Mavzu.Zamonaviy odam kelib chiqishiing arxeologik dalillari
Afrikaning zamonaviy odamlar xususidagi dalillari.
Keyingi yigirma yillikda olimlar Afrikaning o`rta tosh davri xronologik va texnologik jihatdan Yevropaning o`rta tosh davriga mos keladi deb hisoblanib kelinar edi. O`rta tosh davridan so`ngi tosh davriga o`tish odamlari o`zlarida to`satdan zamonaviy xususiyatlarni aks ettiradi. Ushbu nuqtai nazar hozirgi kunda Jorj Vashington Universiteti tadqiqodchisi Elison Briuks va Konnektikut Universiteti olimi Salli Makbrayti kabi olimlar tomonidan shubha ostiga olinmoqda. Ular Efiopiyadan 180 ming va Janubiy Afrikadan 80 ming yoshli tig`li tosh qurollar yasalganligini ta`kidlashgan. Makbrayti Keneyaninng markaziy qismidagi
manzilgohlardan ayrimlari 240 ming yoshli, ya`ni Yevropaning o`rta paleolit davrinikidan 125 ming, so`ngi paleolitnikidan 200 ming yoshga kattaroq tig`li tosh pichoqlar topilganligi xaqida xabar bergan. Agar bunday tig`li qurollar zamonaviy odamlar faoliyati mahsuli bo`ladigan bo`lsa, u holda bu jarayon ancha murakkablik kasb etadi. Mazkur jarayonda tig`li qurollar murakkab usullar bilan tayorlanganligini anglatadi. Bu teoreyaga ko`ra, tosh pichoqlar zamonaviy odam tezda vujudga kelganligini anglatmaydi. Buning o`rniga toshdan tashqari boshqa materiallrdan tayyorlangan qurollar, badiiy faoliyat va manzilgohlararo old-bergilarni zamonaviy odamlarga xos deb ta`kidlash maqsadga muofiq bo`lar edi. Misol uchun suyakdan ishlangan qurollar faqat so`ngi paleolitda xos bo`lib, undan oldingi davrlarda uchramaydi. Lekin bular ham ayrim hollarda ma`lum bir noaniqliklarga sabab bo`lib turishi mumkin. Bruks va uning hamkasblari 1995 yilda Zairning sharqiy qismidagi Katanda manzilgohidan suyak garpunning bosh qismini topishgan. Ushbu artefakt 90-160 ming yilliklarga oid bo`lib, bunday xildagi boshqa buyumlardan 135 ming yilga kattaroqdir. Bu kashfiyot arxeologlarda o`rta tosh davriga oid manzilgohlardan chiqqan suyak qurollar Katandadan topilganidek ilgarigi davrlarga tegishli bo`lishi mumkin degan shubhalar paydo bo`ldi. Hali hech kim Afrikadan G`arbiy Yevropadan so`ngi tosh davriga oid badiiy tasavurlar mahsullarga teng keladigan topilmalar topgani yo`q. Afrikadan topilgan eng keksa ibtidoiy rasm Namibiyadagi Apallon go`ridan aniqlangan 27000 yoshli devoriy sur`atlardir. Afrikaning ko`plab regionlaridan pigmentlar va pigmentlarni qayta ishlashga mo`ljallangan shlifolli toshlar 80 ming yillar oldin tayyorlana boshlagan. Qadimgi odamlarga tegishli shaxsiy bezaklarining eng yoshi kattasi 60 ming yoshga teng. Bu artefaktlarda ilk ramziy belgilarni mavjudligini isbotlovchi dalillar mavjud bo`lmasa unda qanday qilib zamonaviy odamlarning aql-idroki aks etganligini bilishimiz mumkin? Bruks Afrika topilmalarining yaxshi saqlanmaganligi bunday holatlarni keltirib chiqargan deb hisoblaydi.