Tez buzuluvchi ovqat mahsulotlarining to’la sifatligini baholash



Yüklə 31,05 Kb.
səhifə2/3
tarix18.03.2023
ölçüsü31,05 Kb.
#88588
1   2   3
Oziq ovqat tovarlari sifatini tekshirish usullari

Sotsiologik usul deb oziq-ovqat mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini xaridorlar fikriga ko‘ra aniqlashga aytiladi. Xaridorlarning talablari esa oziq-ovqat mahsulotlariga sotish ko‘rgazmalari tashkil qilinganda, xaridorlar konferentsiyalari va anketalarni tarqatish yo‘li bi­lan o‘rganiladi.
Hozirgi kunda tovarlar sifatini aniqlashda eks­pert usuli ham keng qo‘llanilmoqda.
Ekspert usuli deyilganda 7 kishidan kam bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassis-ekspertlardan (tovarshunos, dizayner, degustator) tashkil topgan ekspert komissiyasining fikri asosida baho berish tushuniladi.
Tovarlar sifatini aniqlashning tajriba usuli ularning kimyoviy tarkiblarini, fizikaviy, mikrobiologik, texnologik xususiyatlarini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Tajriba usuli, o‘z navbatida, fizikaviy va fizik-kimyoviy, kimyoviy, mikrobiologik, tovarshunoslik-texnologik usullarga bo‘linadi. Bu usulning qulayligi shundan iboratki, unda natija raqamlar bi­lan va bu natija katta aniqlikda ifodalanadi. Uning kamchiliklari shundaki, mahsulotning sifatini aniqlash uchun ko‘p vaqt talab etiladi, aniqlash uchun reaktivlar va maxsus jihozlangan tajribaxonalar talab qilinadi.
Tekshirishning fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshi­rishning bu usullari mahsulotning solishtirma og‘irligini, yopishqoqligini, erish, qotish va qaynash haroratini, optik xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Mahsulotning solishtirma og‘irligi va zichligini areo­metr, piknometr va gidrostatik tarozilar yordamida ulchash mumkin. Ularning solishtirma og‘irligi asosida ma’lum darajada kimyoviy tarkibi va sifati haqida so‘z yuritish mumkin.
Yog‘larning erish va qotish harorati asosida ularning tabiatini, tozaligini va ma’lum darajada uning tarkibida qanday yog‘ kislotalari borligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Yog‘larning erish va qotish harorati yog‘ning qattiq holatdan suyuq holatga yoki suyuq holatdan qattiq holatga o‘tish paytidagi haroratini termometr bilan o‘lchash natijasida aniqlanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining optik xususiyatlari esa polyarimetriya, refraktometriya, fotokalorimetriya, lyuminestsent hamda xromotografiya usullari yordamida aniqlanadi. Polyarimetriya usuli ba’zi optik faol moddalar eritmalarining nur tebranishlari yo‘nalishlarini o‘zgartirish qobiliyatiga asoslangan. Masalan, bu usul bilan saxarometr asMA’RUZAi yordamida shakar eritmalari tarkibidagi saxarozaning foiz miqdori va ularning tarkibida qanday shakar moddalari turi borligini aniqlash mumkin.
Refraktometriya usuli bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida yog‘, suv, spirt, qand va boshqa quruq moddalarning foiz miqdorini aniqlash mumkin. Refraktometriya usuli nurning bir muhitdan ikkinchi bir muhitga o‘tish paytida yo‘nalishining o‘zgarishiga yoki nurning sindirish ko‘rsatkichi koeffitsientlarini aniqlashga asoslangandir. Masalan, ref­raktometr yordamida asalning tarkibida qancha suv bor­ligi, sharbatlar tarkibida qancha quruq modda borligi yoki bo‘lmasa moy va yog‘larning sindirish ko‘rsatkichlari orqali ularning tozaligini va buzilgan-buzilmaganligini aniqlash mumkin.
Fotokalorimetriya va spektrometriya usuli esa moddaning nurni o‘ziga tanlab singdirish qobiliyatiga asos­langandir. Bu usul bilan rangli eritmalardagi rang beruvchi moddalarning miqdorini aniqlash mumkin. Tajribaxonalarda FEK-M, FEK-52, FEK-64, FEK-56 va boshqa markali fotoelektrokalorimetrlar ishlatiladi. Spektrometriya usulida esa bir muncha murakkab tuzilgan SF-4, SF-4A, SF-10 va boshqa markali spektrofotometrlar ishlatiladi. shuningdek, bu usullar bilan uzum vinolari va uzum tarkibidagi antotsionlar miqdori, choy va kofeda kofein, kakaoda teobramin, meva va sabzavotlarda esa rang beruvchi moddalarning miqdorini aniqlash mumkin.
Lyuminestsent usuli bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida oqsil, yog‘, vitaminlarning miqdorini, baliq va go‘sht mahsulotlarining buzilgan yoki buzilmaganligini, kartoshka va sabzavotlarning kasallanganligini aniqlash mumkin. Bu usul ko‘pchilik moddalar ultrabinafsha nurlari bilan yoritilganda o‘zlaridan korong‘ida ko‘rinadigan va har xil rangdor tusga ega bo‘lgan nur chiqarishga asoslangan. Xromotografiya usuli murakkab birikmalar tarki­bidagi moddalarni bir-biridan ajratish va uni aniqlashning eng qulay usullaridan biridir. Bu usul yordamida esa oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi, ularni saqlaganda bo‘ladigan- o‘zgarishlar, hid beruvchi va rang beruvchi moddalarning miqdori, oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdorini o‘rganish mumkin.

Yüklə 31,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin