Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.
Intizomiy jazolar va ularni qo‘llash tartibi Mehnat intizomini, shu jumladan individual va jamoa
mehnat shartnomasi talabalarini buzilishi intizomiy qilmish
sifatida baholanadi va bunga yo‘l qo‘yganligi uchun ish beruvchi
xodimni intizomiy jazoga tortish huquqiga ega. Qonunchilikda
quyidagi jazo turlari ko‘zda tutilgan: hayfsan, o ‘rtacha oylik ish
haqining o ‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima, mehnat
shartnomasini bekor qilinishi. Shu bilan birga muassasaning ichki
tartibiga binoan alohida turdagi intizomiy qilmishlarga o ‘rtacha
oylik ish haqining ellik foizi miqdorida jarima belgilanishi mumkin
( 0 ‘zR MK 181-modda).
Intizomiy jazoni qoMlashda o‘zga xos tartib mavjud.
Jumladan, intizomiy jazo qilmish aniqlangandan bir oylik
muddatda qo‘llanilishi mumkin. Ushbu muddatga xodimning
bemor yoki mehnat ta’tilida bo‘Igan vaqt kirmaydi. Intizomiy jazo
qilmish sodir etilgandan olti oy o‘tgandan so‘ng, moliya-xo‘jalik
faoliyatining taftish etish yoki tekshirish natijasi aniqlanganda esa
sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tgandan keyin jazoni qo‘llab
bo‘lmaydi. Intizomiy jazo qo‘llanilishidan oldin xodimdan yozma
tarzda tushuntirish xati talab qilinish lozim. Xodimning tushuntirish
xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya hatti-
xarakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi. Mehnatga oid
qonunchilikka muvofiq har bir huquqbuzarlikka bitta intizomiy
jazo qo‘llanishi mumkin va xodimning jazoga tortilganligi buyruq
bilan e’lon qilinadi ( 0 ‘zR MK 182-modda).
Intizomiy jazo amal qilish muddatiga ega bo‘lib, u jazo
qo‘Ilanilgan kundan boshlab bir yilni tashkil etadi. Agar xodim shu
muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo
olmagan deb hisoblanadi. Qonunchilikka muvofiq ish beruvchi o‘z
tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga yoki mehnat jamoasining
tavsiyasiga ko‘ra muddatdan oldin bekor qilishi mumkin ( 0 ‘zR
MK 183-modda).