176
etildi. Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar,
festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy
madaniy merosni asrash yuzasidan olib bori layotgan harakatlar bilan
uyg‘unlashib ketdi. Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni
rivojlantirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. 1996-yil “O‘zbeknavo”
gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi
“O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent davlat milliy
raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi. 2001-yil “O‘zbeknavo”
estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va
muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi.
Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga
keldi. 1995-yilda Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston - Vatanim
manim” mavzuida ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul
qildi. 1996-yil mart oyidan o‘tkazilib kelinayotgan “O‘zbekiston -
Vatanim manim” mavzuidagi ko‘rik-tanlovi mustaqillikni, Vatanni
anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Shuning
uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi.
Unda har-yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, “O‘zbekiston
- Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Tanlov
mustaqillikni madh etuvchi yuzlab qo‘shiqlar yaratilishiga turtki
bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har
ikki-yilda bir 1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik
musiqa festivali o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga
yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi.Mustaqillik-
yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy va zamonaviy
yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida
uning ta’limiga ham e’tibor berildi. 2002-yilda Toshkent davlat
konservatoriyasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi.
Konservatoriyaning yangi binosi qurildi.
Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va
san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va
ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha davlat dasturi ham
muhim o‘rin tutib, uning doirasida 2009-2014-yillarda hududlarda
278 ta musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi. “Nihol”,
“Zulfiya” nomidagi davlat mukofotlari ta’sis etilishi, “Kamalak
yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivali, “Sozlar navosi”
161
o‘z tarixiy tomirlaridan kuch olib, gullab-yashnab, ajdodlarimiz
tajribasiga tayanib, jahon darajasiga chiqib, umuminsoniyat
sivilizatsiyasi taraqqiyotiga yana xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Dostları ilə paylaş: