ya’lig'lanish bronxlar devorining Ishki qismlariga tarqalishiga, mushaklar va
qayishqoq paylarning zararlanishiga sabab bo’ladi. Surunkali bronxitning kechish
davrida, ayniqsa, kuchayib ketishida, bakterial infeksiyaning ishtiroki aniqlangan.
Ko’p hollarda balg’amdan yoki bronx ichidagi ajralmadan stafilokokk,
streptokokk, inflyuensa va pnevmokokk tayoqchalari, ba'zan esa yiringli ko’k
tayoqcha, Fridlender tayoqchasi topiladi. Surunkali bronxit gripp epidemiyasi
davrida avj oladi. Xozirgi vaqtda okpe-bronxlar tizimining surunkali isiniw
jarayonlari kechishining nasliy moyillik omillariga ham e'tibor berilmoqda.
Klinik ko’rinishi: surunkali bronxitning tez-tez uchraydigan va tiykargi
simptomlari yo’tal (quruq yoki nam), har xil miqdordagi va ko’rinishdagi
balg’am ajralishi, okpeda havo aylanishi va bronxlar o’tkazuvchanligining
bo’zilishidir. Ko’pchilik bemorlarda, odatda, chekuvchilarda, ko’p yillar
davomida uncha kuchli bo’lmagan quruq yo’tal, shilimshiq balg’am tashlash
uchraydi, ular ko’pincha ertalab yuz beradigan, bu holatga ko’p ham e'tibor
bermaydilar. Keyinchalik bu yo’tal kuchayib, har xil noqulayliklarni keltirib
chiqaradi, sovuq va nam ob-havoda, tana sovib ketganda yuqori nafas yo’llarining
infeksion kasalliklardan keyin yanada zo’rayib, yo’talganda vaqti-vaqti bilan
shilimshiq-yiringli yoki yiringli balg’am chiqishiga olib keladi. Kasallikning
dastlabki davrida yirik bronxlar zararlanadi. Bronxlar o’tkazuvchanligining
bo’zilishi unchalik sezilmaydi: nafas siqishi sekin-asta rivojlanadi, bu paytda yo’tal
ko’p miqdorda yiringli yoki shilimshiq-yiringli balg’am ko’chishi bilan
harakterlanadi. Kasallikning avj olishi va kichik bronxlarning zararlanishi
jarayonida bronxlar o’tkazuvchanligining bo’zilishi (obstruktiv bronxit) nafas
siqishning rivojlanishi bilan kechadi. Dastlab nafas siqishi jismoniy zo’riqishdan
keyin paydo bo’lib, keyinchalik doimiy tus oladi. Kasallik zo’rayganida u ayniqsa,
qattiqroq seziladi. Mayda bronxlari zararlangan bemorlarda nafas siqishdan
tashqari sianoz va issiqdan sovuqqa chiqqanda xurujli yo’tal holatlari ko’zatiladi.
Obstruktiv bronxitning kechishida emfizemalar va surunkali okpe-yurak
xastaliklarining rivojlanishi qonuniy holdir.
Kasallikning istalgan bosqichiga bronxospastik sindromning qushilishi natijasidagi
ekspirator dispnoe ham qo’shilib ketishi ko’zatilishi mumkin. Kasallikning klinik
ko’rinishida bronxospazm yetakchilik qilishi, shu bilan birga allergik holatlar
(vazomotor rinit, dorilar yoki oziq-ovqat allergiyasi, qonda va balg’amda
eozinofillarning borligi) ko’zatilishi tufayli bu kasallik astmatik bronxit deb
ataladi. Kasallik zo’raygan paytda tana haroratining ko’tarilib, gohida juda yuqori
darajada bo’lishi, umumiy holsizlanish, terlash, uta toliqish, yo’tal paytida har xil
guruh mushaklarining og’rishi ko’zatiladi. Kasallikning boshida perkutor tovush
kam o’zgaradi, lekin emfizemaning rivojlanishi natijasida pukillagan tovush
borligi, okpening quyi qismi harakatlanishining susayishi aniqlanadi.
Auskultasiyada kasallik simptomlarining vaqtincha zaiflashuvi (remissiya) davrida
nafas vezikulyar bo’lishi yoki emfizemaning hisobiga zaiflashgan vezikulyar nafas
eshitilishi mumkin. ba'zi joylarida nafas olish qiyinlashgan bo’lib, biroz xirillash
bilan kechadi. Kasallik zo’rayganda, xirillash quruq yoki nam bo’lib, miqdori juda
o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. Bronxospazm borligi tufayli chuqur nafas
chiqarishda hushtaksimon xirillashlar eshitiladi, ularning miqdori nafasning
tezlashishidan ko’payib boradi.
Hamshira diagnozi: quruq yoki nam yo’tal, nafas siqishi, darmonsizlik, tez
charchash, terlash, tana haroratining kutarilishi.
Rejani amaliyotga tatbiq etish: bemorni ko’zatish va parvarish qilish usullari,
biologik materiallarni (qon, siydik, balg’am) laboratoriya tekshiruvidan utkazish,
bemorni rentgenologik, bronxoskopik tekshiruvga tayyorlash, dorilarni o’z vaqtida
tarqatish, shifokor tavsiyasi bilan in'eksiya va tomchi dorilarni yuborish. qon
taxlilida biroz neytrofil leykositoz borligi va EChTning tezlashgani ko’rinadi.
Astmatik bronxit bilan og’rigan bemorlarda -eozinofiliya chiqadi. Emfizemalar va
nafas olish yetishmovchiligida gemoglobin birmuncha kutarilgan holatdagi
eritrositoz ko’zatiladi. Biokimyoviy tekshiruvlar natijasida fibrinogen, sial
kislotasi ,S-reaktiv oqsil miqdorining kutarilgani aniqlanadi. Astmatik
bronxitlarning balg’amlari tekshirilganda, ularda eozinofillar, Sharko-Leyden
kristallari, Kurshman spirallari aniqlanishi mumkin. Rentgenologik tekshiruvda esa
okpening qattiqlashgani, emfizema mavjudligida esa okpe maydonining
shaffofligi oshganligi, diafragmaning past joylashgani va zichlashgani,
harakatchanligi kamaygani ko’zatiladi. Bronxoskopiya qilinganda bronxlarning
buralgani va toraygani, yonlama bronx tomirchalari miqdorining kamaygani,
tuberkwlezndrik va xaltasimon bronxoektazlar aniqlanishi mumkin.
Emlew ozgeshelikleri: kasallik zurayganida uni shifoxona sharoitida emlew
maqsadga muvofiq bo’ladi. Kasallik avj olgan paytda antibakterial muolaja tiykargi
tarkibiy qismi hisoblanadi. Mikrofloraning antibiotiklarga sezuvchanligini xisobga
olgan holda muolaja qilinsa, emlew samarasi yuqoriroq bo’ladi. Surunkali
bronxit uzoq davom etgan bemorlarda kasallik zuraygan paytda keng ko’lamdagi
antibiotiklarni qullash talab etiladi. Sulfanilamidlar kam hollarda qo’llaniladi.
Zamburuqli asoratlarni emlew va profilaktika qilish uchun flunol, fo’ngkeyr
qo’llaniladi. Drenaj funksiyasini tiklash uchun balg’am kuchiruvchi vositalar
(termopsis tinitmasi, gulxayri asosidagi tinitma va dorilar) qo’llaniladi, 3 foizli
kaliy yodid eritmasi uta samarali balg’am kuchiruvchi vositadir: yopishqoq
balg’amda fermentlar termopsis, xemotripsin, ximopsin, ribonukleaza va aerozol
shaklidagi bronholitiklar (salbutamol, dtek) ko’rinishida qo’llaniladi. Faqat qattiq
va tinkani qurituvchi yo’talda kodein qabul qilish mumkin. Balg’am kuchirishning
samarali usullaridan biri ishqorli eritmalar bilan ingalyasiya qilish, ko’p issiq
suyuqliklar iste'mol qilish, mineral suvlar ichishdir.Bronxospazmda efedrin,
eufillin, teofillin va boshqalar tavsiya etiladi. Kompleks terapiyaning muhim
tarkibiy qismlari antigistamin preparatlari (dimedrol, suprastin). Bronxospazmning
jadallashuvida kortikosteroidli muolaja qo’llaniladi.Kasallik uta zurayib ketganda
bronxoskopik emlew muxim ahamiyatga ega. Unda Ringer eritmasi, furagin
yoki soda bilan, bronxlarning yiringli suyuqlik tuplangan yopilib, tiqilib qolgan
joylari tozalanadi va bronxlar o’zagiga dori vositalari (antibiotiklar, gormonlar,
fermentlar) yuborib yuviladi, jarayon susaygach esa fizioterapiya muolajalariga
(sollyuks, UFO, UVCh, novokain, kalsiy xlor bilan kukrak qafasiga elektroforez
qilish, LFK bilan shuqullanish) o’tiladi.
Okpe emfizemasi
"Okpe emfizemasi" termini (grekcha-emphysae-puflamoq, tebratmoq) okpe
to’qimalarida havoning yuqori darajada havo to’planib qolishi bilan
harakterlanuvchi, patologik jarayonni bildiradi. Okpe emfizemasi birlamchi va
ikkilamchi turlarga ajratiladi. Okpening surunkali obstruktiv kasalliklari (O’tkir
va surunkali bronxit, bronxial astma) oqibatida rivojlanadigan ikkilamchi formasi
diffo’zli emfizemaga nisbatan ko’proq uchraydigan xili xisoblanadi.
Emfizemaning rivojlanishida okpeni shishirib Ishki bronxlar ichidagi va alveolyar
bosimning kutarilishi (uzoq yo’talish, sozandalarda, puflab chalinadigan asboblarni
chaluvchilar, qushiqchilar va boshqa kasb egalaridagi) tashqi nafas olish
apparatining zuriqishi, okpe to’qimalari qayishqoqligi (elastikligi) va kukrak
qafasining yosh utgan sari harakatlanishi (keksalik emfizemasi) o’zgarishi kabi
omillar katta o’rin tutadi. Emfizemaning birlamchi turi rivojlanishida nasliy
omillar, xususan, q-antitripsin nasliy taqchilligi muxim ahamiyatga ega. Bu
yetishmovchilik oqibatida ximoyalanish xususiyati susayib, yalliqlanish qaytalagan
holda bronxlar tarmoqi shilliq pardasi va okpe parenximasini leykositlar va
mikrob xujayralaridan xalos bulgan proteolitik fermentlarning shikastlovchi
ta'siridan asrayolmaydi. Bu "ortiqcha fermentlar" qayishqoq to’qimalarning
zararlanishiga, alveolyar tusiqlarning ingichkalashib bo’zilishiga olib keladi. Okpe
emfizemasi interstisial va alveolyar bo’ladi. Interstisial emfizema okpe stromasiga
havo kirishi bilan harakterlanadi (peribronxial, perilobulyar), ko’pincha umurtqa
bilan kukrak qafasi orasidagi emfizema, teri osti emfizemasiga qushilib uchraydi.
Alveolada ortiqcha havo tuplanadigan alveolyar emfizema nisbatan ko’proq
uchraydi. Alveolyar emfizema diffo’zli va chegaralangan bo’lishi mumkin. Okpe
keselliklerinin surunkali obstruktiv asoratlari natijasida yo’zaga keladigan alveolyar
diffuzli emfizema turi ko’p uchraydi. Obstruksiya mavjudligida nafas chiqarish
qiyinlashadi. Bu esa nafas olish mushaklarining zuriqishi oqibatida sodir bo’ladi.
Har bir nafas olishda havo aylanishi jarayonining bo’zilishi rivojlanadi, Alveolalar
ichidagi kislorod bosimi pasayadi va uglekislota bosimi ko’payishi ko’zatiladi.
Alveolalar ichidagi havo aylanishining bo’zilishi alveolalarning cho’zilishini
kuchaytiradi, natijada alveolalar orasidagi tusiqlarning qayishqoqligi yuqolishiga
sabab bo’ladi. Alveola devorlarining cho’zilishi mayda kapillyar tomirlarga qon
oqib borishini qiyinlashtiradi. Okpe tokimalarinin qayishqoqligi yuqolishi,
yalliqlanishi, fibroz o’zgarishlari, bronxospazm gazlarning alveolyar-kapillyar
membrana orqali diffo’zlanishini shikastlaydi, arterial gipoksemiya va
giperkapniyalarning rivojlanishiga olib keladi. Alveolyar gipoksiya kislorod
tanqisligi okpe tomirlarida reflektor bosimning kutarilishiga olib keladi. Okpe
tomirlari tomonidan 3 xil o’zgarishlar yo’z beradi:1) kichik qon aylanish doirasi
tomirlarining siqilishi natijasida okpeda gipertoniyaning rivojlanishi;
2) okpe arteriyasida aterosklerozning paydo bo’lishi;
3) alveolalararo tusiqlarning nobud bo’lishi natijasida okpe kapillyarlarining
bushab qolishi.
Alveolyar gipoksemiya bir qator kompensator reaksiyalar sodir bo’lishi,
gemoglobin miqdori ortishiga, eritrositoz bilan birga aylanuvchi qon bosimining
kutarilishi, uning yopishqoqligi oshishi, o’ng qorinchaning zuriqishi oqibatida
okpe gipertenziyasi yo’zaga keladi va okpe-yurak yetishmovchiligiga sabab
bo’ladi.
Klinik ko’rinishlari. Okpe emfizemasida kasallik holati nafas yetishmovchiligi
bilan namoyon bo’ladi. Bu holat mavjud nafas yetishmovchiligi yo’z bermaydigan
emfizema aloxida ajralib turadi va uni gipoksemiya darajasining mezoni asosida
aniqlanadi. Gipoksemiyaning yengil darajasida sianoz mavjud emas,
gemoglobinning kislorodga tuyinganligi 80 foizdan yuqori, arterial qondagi
kislorod bosimi simob ustunining 50 mm.dan yuqori. Urtacha gipoksemiyada
sianoz mavjud bo’lib, gemoglobinning kislorodga tuyinganligi 60-80%, arterial
qondagi kislorod bosimi s.u. 30-50 mm.ni tashkil etadi. Og’ir gipoksemiyada ham
sianoz kuzatiladi, gemoglobinning kislorodga to’yinganligi 60 % dan past, arterial
qondagi kislorod bosimi s.u. 30 mm.dan past bo’ladi.
Okpe yetishmovchiligi
Okpe yetishmovchiligining dastlabki va doimiy alomati, bu - nafas siqishidir.
Nafas siqishining ko’rinishiga qarab, nafas yetishmovchiligining 3 darajasi
ajratiladi:
1-daraja - jismoniy zo’riqish oqibatida yuzaga keladi;
2-daraja-uncha og’ir bo’lmagan jismoniy harakatdan;
3-daraja- tinch holatdagi nafas siqish.
1-darajali nafas siqishini bemorlar ko’pincha ishlash qobiliyatining susayganiga
e'tibor bermay, jismoniy zuriqishdan deb biladilar. Bronxitning mavjudligida esa
yo’tal bronxospazm tarzida ko’rinadi. Kukrak qafasi bochkasimon tus olgan, old-
orqa ulchovi kengaygan, qovurqalar burchagi tumtoq, o’mrov suyagi
chuqurchalari kengaygan, qovurqalar gorizontal holatda, qovurqalar orasi
kengaygan holatlari aniq ko’rinadi. Okpening quyi qismi otuberkwlezb qolgan, pastki
chekkalarining harakatlanishi chegaralangan. Auskultasiyada vezikulyar nafas
susaygan, nafas chiqarish vaqti o’zaygan, bronxit mavjudligida esa quruq va nam
xirillash eshitiladi. Yurak urishi tovushlari pasaygan, okpe arteriyasida 2-ton
eshitilishi mumkin. Okpe chegarasining pastki qismining pastroq otuberkwlezb qolgani
evaziga jigar qovurqalar orasidan burtib chiqib turadi.
2-darajali nafas yetishmovchiligi uncha og’ir bo’lmagan jismoniy zuriqishdan,
shamollashdan keyin guzetilip, pnevmonia, O’tkir nafas yo’llari kasalliklarida,
surunkali bronxitning xurujida kuchayadi. Bemorlarda sovib ketish va jismoniy
zuriqish oqibatida rivojlanadigan sianoz "issiq" sianozdir. Nafas
yetishmovchiligining 3-darajasi o’ng qorincha yetishmovchiligi oqibatidagi okpe-
yurak etishmovchiligi simptomlarining ko’rinishi bilan harakterlanadi. Keyinchalik
uglekislotalar bosimining oshishi va gipoksemiya rivojlanishi natijasida og’ir
bexushlik (koma)holatini kelib chiqishi mumkin. Kasallik uzoq kechadi. Okpeda
surunkali yalliqlanish jarayonining avj olishi nafas etishmovchiligining kuchayib
borishi bilan bog’liqdir.
Hamshira diagnozi: har xil darajada aks etgan nafas siqishi, ishga layoqatlilik
pasayishi, tez charchash, yo’tal, sianoz, qul-oyoqlarning shishishi. Bemorni
ko’zatish va parvarish qilish rejasi: Qo’shimcha tekshirish usullari (rentgenologik,
tashqi nafas olish funksiyasini tekshirish), biologik materiallar (qon, siydik,
balg’am)ni laboratoriya tekshiruvidan utkazish, bemorni emlew buyicha shifokor
kursatmalarini bajarish, bemorlarni mutaxassislar bilan maslaxatga tayyorlash.
Rejani amaliyotga tatbiq etish. Yurak-qon tomir tizimi (tomir urishi, yurak urushi,
AqB) va nafas sistemasi funksiyalarini muntazam ko’zatish, bemorni parvarish
qilish (og’ir kasallarni ovqatlantirish, oqiz bushliqi, ko’zlari, terisini parvarishlash,
yotib qolgan bemorlarda yotoq yaralar xosil bo’lishini oldini olish, yotar joy va
kiyim-boshlarni o’z vaqtida almashtirish, bemorni yuvintirish), bemorni
Qo’shimcha tekshiruvlarga tayyorlash uchun biologik materiallar olish, dorilarni
to’g’ri va o’z vaqtida tarqatish, teri ostiga yuboriladigan in'eksiyalarni yuborish,
oksigenoterapiya o’tkazish, xonani vaqti-vaqti bilan shamollatish. Rentgen
tekshiruvida okpe maydonining tiniqligi, diafragma gumbazining pasayib qolgani
va harakatlanishi chegaralangani, qovurqalar orasining kengaygani, ildiz yoni
atrofi qismidagi manzara kuchaygani aniqlanadi. Yurak vertikal osma holatni
egallaydi, o’ng qorincha birmuncha kattalashgan bo’ladi.
1-bosqichdagi havo yetishmasligida yuzaki nafas olish tekshirilganda, okpe
xayotiy funksiyalarining kamayishi, qoldiq havo xajmining ortishi ko’zatiladi. 2-
boqichda esa qoldiq havo xajmining ortishi davom etadi, nafas olish tezlashgani
natijasida daqiqalik nafas olish soni ko’payishi kuzatiladiki, Bu okpeda havo
aylanishi va xayotiy funksiyalar pasayishiga olib keladi. Arterial qonning kislorod
bilan tuyinishi kamayadi, arterial qonda uglekislotalarning tuplanishi kuchayadi.
Oksidlanmagan modda almashinuvining tuplanishi natijasida nafas asidozi
rivojlanadi. Giperkapniya va dekompensasiyalangan nafas asidozining rivojlanishi
MNS jaroqatlanish belgilari (serebral) kasalliklar (bosh og’riqi, bosh aylanishi,
serjaxllilik, uyqusizlik), ruxiy holatning buzilishi (depressiya, uyquchanlik)ga,
uglekislotalar va natriyning surilishi (reabsorbsiya) kuchayishi oqibatida suyuqlik
tuplanishiga olib keladi. Bular bilan bir vaqtda EKGda ritmning bo’zilishi va
taxikardiya ham yo’z berishi mumkin.
Emlew ozgeshelikleri. Okpe emfizemasining avj olishiga sabab bulgan tiykargi
kasallikni, nafas etishmovchiligiga qarshi kurash muolajalarini tatbiq qilishga
qaratilishi kerak. Okpeda surunkali yalliqlanish jarayoni avj olganda antibakterial
preparatlar, bronxospastik sindromda-bronholitik vositalar tavsiya etiladi.
Balg’amning yaxshi kuchishi uchun balg’am kuchiruvchi dorilar, proteolitik
fermentlar tavsiya etiladi.
Profilaktika. Okpe emfizemasini oldini olishda O’tkir va surunkali bronxit,
pnevmonia, bronxial astma, shuningdek, burun-xalqum qismidagi yalliqlanish
kasalliklarini tuqri emlew muxim ahamiyat kasb etadi. Aholini yalpi
dispanserizasiyadan utkazish tadbirlari okpe emfizemasining dastlabki davrlarida
emlewni, bemorlarni chiniqtirish va zararsiz ish joylariga joylashtirish imkonini
beradi.
Okpe-yurak sindromi
Okpe-yurak sindromi - "Okpe-yurak sindromi" atamasi bu bronxial apparat,
okpe tomirlari, ko’krak qafasining deformasiyasi yoki okpe funksiyasini
buzuvchi boshqa kasalliklar oqibatida yo’zaga keluvchi kichik qon aylanish doirasi
gipertaniya tufayli o’ng qorincha gipertrofiyasi bilan ifodalanuvchi patologik
holatdir. Surunkali okpe - yurak sindromi ko’p yillar davomida vujudga kelib,
dastlab yurak etishmovchiligisiz, keyin esa o’ng qorincha dekompensasiyasi bilan
kechadi.
Etiologiya: surunkali Okpe-yurak sindromi keselliklerinin kelib chiqish sabablarini
2 ta katta guruxga bo’lish mumkin:
1) okpe ventilyasion-respirator funksiyalarining birlamchi zararlanadigan;
2) okpe tomirlarini birlamchi zararlanadigan kasalliklar.
Birinchi guruxga okpe-bronx apparatining yuqumli-yalliqlanish kasalliklari
(surunkali bronxit, surunkali pnevmonia, bronxoektatik kasallik, okpe tuberkwlezning okpe
emfizemasi bilan rivojlanishi yoki usiz) kiradi. Okpe - yurak sindromi
rivojlanishiga bronxial astma, usma usish jarayoni, okpeda usimtalar paydo
bo’lishi, okpeni zararlovchi kollagenozlar, tuberkwlezkoz, antrakoz va boshqa okpe bilan
bog’liq kasb kasalliklari kiradi. Kukrak qafasi eskursiyasining bo’zilishi
(kifoskolioz, torakoplastika, plevral (okpe pardasi) fibrozi, poliomelit, semirish)
kasalligida ham Okpe-yurak sindromi kelib chiqadi. Okpe tomirlar tizimini
birlamchi jaroxatlaydigan kasalliklar guruxga okpe arteritlari, dastlabki okpe
gipertoniyasi va kichik qon aylanish doirasi tizimidagi tromboembolitik jarayonlar
kiradi.
Klinik ko’rinishlari. Surunkali okpe-yurak sindromining kompensasiya va
dekompensasiya (birmuncha tiklangan va tiklanmagan)bosqichlarini farqlash
kerak. Birmuncha tiklangan davrda klinik ko’rinish, asosan, tiykargi kasallikning
simptomlari, ularning sekin-asta yurak o’ng tomon gipertrofiyasi simptomlari bilan
birga qushilib ketishi aniqlanadi. O’ng qorincha gipertorfiyasi klinik ko’rinishi,
odatda, har safar ham yaqqol namoyon bulavermaydi. Ko’pchilik bemorlarda
epigastral soxada tomir urishi, okpe arteriyasida II ton aksenti aniqlanadi. Keng
ko’lamdagi klinik ko’rinishlar dekompensasiya bosqichi okpe-yurak sindromida
ko’rinadi. Bemorlarning tiykargi shikoyati bu - nafas siqishi va yurak
yetishmovchiligidan iborat bo’ladi. Nafas siqish jismoniy zuriqish, sovuq havodan
nafas olish, yotganda zurayib boradi. Bemorlar ko’pincha yurak soxasidagi
jismoniy zuriqish bilan bog’liq bo’lmagan va nitrogliserin ham ta'sir qilmaydigan
og’riqdan shikoyat qiladilar. Okpe-yurak sindromida yurak atrofidagi
og’riqlarning sababi miokardning metabolik bo’zilishidadir, shuningdek, o’ng
qorincha gipertrofiyasida yurak tomirlari qon aylanishining yetishmovchiligida
ham ko’rinadi. Yurak soxasidagi og’riqlarning yana okpe gipertoniyasi va okpe
ustun arteriyasining cho’zilishi natijasida yurak tomirlari urishi refleksi yo’zaga
kelishi bilan izoxlash mumkin. Ob'ektiv tekshiruv utkazilganda, ko’pincha sianoz
aniqlanadi. Okpe kasalliklarining tiykargi simptomlaridan xisoblangan diffo’zli
"issiq" sianoz asosida "sovuq" sianoz, ya'ni akrosianoz paydo bo’ladi. Yalliqlanish
jarayonining kuchayishi va yo’talning zurayishida sianoz avj oladi. Sianoz-qon
kislorodga tuyinmasligi natijasida teri va shilliq pardaning kukimtir tusga
kirishi.Okpe-yurak yetishmovchiligining tiykargi simptomlari, Bu-buyin
tomirlarining burtishi, shishidir. Nafas etishmovchiligida nafas chiqarganda buyin
vena tomirlari shishgan bo’lsa, okpe-yurak yetishmovchiligida buyin venalari
nafas olishda ham chiqarishda ham burtib turaveradi. O’ng qorincha gipertrofiyasi
epigastral soxasida tomir urishi bilan harakterlanadi.
Yurak-qon tomir sistemasi kasalliklarining tiykargi alomatlari
Qon-tomir tizimining yetishmovchiligi alomatlari
Yurak soxasidagi og’riqlarning paydo bo’lishi og’riq sezish simptomlari bilan
harakterlanadi. Yurak soxasidagi og’riq, jiddiy shikoyat bo’lib, uning kelib chiqish
sabablarini bemordan batafsil so’rab bilish zarur. Ular har xil yurak kasalliklarida
(stenokardiya, miokard infarkti, endokardit, perikardit, vegeto-tomir distoniyasi,
miokardit, aorta oqzi stenozi va b.), shuningdek, plevritda, qovurqalararo
nevralgiya, miozit, qovurqalarning shikastlanishida paydo bo’lishi mumkin.
Og’riqning kelib chiqish sabablari (jismoniy yoki ruxiy zuriqish, stress,
xayajonlanish); ularning aniq tarqalgan chegarasi (yurakning tepa qismiga, kukrak
orti - "kaft" va "musht" simptomlari); og’riqning xarakteri (g’ijimlovchi,
kuydiruvchi, o’tkir, tumtoq, siquvchi, sanchuvchi va x.k.); doimiy yoki xurujsimon
davomiy yoki qisqa muddatli bo’lishi aniqlanadi. Og’riq kasal joy yoki a'zodan
boshqa yerlarga tarqalgandek tuyuladi (ishemik yurak kasalligi (IYuK) da chap
qo’lga, chap yelkaga, chap kurakka, chap buyinning yarmi va pastki jaqga).
Bemorning qay holatda turganda og’riq paydo bo’lishi muxim ahamiyatga ega
(stenokardiyada-bemor turgan joyida qotib qoladi, miokard infarktida - bemor
bezovtalanib, o’zini quygani joy topolmay, toqatsizlanadi, miokarditda - og’riqning
tarqalishi ko’zatilmaydi, lekin ba'zan anginoz ko’zatiladi; perikarditda-yalliqlangan
perikard yaproqchalariga fibrin tuplanishi natijasida og’riqning paydo bo’lishi,
odatda, uning doimiy yoki jadal-balandligi o’zgarib turishi bilan aniqlanadi).
Vegeto-tomirlar distoniyasida og’riq doimiy va har xil xayajonlanishlar oqibatida
yo’z berib yurakning yuqori qismida seziladi, boshqa joylarga tarqalmaydi. qon
aylanishi bo’zilganda, yurak porogida, bemorlar ko’pincha jigarga keskin qon
quyilib tuplanib qolishi, glisson qobiqning cho’zilishi natijasida o’ng qovurqalar
ostidagi og’riqdan shikoyat qiladilar. Og’riq simptomlari asosan bemorning
sub'ektiv ma'lumotlari, shuningdek, uskunalar yordamida aniqlanadi: EKG faqat
og’riq paydo bo’lgan paytda ishlatilgandagina samara berishi mumkin (manfiy T-
Dostları ilə paylaş: |