Tasviriy san’at. Mustaqillik davri rangtasvir san’ati turli-tuman
uslublar ko‘lamining kengligi bilan farqlanadi. Akademik realizm,
dekorativizm, milliy romantizm, abstraksionizm, instalyatsiya
ko‘rinishlari ko‘p jihatdan ijodiy dunyoqarashning kengayishidan
dalolat beradi. 1997-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining
tashkil etilishi tasviriy san’atning turli sohalarini rivojlanishida
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Mustaqillik davrida tasviriy san’atning
turli sohalari va janrlari rivojlanib bordi. Masalan, ushbu davr
haykaltaroshligida, asosan, tarixiy siymolar gavdalandi va ularning
soni ko‘payishi barobarida uslub jihatlarining yangilanishi ham
bir qator asarlarda ko‘zga tashlandi. A.Rahmatullayev, L.Ryabsev,
F.Jabborov, R.Mirtojiyev, J.Kuttimurodov, K.Norxo‘rozov kabi
haykaltaroshlar mahobatli, A.Xotamov, E.Esanov, S.Sharipov kabi
rassomlar esa dastgohli haykaltaroshlikni rivojlantirishga harakat
qilishdi.
Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar yaratib berdi.
Avvalo, 1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya
tashkil etildi. 2002-yili Toshkent foto uyi, 2004-yili O‘zbekiston
tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili O‘zbek liboslari galereyasi,
167
darajada YUNESKO hamkorligida o‘tkazildi.
2008-yilda Festival Kitob tumanida, 2009-yilda esa Parkent
tumanida o‘tkazilgan “Asrlar sadosi” festivalida folklor va teatr
guruhlari, xonandalar, musiqachilar, raqqoslar, xalq baxshilari,
masxarabozlar, liboschi dizaynerlar, rassomlar, amaliy san’atning
atoqli vakillari, mohir oshpazlar ishtirok etishdi. Festival dasturi, shu-
ningdek, xalq o‘yinlari, ko‘pkari (uloq), kurash, dorbozlar chiqishi,
mamlakatning turli viloyatlaridan kelgan oshpazlar tanlovini ham
o‘z ichiga olgan. Festival amaliy san’at yarmarkasi doirasida kulol-
chilik, kandakorlik, kashtachilik, miniatyura, o‘ymakorlik ustalari
ham o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Festivalga 50 ming nafarga
yaqin tomoshabin, 15 mingga yaqin mehmonlar tashrif buyurishdi.
Ular orasida Rossiya, Fransiya, AQSH, Turkiya, Koreya, Italiya,
Yaponiya, Xitoy, Shveysariya, Bolgariya, Avstriya kabi davlatlardan
100 nafardan ortiq madaniyat va san’at arboblari, olim va
tadqiqotchilar, nufuzli xalqaro OAV vakillari, diplomatik korpus va
xalqaro tashkilotlar xodimlari bor edi.
Respublikamizda muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan
turli xil ko‘rik-tanlovlar, Respublika miqyosidagi tadbirlar o‘zbek
milliy san’at turlarining rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
Milliy dorbozlar va an’anaviy sirk san’ati jamoalarining Respublika
ko‘rik-festivali, Askiyachi va qiziqchilarning an’anaviy Respublika
ko‘rik-festivali, “O‘lan aytgani keldik” nomli an’anaviy folklor
san’ati bayrami, Yosh kulollarning Respublika ko‘rgazmasi,
Qo‘g‘irchoqbozlik san’ati bayrami, Xalq ashula va raqs ansambl-
larining Respublika ko‘rik-festivali, “Barhayot navolar” turkumidan
milliy cholg‘u sozlar ijrochilarining Respublika ko‘rik-festivali
mamlakatimizning ko‘plab viloyatlarida iqtidorli ijrochi yoshlarni
kashf etmoqda.
Joylarda milliy qadriyatlar, xalq ijodiyotini targ‘ib qilish maq-
sadida 2006-yildan buyon “Xalq ijodiyoti poyezdi” tashkil etilmoqda.
Bu poyezd yordamida respublika ko‘rik-tanlovlar, festivallar
g‘oliblarining chekka qishloqlar aholisi bilan ijodiy uchrashuvlari
o‘tkazilmoqda. Madaniyat poyezdi aholiga madaniy-maishiy xizmat
ko‘rsatib, xalq ijodiyotining noyob durdonalari (o‘lan, lapar, askiya,
baxshichilik va folklor san’ati turlari)ni keng omma o‘rtasida targ‘ib
etib bormoqda.