79
unumdorligini kamaytiradi. Tegirmonlarning ichida aylanadigan optimal
yuk tegirmon ma’lum sharoitda ishlaganda barabanning uzunligiga
teskari proporsional.
N
ning qiymatini (3) formuladan (2) formulaga qo‘ysak:
Q= EkD
2.5-2.6
L=cD
2.5-2.6
L (4.6)
Shunday qilib, bir xil sharoitda tegirmonning ishlab chiqarish
unumdorligi barabanning diametriga 2,5 : 2,6 darajada va uzunligiga
to‘g‘ri proporsional. Sharli tegirmonlarda
D
= 2,5, o‘z-o‘zini yanchuvchi
tegirmonlarda
D
= 2,6. Barabanning 1 m
3
hajmiga to‘g‘ri keladigan
ishlab chiqarish unumdorligi solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi
deyiladi:
Bir xil mahsulotni bir xil sharoitda yanchuvchi ikkita tegirmonning
solishtirma ishlab chiqarish unumdorligining nisbati.
Tegirmonni yanchuvchi vosita bilan to‘ldirilish darajasi ortgan sari
yanchishga ketadigan energiyaning hajmiy sarfi ortib boradi, bunda v =
50% bo‘lganda, u maksimumga yetadi. Bu holda, tegirmonning ishlab
chiqarish unumdorligi ham tegishli ravishda ortadi. Yanchishning
nisbatan yuqori ko‘rsatkichlariga
erishiladi: sharli tegirmonda 40–50%, steijenli tegirmonda 35–40%.
Klassifikatsiyalash
samaradorligi
qancha
yuqori
bo‘lsa,
tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Klassifikatsiyalash samaradorligining pastligi kam aylanadigan yuk
bilan ishlaganda tegirmonga shuncha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Klassifikatsiyalash
samaradorligining
ortishi
mahsulot
o‘ta
yanchiluvchanligining oldini oladi. Mahsulotning baraban ichidan o‘tish
tezligining ortishi yanchuvchi vositaning ish samaradorligini oshirishga,
o‘ta yanchilish darajasining kamayishiga va tegirmonning ishlab
chiqarish unumdorligi ortishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: