to‘g‘ri burchak shaklda boiadi. Preparetda ana shunday hujayralaming bir necha qatorini ko‘rish
mumkin. Bu hujayralar faqat kambiy hujayralari boimasdan, ayrimlari kambiydan hosil boigan
hujayralardir. Kambiy boiinib, ikkilamchi po‘stloq va yog‘ochlikni hosil qiladi. Yog‘ochlik
ancha tez hosil boiadi. Yog‘ochlik o‘rganilayotganda yillik halqalami topib, ulaming sonini
hisoblash kerak. Yillik halqalaming hujayralari bahorda yirik, kuzda esa mayda boiadi. Yirik
hujayralar, asosan, nay va traxedlar, maydalari esa yog‘ochlik tolalari va ingichka traxoidlardan
iborat. Bundan tashqari, yog‘ochlik tarkibiga yog‘ochlik parenximasi ham kiradi. Yog‘ochlik
orqali ingichka o‘zak nurlari o‘tadi. Poyaning o‘rtasida o‘zak joylashgan. U, asosan, yirik va
siyrak joylashgan asosiy parenxima hujayralaridan iborat. Yosh poyalarda o‘zak zaxira oziq
moddalami to‘plash uchun xizmat qiladi. Poyaning bir qismi chizilib, undagi po‘stloq, kambiy
yog‘ochlik, o‘zaklari belgilab qo‘yiladi. Shuningdek, epidermis, po‘kak birlamchi
po‘stloq, elaksimon naylar, lub tolalari, o‘zak nurlari
va yog‘ochlikning yillik halqalari ham
alohida ko‘rsatib qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: