G‘aznaviylar davlati va huquqi
G ‘aznaviylar davlatining paydo bo‘lishi sabablaridan biri somoniylar
davlatining
zaiflanishi
hamda
turk
lashkarboshilarining
mavqei
kuchayishidir. G ‘azna shahrida hokimiyatni qo‘lga olishga birinchi b o iib
uringan kishi somoniylar lashkarboshisi «Alp Tegindir». Bu davlat uning
o‘g ‘li Mahmud G ‘aznaviy (998-1030) davrida o ‘zining eng yuqori
cho‘qqisiga chiqdi. Davlatning tashkil topishi va mustahkamlanishi ikki
daryo oralig‘ida hokimiyatni o ‘z qo‘liga olayotgan Qoraxoniylar
davlatining Amudaryodan o ‘tishini to‘xtatish bilan birga bordi. XI asrda
ulkan davlatga aylanib, Shimoliy Hindiston chegarasidan tortib Kaspiy
dengizining janubiy qirg'oqlarigacha, hozirgi Afg‘oniston, Shimoliy-
sharqiy Eron viloyatlarini o ‘z ichiga olgan g'aznaviylar davlati ikki daryo
oralig‘idagi xalqlar taqdirida muhim rol o‘ynay boshladi. Bu davlat ham
o ‘rta asr Sharq despotiyasi shaklida bo‘lib, uning tarkibiga G ‘azna, Balx
Tohariston, Xuroson, G ‘arbiy Eron, Kaspiy dengizining janubidagi yerlar,
Amudaryo havzasi, Shimoliy Hindiston kirgan, Xorazm 1017-yilda
Mahmud G ‘aznaviy tomonidan bosib olinib, Xorazmshoh Oltintosh uning
vassali hisoblangan. Qazvin, Isfahon va Hamadon hokimlari va Kakuidlar
sulolasiga mansub vassallar hisoblanib, ular yiliga Mahmud G ‘aznaviy
davlatiga 200 ming hirot dinori va 10 ming kiyim-kechak yetkazib berib
turgan. Shuningdek, buidiylar sulolasidan bo‘lgan Tohariston va Gurg‘on
hokimlari ham g ‘aznaviylaming vassallari bo‘lgan.
Davlat boshlig‘i arab xalifasi tomonidan Sulton deb tan olinib, unga
yorliq berilgan. Garchi uning hokimiyati boMinmas hisoblansada, ba’zi
hollarda o ‘z yaqinlarining fikri bilan hisoblashishga majbur bo‘lgan.
Keyinchalik Bag‘dod xalifasi al-Qodir (991-1031) tomonidan unga yamin-
ud-davlat - ya'ni, davlatning o ‘ng qo‘li faxriy unvoni berilgan.4
Sultonning eng yaqin yordamchisi barcha fuqarolik va ma’muriy
amaldorlarning boshlig‘i - vazir hisoblangan. Mashhur tarixchi
Bayhaqiyning «Mas’ud tarixi» asarida g ‘aznaviylar davlatida sulton va
vazir o ‘rtasidagi boshqa davlatlarda ko‘zga tashlanmaydigan o ‘ziga xos bir
munosabatlar borligi ko‘rsatiladi. Agarda sulton biror kishiga vazirlik
mansabini bersa, vazir bilan sulton o ‘rtasida davlat boshqaruvini
chegaralash uchun bitim tuzilgan. Shundan keyin vazir sultondan o ‘z
vakolatini qay darajada, qay hajmda amalga oshirishni so‘rab qog‘ozga
yozgan. Unga sulton o ‘z qo‘li bilan javob bergan. Ikkalasi ham javoblar
so‘ngida qasam ichib imzo chekishgan. Vazir guvohlar oldida baland
4 M uqim ov Z. « O z b ek isto n davlati va huquqi tarixi». I-qism. Samarqand., Zarafshon. 1998.
47
ovozlar bilan o ‘z vazifasini namunali olib borishga qasamyod qilgan. Bu
qasam yorlig‘i davlat arxivida saqlangan. Bitimni esa vazir o ‘ziga olgan.
Vazirning vazifalaridan biri g'aznaviylar davlatining markaziy
apparatiga rahbarlik qilish bo‘lgan. Bunga quyidagilar kirgan: davlat
mirzaxonasi, devon ar-rasoil, vazirlik devoni - devoni nazorat, moliya
hisob devoni - devoni istefo': qo‘shinlar devoni- devoni arz: saroy devoni
- devoni vakolat: pochta- aloqa devoni- devoni band: ularaing boshida
turgan amaldorlar sohiblar deb atalib, vazirning barcha buyruq va
farmoyishlarini bajargan.
Omil-solig‘ yig‘uvchi mansabdor, fuqarolik va harbiy amaldorlar
«qilich va qalam sohiblari» deb atalib, ular o ‘rtasida daromadli
mansablarni egallab olish uchun qattiq kurash borgan. Shuni ko‘rsatib
o ‘tish lozimki, X-XII asrlarda Markaziy Osiyo va Xurosonda ikki xalq va
ulaming davlat xizmatida ishtirok etishida ham keyingi ming yillar davom
etgan tarixiy an'analari deyarli yaqqol ajraldi. Bu xalqlar turkiy tilda
so‘zlashuvchi tojiklar edi. Ammo ularning etnik mazmunga ega nomlari
hali boshqacha edi, o ‘zbeklaming avlodlari turklar, tojiklarning avlodlari
esa «tojikon» (Nizomi mulk - «Siyosatnoma», Bayhaqiy «Mas'ud tarixi»)
deb atalgan. Faznaviylar va boshqa turk davlatlarida ham harbiy
tabaqaning asosiy qismini turklar, fuqaro byurokratiyasining asosiy
qismini esa tojiklar tashkil qilgan.
Armiya qo'mondonlari asosan turklardan tashkil topgan bo‘lib, kelib
chiqishi bo‘yicba g ‘ulomlardan bo‘lgan. Sulton taxtining tayanchi qo‘shin
b o ‘lib, asosan otliq, qisman piyoda askarlardan tashkil topgan.
G ‘aznaviylar armiyasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, unda
alohida tutqunlikda bo‘lgan g ‘ulom!ardan iborat qismi mavjud edi. Bu
qism ko‘pincha, Movarounnahr, Xo'jand, Qoshg‘ar, Taroz tomonlardan
sotib olingan qullar, harbiy asirlardan iborat bo‘lib, ular harbiy ishga
o ‘rgatilgan. G ‘ulomlar Saroy g‘ulomlariga (2 ming kishilar chamasi)
sultonning xos qo‘riqchisi va bayroqdorlariga (300 g ‘ulom) bo‘linib, ular
xizmat evaziga xazinadan yillik maosh va oziq-ovqat mahsulotlarini olgan.
G ‘ulomlar yaxshi xizmat uchun ozodlik olishlari, yer, mahsulot olishlari,
katta mansablarga erishlari mumkin bo‘lgan, ammo sultonning quli bo‘lib
qolavergan. Shuning uchun ularni shaxsan ozod bo‘lmagan imtiyozli
tabaqa deb atash mumkin.
G ‘ulomlar doimiy ravishda sulton
mirzaxonasining amaldori dabiming yashirin nazorati ostida bo‘lgan.
G ‘aznaviylar armiyasi uchta yirik qo‘shilmadan iborat bo‘lib, uchta
qo‘mondon sipohsolar - Hindiston, Iroq, Xurosonda joylashgan. Butun
armiyaning qo‘mondoni xos-hojib bo‘lib, u alohida bayroq va dovulga ega
48
bo‘lgan. Bu davlat boshqa bir yangi turk qabilalari- saljuqiylar hujumlari
ostida inqirozga yuz tutgan.
Dostları ilə paylaş: |