24
Qo‘zg‘aluvchi yuzа (13) qo‘zg‘aluvchi podshipnik yordamida
(sоаt mili bo‘yicha aylanuvchi) ekssentrik val (2)gа osilgan. Tirgakli
plita bir uchi bilan qo‘zg‘aluvchi yuzning vkladishi (12)ga, ikkinchi uchi
bilan tayanch (8)ning vkladishi (9)ga suyanadi. Maydalagichning bu
tayanchi va staninasi o‘rtasida gaykalar bilan ikkita vint (5)da
mahkamlangan pona (7) joylashgan. Bu ponaning holatini vertikal
yuzada o‘zgartirib maydalagich bo‘shatish tuynugining kengligi idora
qilinadi. Qo‘zg‘aluvchi yuza va tirgakli plita orasidagi kerakli
bog‘lanish prujinali tyaga (10) orqali amalga oshiriladi. Korpusning
asosiy podshipniki (3)ga o‘rnatilgan ekssentrik val (2) ponasimon
tasmali uzatma va shkiv (4) orqali harakatga keltiriladi. Ishchi holatda
qo‘zg‘aluvchi yuza qo‘zg‘almas yuzaga goh yaqinlashadi, goh undan
uzoqlashadi. Shu bilan birga u qo‘zg‘almas yuza bo‘ylab harakat qiladi.
Shuning uchun bunday maydalagichlarda mahsulotning bo‘linishi ezilish
va ishqalanish hisobiga sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: