Ozonni Yyemiruvchi moddalar (OYeM) lar tashlanishga yo‗l qo‗ysa, sovutgich ishlab
chiqaradigan sanoat muhandislari sovitish texnikasi ishlatish qoidalariga rioya
etmasa, qishloq xo‗jalik hodimlari qishloq xo‗jalik zararkunandalariga qarshi
kurashda taqiqlangan bromli metall kabi
OYeM (Ozonni Yyemiruvchi moddalar) lardan foydalansa, ular tabiatga, insonlar salomatligiga katta zarar etkazadi.
Insoniyat taqdiri tabiatni muhofaza qilishga, jumladan, Ozon qatlamini himoya
qilish bo‗yicha o‗tkaziladigan tadbirlarni hamkorlikda bajarishimizga bog‘liqdir.
O‗tkir quyosh nurlarining ko‗zga ta‘siri. O‗tkir
UB -nurlanish ko‗z
gavharining xiralashuviga olib keladi.
Bu katarakta deb nomlangan ko‗z kasalligini keltirib chiqaradi. Monreal Protokolida ko‗zda tutilgan keskin
choralar amalga oshirilmasa, yana 18 million kishining ko‗zlari zaiflanib qolishi
mumkin, jumladan, bu holat, 2075- yilga borib, yanada ayanchli tus olishi
mumkin.
AQSh da atrof-muhitni muhofaza qilish Boshqarmasi tomonidan maxsus
tadqiqotlar o‗tkazilgan bo‗lib, ularda atmosferada Ozonning kamayishi va
katarakta kasalligining ko‗payishi o‗rtasida o‗zaro aloqa borligi aniqlanadi.
Ko‗z gavharining deformatsiyasi va keksalarga xos bo‗lgan ko‗z kasalliklari
paydo bo‗lishi mumkin. Qutblarda mavjud bo‗lgan ―Ozon tuynuklari‖ maydonlari
kattalashgandan keyin qutbchilar ko‗zlari to‗r pardasining kasallanish soni
ko‗payishi to‗g‘risida ma‘lumotlar bor. Bu o‗tkir quyosh nurlarining, ko‗rish
qobiliyatiga salbiy ta‘sir qilishi to‗g‘risida, tibbiyot hodimlarning nuqtai nazarini
qisman tasdiqlaydi.
O‗zbekiston ortiqcha ultrabinafsha nurlanish mintaqasida joylashgan.
Ultrabinafsha nurlanishning ta‘siri ayniqsa yoz faslida seziladi. Shuning uchun
ko‗zga quyosh nuridan saqlaydigan ko‗zoynak taqib yurish lozim. Bu modaga
bo‗ysunish emas, balki zarurat bo‗lib qoldi. Misol uchun,
Avstraliyada keyingi 20
yil ichida teri saraton kasalligi bilan kasallanish 3 baravarga ko‗paydi. Zero, ko‗p
yillardan buyon ushbu mintaqada yashovchilarga himoyalovchi krem va ko‗z
oynaklardan foydalanish tavsiya etib kelinadi. bu ushbu davlat hududida istisnosiz
barchaga, ayniqsa, kelgindi mehmonlarga ko‗rish qobiliyati buzilishini oldini olish
uchun tavsiya etiladi.