Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə11/33
tarix20.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#165515
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Qiyosiy grammatika UMK

Kelishik kategoriyasi. Turkiy tillar kelishiklar tizimi haqida gap borganda, avvalo, turkiy tillarning eng qadimiy bobo til davridagi kelishiklar tizimi ko`zda tutilsa, ikkinchidan, turkiy tillarning mustaqil tillar va lahjalarga ajralish va undan keyingi taraqqiyoti davridagi kelishiklar tizimining holati ko`zda tutiladi.
Qadimgi turkiy tillar kelishiklar tizimi hozirgi turkiy tillar kelishiklar tizimiga nisbatan ham sifat, ham miqdor jihatdan farqlangan. Sifat jihatdan qadimgi va hozirgi turkiy tillar kelishiklar tizimi grammatik shakllari va ular anglatadigan ma’nolarga ko`ra rang-barang bo`lgan bo`lsa, miqdor jihatdan ham ular har xil bo`lgan. Hozirgi turkiy tillar ham bu jihatdan turlichadir.
Turkiy tillar qiyosiy grammatikalarida hozirgi turkiy tillarda 6–8 kelishik mavjudligi haqida gap borsa‑da, ayrim til va lahjalarda qaratqich, tushum, jo`nalish, o`rin-payt kelishiklarining bir shaklda qo`llanishi, yoqut tili kabi ayrim tillarda qaratqich kelishigining mavjud emasligini ko`zda tutib, hozirgi turkiy tillarni 5–7 kelishik tizimiga ega deyish mumkin.
Shunga qaramay, turkiy tillar kelishiklar tizimi quyidagicha tasvirlanadi:



bosh kelishik



tushum kelishigi

-ы//-i, ‑ыg‘//-ig‘

jo`nalish kelishigi



-a//-ә

-qa//-ka

-ra//-rә

-rы//-ri

-arы//-ari

-g‘arы//-gәri

-cha//-chә

-n

o`rin-chiqish kelishigi

-ta//-tә

-da//-dә

qurol kelishigi

-ыn//-in

birgalik kelishigi

-lыg//-lig

-la//-lә

-lan//-lәn

o`xshatish-qiyoslash kelishigi

-cha//-chә

Hozirgi turkiy tillarda yoqut tili 5 kelishik, gagauz, tuva tili 7 kelishik shakliga ega bo`lib, boshqa hamma turkiy tillar 6 kelishik shakllariga ega.
Bosh kelishik – qadimgi turkiy tillarda ham hozirgi turkiy tilda ham maxsus grammatik ko`rsatkichiga ega bo`lmagan, nol ko`rsatkichli kelishikdir. Bu kelishik boshlang‘ich shakl sifatida boshqa kelishiklarga zid qo`yiladi.
Qaratqich kelishigi – qadimgi turkiy tillarda mavjud bo`lmagan. Qadimgi turkiy tillarda qaratguvchi va qaralmish bosh kelishikdagi ikki otning sintaktik aloqasi orqali shakllangan. Buning ayrim ko`rinishlari hozirgi turkiy tillarda ham ko`rinadi:
yoqut tilida әt baha (ot boshi), aot bash’ (ot boshi) kabi.
Hozirgi turkiy qaratqich kelishigi eng ko`p variantli kelishik shakllaridan biri bo`lib, bu shakllar quyidagicha guruhlanadi:
1) ‑niң//-n’ң: tatar, o`zbek, uyg‘ur tillariga xos – bashning, o`quvchining, ataniң, bizniң;
2) niң// -nң// -nuң// -noң// -diң// -duң// -doң// -tiң// -tuң// -toң: oltoy, boshqird, tuva, xakas, shor tillari: tonniң, moldiң, sudiң, guldң, bezzeң, dalaniң;
3) -nin//-nun//-din//-dun//-tin//-tun//: qirg‘iz tili – balanin, tonun, tondun, oqtun, bizdin;
4) -nin//-nun: karaim tili – atanin, atnin, mәnin;
5) -iң//-uң//-niң//-nuң: turkman tili – ag‘ajiң, oquvchiniң, mәniң, onuң:
6) -in//-un//-nin//-nun: ozarbayjon, gagauz, turk – kitobin, arabanin, onlarin, mәnim, bәnim, bizim:
7) -ni//-nu: qorachoy - bolqar, qumiq – burnu, boynu;
8) -ni//-di//-ti//-mi//-zi//-si//-ti//-ri//-xi//-chi//-li//-vi: o`zbek tili Toshkent dialekti – nonni, otti, tommi, tuzzi, ishshi, egarri, tolli, suvvi;
9) -n//-әn//-nәn: chuvash tili – pullәn (baliqning), tiren (terining), lajan (otning), piren (bizning) va boshqalar.
Yoqut tilida qaratqich kelishigi mavjud emas. Buni ba’zi turkshunos olimlar qaratqich kelishigi turkiy tillarning ajralishi, tarqalishi davridan keyin paydo bo`lgan, bu davrda yoqut tili boshqa turkiy tillar bilan aloqada bo`lmaganligi, hududiy va iqtisodiy turmush sharoiti jihatidan ham turkiy xalqlardan uzoq bo`lganligi sababli yoqut tili qadimgi 5 kelishik shaklini saqlab qolgan deb taxmin qilishadi.
Tushum kelishigi – hamma turkiy tillarda ma’no jihatidan bir xil bo`lib, fe’ldan anglashilgan harakatni qabul qiladigan ob’ekt, harakatning bajarilishidagi vosita, qurol ma’nosini anglatadi. Bu kelishik qo`shimchasi qadimgi turkiy tilda -ы//-i, -ыg‘//-ig‘ shaklida bo`lib, hozirgi tillarda -ыg‘//-ig‘ shakli deyarlik saqlanmagan, -ы//-i shakli ham kishilik va ko`rsatish olmoshlari so`nggi tovushining assimilyatsiyasi va morfologik qayta bo`linishi natijasida hozirgi turkiy tillarda -nы//-ni va uning turli assimilyativ variantlari kelib chiqqan.
Hozirgi turkiy tillarda tushum kelishigi qo`shimchasi quyidagi ko`rinishlarga ega:
1) o`g‘uz guruh tillardan boshqa barcha turkiy tillarda -ni//-nы//-nu//-no//-nѳ//-di//-du//-do//-ti//-tu//-to: oltoy. qapti (qopni), uguni (ukkini), qardi (qorni), tuva. teveni, nomnu (kitobni), maldы (molni);
2) karaim, qumiq, qorachoy-balqar tillarida -nы//-ni//-nu//-no//-di//-du//-ti//-tu: uguni (ukkini), yuldi, koshto, bashni, yolnu, tasti;
3) o`zbek tili va lahjalari, boshqa ayrim tillarda: -nы//-ni//-di//-ti//-mi//-zi//-shi//-si//-xi//-chi: qapti, qardi, uyni, uydi, uyyi, otti, odammi, shoxxi, sochchi;
4) Ozarbayjon, yoqut turkman tillarida -ni//-nu//-(y)i//-(y)u: apani, adami, bug‘duyu, kѳrpoyu;
5) gagauz, turk tillarida -i//-u, -yi//-yu: burnu, biyeyi (yilqini):
6) oltoy, xakas, shor tilida -n, -bыn, -g‘ыn: atin, atibin, atыg‘ыn.
Qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchalari shakl jihatidan ko`p hollarda teng kelsa ham ularning kelib chiqishiga bu yaqinlikning aloqasi yo`q, chunki bu ikki kelishik shakllaridagi yaqinlik til taraqqiyotining keyingi davrlari mahsulidir.
Hozirgi turkiy tillardagi jo`nalish kelishigi shakli deb sanaladigan barcha qo`shimchalarning tarkibida a unlisi uchraydi: -ga, -ka, -qa, -g‘a, -cha kabi. Shunga ko`ra, qadimturkiy tillarda jo`nalish kelishigi shakli asosan -a bo`lib g, k, q, g‘, ch kabi elementlar ma’noni konkretlashtiruvchi vositalar sifatida kelishik qo`shimchalari tarkibida keyin hosil bo`lgan deb taxmin qilinadi. Har qanday qadimgi turkiy tillarda jo`nalish kelishigi shakli -a//-ә keng tarqalgan shakl bo`lgan, shuning uchun bu shakl hozirgi turkiy tillarda ham saqlanib qolgan: turk. tas+a (kosaga), turkman. ova+a (ovulga), ozarbayjon. ox+a (o`qqa), chuvash. jal+a (qishloqqa), tatar. atыm+a, qirg‘iz. yenem+ye; qozoq. qoram+a kabi.
Jo`nalish kelishigi qo`shimchalarini qaysi turkiy tillarda mavjudligiga ko`ra turli guruhlarga ajratish mumkin:
1) qipchoq, qorluq-uyg‘ur guruh tillar va Sibir, Oltoy turkiy tillarining barchasida ‑g‘a (-qa//-ja)//-qa//-xa//-g‘o//-qo//-xo: oltoy. ajыlga (uyga), japashqa (chaylaga), toygo, toshko (muzga); karaim. atag‘a, atqa, maa (menga), bizga; qirg‘iz. malg‘a, tong‘o, atqa, kѳlgѳ, mag‘a (menga); yoqut. dalg‘a (suruvga), qыsqa (qizga), kuolgә (qo`lga), inaxka (sigirga), qunaңңa (ho`kizga), bihiexe (bizga); q.qalpoq. atasыna; tatar. babasina va b.
2) xakas tili va dialektlarida -g‘aa//-qaa//-xaa: xaska (o`rdakka), tag‘aa (toqqa), sag‘a (senga) aa//-ag‘a (unga), palaag‘a (bolaga) kabi.
3) o`g‘iz guruh tillar, qisman oltoy, xakas, shor tillarida -a//-ja: ozarbayjon. adama, gapija (eshikka), mәnә, ona saa//sә (senga); gagauz. kira (dalada), masaja (stolga), sokaa (sokak – kuchaga), bana (menga): turkman. gechaa (echkiga), durnaa (turnaga), xakas. tag‘a (toqqa) va b.
4) chuvosh tilida -a//-na (-ja): xira (dalada), xulan (shaharda), mana (menga) kabi.
Qadimturkiy tilda hozirgi turkiy tillar uchun arxaik hisoblangan -gari//-kari, -g‘ari//-qari shakli ham bo`lgan. Hozirgi o`zbek tilidagi ilgari, ichkari, tashqari kabi so`zlar tarkibida uchraydigan -gari//-kari, -g‘ari//-qari affikslari ma’lum davrlarda hozirgi ma’nosi singari jo`nalish ma’nosini anglatgan va shu kelishik affiksi bo`lgan, lekin kelishik o`zi qo`shilib kelgan negiz bilan birga ajralmas butunlikka aylanib, o`rin va payt ravishlariga o`tib qolgan. Qiyoslang, oltoy. tishqari, eringari (kechqurun), ichkari, kuskari (ko`zga), teskeri; gagauz, turk. ileri, icheri, dishari; q.balqar. ichkari, tishxari, og‘ari (yuqori) kabi.
Chuvosh tilida jo`nalish ma’nosini beradigan, kelib chiqishi noma’lum bo`lgan -alla affiksi mavjud: varmanalla (o`rmonga) kilәllә (uyga), otaralla (otarga) kabi. Faqat xakas tilida saqlanib qolgan -sar//-zar//-sa//-saa//-zaa (sari) affiksi ham o`ziga xos xususiyatga ega: xakas. Abakanzar (Abakanga), atsar (otga), xozanzar (quyonga), tag‘zar (toqqa), turaza (uyga), agassaa (daraxtga) kabi.
O`rin-payt kelishigining qo`shimchasi qadim turkiy tilda -da//-dә, -ta//-tә bo`lib, hozirgi turkiy tillarda -da//-do//-ta//-to//-la//-lo//-za//-zo//-sa//-so//-na//-no shakllari mavjud. Misollar: oltoy. tuda (tog‘da), emde (emda-dorida), qoyda (qo`yda), toshto (toshda), qaasta (qog‘ozda), biste (bizda), olarda (ularda): boshqird. yulda (yo`lda), bashta (boshda), qazza (g‘ozda), dalala (cho`lda), qalala (shaharda), minda (menda), bizza (bizda), ularda; chuvash. lajara (otda), xulara (shaharda), vermanda (o`rmonda) kilde (uyda), shurda (botqoqda), ulaxra (to`qayda), manra (menda), pirda (bizda), unra (unda) kabi.
Bu kelishik qo`shimchalarining -za, -la shakllari boshqird tilida, -ra, -cha shakllari chuvash, -za, -na shakllari turkman tilining ayrim dialektlarida uchraydi.
Yoqut tilida -da//-ta qo`shimchalari qurol kelishigi qo`shimchasining variantlari -tan//-dan (bilan)ga juda yaqinlashadi. Yoqut tilida -da (na) manna (shu yerda), sumanna (mana shu yerda), itinne (ana u yerda), onno (u yerda), sonno (aynan o`sha yerda) kabi olmoshlarda uchraydi.
Turkshunoslik adabiyotlarida -ыn//-in qo`shimchalari orqali hosil bo`ladigan arxaik qurol kelishigi deb nomlanadigan kelishik shakli va ma’nosi ham aslida o`rin-payt kelishigi ma’nosini beradi. Buni hozirgi turkiy tillarda o`rin-payt ravishlari deb yuritiladigan ayrim so`zlar tarkibida yaqqol ko`rish mumkin: oltoy. dazin (bahorda), kuzun (kuzda), tunun (tunda); boshqird. qishin (qishda), jazin (yozda); qozoq. jazin (yozda), qыsыn (qishda); xakas. chasxizin (bahorda); yoqut. qihin (qish), sayin (yoz), kuhun (kuz) kabi.
Qurol kelishigining “bilan” ko`makchisidan kelib chiqqan -la//-lo, -lan//-nan, -bәn//-man//-bila//-pila kabi variantlari ham asosan o`rin-payt, ba’zan birgalik ma’nolarini beradi: oltoy. maltava, atla, qo`yla; gagauz. aoshamnan (oqshomdan): qozoq. taspen (tosh bilan), qazben (g‘oz bilan); shor. pыchakpыla (pichoq bilan), salg‘ыnmыla (salqinla) va boshqalar.
Chiqish kelishigi – fe’ldan anglashilgan harakatning boshlanish o`rni, payti, harakatning bajarilish yo bajarilmasligiga vosita bo`lgan predmetni anglatadi.
Chiqish kelishigi qo`shimchasi xamma turkiy tillarda asosan -dan bo`lib, uning turli turkiy tillarda yigirmadan ortiq variantlari bor. Ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
1) qipchoq va o`g‘iz guruh tillar, tuva va o`zbek tillarida -dan // -don// -tan// -ton// -nan// -non// -lan// -lon// -zon// -san// -son: ozarbayjon. dagdan, menden, bizdan, oltoy. attaң, maldaң, kѳldѳң; gagauz. yuvadan (uyadan), dereden (daryodan), baadan (bog‘dan), sudan (suvdan), ishtan, suttan, sokaktan (ko`chadan), inekten (sigirdan); o`zbek. uydan, daladan, maktabdan; tuva. taygadan, aydan, shividen (archadan), dashtan (toshdan), ыyashtan (yog‘ochdan) va boshqalar;
2) oltoy, xakas, shor tillarida -daң//-doң//-taң//-toң-naң//-noң: attaң, sostoң (so`zdan), maldaң, maldaң, taңnaң; shor. meneң (mendan) seneң (sendan), anaң (undan) kabi;
3) yoqut tilida -tan//-ttan//-ton: tastan (toshdan), oyurtan (o`rmonda), tabattan (bug‘udan), borotton (bo`ridan) kabi;
4) chuvosh tilida -tan//-ran: lajaran (otdan), xularan (shahardan), varmandan (o`rmondan), uramran (ko`chadan), manran (mendan) va boshqalar.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin