Toshkent 2020 yil


IV.3. Ekotizimlar dinamikasi va suksessiyasi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

IV.3. Ekotizimlar dinamikasi va suksessiyasi. 
Har bir ekotizimda doimo 
undagi organizmlarning hayotiy rivojlanishi va populyatsiyalarining o‗zgarishi 
kuzatiladi. 
Ushbu o‗zgarishlar 2 xil bo‗ladi: 
1. Tsiklik o‗zgarishlar; 
2. Tasodifiy o‗zgarishlar. 
Bunday o‗zgarishlar sutka va mavsum davomida hamda tashqi muhit bilan 
bo‗lib turadigan 
davriylikka ega o‗zgarishlar
bo‗lib, ular organizmlarning ichki 
ritmi o‗zgarishlarida o‗z aksini topadi. Biotsenozda sutka davomida sodir bo‗lib 
turadigan o‗zgarishlar kun va tun davomidagi havo xarorati, namlik va boshqa 
omillarning o‗zgarishiga kuchli bog‗liqdir. O‗rta Osiyoning cho‗l hududlarida, tush 
19
Tursunov H.T.,Raximova T.U. Ekologiya. O‘quv qo‘llanma. Toshkent., 2006.


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
86 
paytlarida go‗yoki, hayot to‗xtaganga o‗xshab tuyuladi. Hayvonlar quyoshdan 
inlarida yashirinib, kechasi faollashadi. Tunda qo‗ng‗iz, sichqon, chayon, ilon, 
o‗rgimchak, tulkilar tez harakat qiladi. Yilning ma‘lum vaqtida (masalan, qishda) 
ko‗p turlar chuqur tinimga ketadi. 
Davriy o‗zgarish o‗simliklarning yaruslar bo‗ylab tarqalishida yaqqol 
ko‗rinadi. Masalan, bir yillik o‗simliklar erta bahoridagi yarusda o‗sib, yoz 
kelganda butunlay qurib qoladi. 
Biotsenozdagi ko‗p yillik o‗zgarishlar yillar davomida meteorologik 
sharoitning o‗zgarishiga bog‗liq. Bundan tashqari, u yana edifikator o‗simliklar 
hayotidagi o‗zgarishlar, hayvonlar hamda patogen mikroorganizmlarning 
ko‗payishiga bog‗liq. 
XX-asr o‗rtalarida chigirtkalarning ko‗payib ketishi natijasida o‗simliklar 
jamoasiga kuchli zarar yetganligi ko‗pchilikka ma‘lum. Ular o‗shanda yumshoq 
g‗allasimon o‗simliklarni: pirey, koster, tipchakning 80 — 90% ni yeb bitirdi. 
Tabiiyki, aynan shu davrda chigirtka yemaydigan o‗tlar ko‗payib ketdi. 
Fitotsenoz yoki o‗simliklar jamoasidagi o‗zgarishlar edifikator o‗simliklar 
hayotiga bog‗liq. 
Jamoalarda qonuniy ravishda bir yo‗nalishda jonli organizmlar o‗rtasidagi 
o‗zaro munosabatlar va ularni o‗rab olgan muhit bilan bo‗ladigan munosabatlar 
tufayli sodir bo‗ladigan o‗zgarishlarni 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin