewlari
puxta ishlab chiqilgan edi. Alohida tibbiy batalon va gospitallarda terapevtlar
jarroh bilan birgalikda yaradorlarda kelib chiqqan Ishki a'zolar kasalliklarini
davoladilar.
NAFAS A’ZOLARI KASALLIKLARI
Jaxon urushi tajribasi turli xil jarohatlar - okpe va plevrada asorat qoldirishini
kursatdi. Ularni urganish oson bo’lishi uchun 5 guruhga bo’linadi:
1. Pulmonitlar.
2. qon quyilishlar.
3. Atelektazlar.
4. Pnevmonialar.
5. Yiringlash jarayonlari (abssess, gangrenalar).
Pulmonitlar deganda o’q tekkan joydagi shamollash belgilari tushuniladi. Odatda
pulmonitlar biror bir belgisiz kechadi. Ayrim hollarda pulmonitlarning o’zi aloqida
kasallik manbai (pnevmonia, abssess va b. q.) bo’lishi mumkin.
Bosh va ko’krak qafasi shikastlanganda okpega qon quyilishi ko’proq kuzatiladi.
Okpe jarohatlanganda o’q tekkan joylarga, ba'zan esa zararlanmagan joylarga qon
quyilib, ayniqsa o’q tekkanda har ikkala okpeda uncha katta bo’lmagan (1-3
santimetr hajmda) qon quyilgan joylar uchraydi. Ko’krak qafasi sohasida og’riq
turishi, yo’tal tutiwi, hansirash va qon tupurish okpega qon quyilishi belgilari
hisoblanadi. Qon tupurish okpe jarohatlanishining aksariyat (99 %) hollarida
jarohat olgan zahoti boshlanadi. Agar okpega ko’p qon quyilgan bo’lsa, tupurish
7-10 kunlab cho’zilishi mumkin. Okpega qon quyilish belgilari ham, ko’pincha
rentgen, ultratovush yordamida tekshirishlar orqali aniqlanadi. Lekin bu asbob
uskunalar bilan jang maydonida foydalanib bo’lmagani sababli, yuqorida kurib
o’tilgan tashqi belgilar kasallikni aniqlashda muhim o’rin tutadi. Bunday
yaradorlar tekshirib ko’rilganda okpening qon quyilgan joyi ustini barmoqlar bilan
urib ko’rilsa, odatdagidan qisqa tovush eshitiladi, shu joy eshitib ko’rilsa, nafas
pastligi seziladi. Okpening qaysi qismiga qon quyilganligini aniqlash uchun
rentgen va ultratovush vositasidan foydalaniladi. Ba'zan okpega qon quyilishi
bexatar bo’lib, 2 hafta ichida surilib, bitib ketadi. Ko’pchilik hollarda okpe
to’qimasiga qon quyilishi natijasida gemoaspirasiop atelektazlar kelib chiqadi.
Buniig sababi, qonning quyilgan joyidan bronxlarga chiqishi (obturasion atelektaz)
yoki mayda bronxlar hamda okpe to’qimasining quyilgan qon bilan dimlanib
qolishidir. Atelektazlar odatda qon quyilgan joy atrofida yoki sog’ okpeda bo’lishi
mumkin. Okpening qon quyilgan qismi va aspirasion atelektaz urnida ko’pincha
o’tkir shamollash jarayoni - okpe pnevmoniai kelib chiqadi.
PNEVMONIALAR
Yarador bo’lish tufayli kelib chiqadigan: ikkilamchi va interkurent pnevmonialar
farqlanadi. Kasallikning kelib chiqishi (etiologiyasi). Birlamchi jaroxatlanish bilan
bog’liq pnevmonialar okpening shikastlanishi, organizmning shu shikastlanishga
bo’lgan ta'siri va okpega o’q orqali yuqumli mikroblar kirishidan yo’zaga keladi.
Jarohatlanishdan kelib chiqadigan ikkilamchi pnevmonialar esa neyroreflektor yul
bilan sog’lom okpega yoki boshqa joyga jarohat yetganda rivojlanadi: Ikkilamchi
pnevmonialar deganda, septik va aspirasiya metastazlari xuruj qilishi oqibatida paydo
bo’ladigan okpedagi shamollash jarayonlari tushuniladi.
Jaxon urushi davrida shifokorlarning ko’zatishlaricha, pnevmonialar ko’pincha
qorin (keselliklerdin 86%ga yaqini), ko’krak va bosh (18 %), oyoq (17
%) va qo’llar (13 %) sohasi jarohatlanganida ko’zatilgan. Okpe shamollashiga
ko’pincha ko’p qon yuqotish, sovuq urish, okpening surunkali kasalliklari bilan
og’rish, organizmda vitaminlar yetishmasligi va holsizlik sabab bo’lgan. Qish
Dostları ilə paylaş: |