Turkiy tillar , bu - hozirgi va qadimgi turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda,shu davlatlar bilan bir qatorda Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa bir qancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortiq.
Turkiyada koʻpchilik bilan turkiy tillar oʻrniga turk lahjalari atamasi qabul qilinadi. Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbek va qolgan barcha turk tilining lahjalari hisob qilinadi. Turk tili deganda Turkiya turkchasi emas, butun lahjalarni qamraydigan til sifatida tushuniladi.
Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 30 ga yaqin til tushuniladi. Turkiy tillar hozirgi tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Jan.
Turkiy tillar oilasi uchun xos bulgan singarmonizm (hozirgi oʻzbek adabiy tili bundan mustasno), suz boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, oʻzakning deyarli oʻzgarmasligi, gap boʻlaklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar uni boshqa til oilalaridan farqlab turadi. Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatlaridan biri lugʻat tarkibining bir-biriga juda yaqinligi va grammatik qurilishining oʻxshashligidir. Shuning uchun ham chuvash va yoqutlardan boshqa hamma turkiy xalqlar vakillari oʻz ona tillarida gaplashganlarida bir-birini muayyan darajada tushuna oladi.
Turkiy tillarni tasnif qilishning oʻziga xos qiyin tomonlari bor. Bu qiyinchilik, avvalo, Turkiy tillarning oʻzaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqadi. Ikkinchidan, alohida olingan har bir turkiy xalqning tarkib topishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning oʻzida bir necha turkiy xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan izohlanadi.
4) “Rub’i maskunda Samarqandcha latif shahr kamroqdur... Ma’muraning kanorasida voqe bo‘libtur... Samarqand shahri ajab orosta shahredur, bu shahrda bir xususiyati borkim, o‘zga kam shahrda andog‘ bo‘lg‘ay. Har hirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut emastur, tavr rasmedur. Xo‘b nonvoliqlari va oshpazliqlari bordur. Olamda yaxshi kog‘az Samarqanddin chiqar.”
Ushbu parcha “Boburnoma” asaridan olingan. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxminan 1518/19 - 1530).
Hozirda o’zbek adabiy tilida qo’llanilmaydigan so’zlar va qo’shimchalar: rub’i, maskun, shahr, -dur, kanora, voqe, -tur, -kim, andog‘, bo‘lg‘ay, hirfagar, maxlut, tavr, rasmedur, nonvoliq, kog‘az, -din.
Dostları ilə paylaş: |