Xirurgik kasalliklar


Son churrasi (hernia femoralis)



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   363
Maxsus tekshiruv usullari 

O’pka kasalliklarining diagnostikasi eng avvalo bemorning shikoyatlarini, 

anamnezini  va  uni  fizik  usullar  bilan  tekshirish  natijalarini  o’rganishga 

asoslanadi.  Odatda,  o’pkasida  xastaligi  bor  bo’lgan  bemorlarning  quyidagi 

shikoyatlariga  e’tibor  beriladi:  yo’tal,  qon  tuflash,  nafas  qisishi,  ko’krak 

qafasidagi  og’riqlar.  Bemor  anamnezida  kasallikning  qanday  boshlanganiga  va 

rivojlanishiga  katta  ahamiyat  beriladi.  Kasallik  boshlanishini  sovqotishga 

aloqadorligi,  yuqumli  kasalligi  bo’lgan  bemorlar  bilan  yaqinligi  aniqlanadi. 



 

40 


Mehnat  sharoitlari  surishtiriladi.  Ba’zi  hollarda,  bemorning  uy  hayvonlarini 

boqishga  aloqadorligi,  zararli  odatlari:  chekish,  spirtli  ichimliklarni  surunkali 

iste’mol  qilishi  bor-yo’qligi  alohida  ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Kasallikning 

kechishida  olib  borilgan  muolajaning  qanchalik  muvofiqligi  sinchiklab 

o’rganiladi. 

Fizik  tekshiruv  usullaridan:  ob’ektiv  ko’rik,  paypaslab  ko’rish,  perkussiya 

qilish  va  auskultatsiyalar  qo’llaniladi.  Ular  patologik  jarayon  va  funktsional 

o’zgarishlarni  aniqlashda,  kasallikning  kechishi  to’g’risida  tasavvur  hosil 

qilishga  imkon  beradi  va  ko’pincha  bemorni  davolash  jarayonida  uning  holati 

dinamikasiga baho berish uchun asosiy dalillar hisoblanadi. 

Nafas  olish  sistemasi  kasalliklarini  aniqlashda  ajralayotgan  balg’amni 

tekshirish,  uning  miqdori  va  fizik  xususiyatlarini  mikroskop  yordamida 

tekshirish, bakterioskopiya  va bakteriologik  ekma  natijalarini  o’rganish  alohida 

ahamiyat kasb etadi. 

Rentgenologik  usullarni  qo’llash,  o’pka  patologiyasi  bo’lgan  bemorlarda 

diagnoz  qo’yishda  ko’pincha  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo’ladi. 

Rentgenoskopiya  ob’ektni  turli  holatda  (pozitsiya),  harakatda  tekshirishga, 

plevral  bo’shlig’ida  suyuqlik  va  havoning  miqdorini  aniqlashga  imkon  beradi. 

Rentgenografiya  –  o’pkalar  va  ular  ildizlaridagi  ayrim  o’zgarishlarni  aniq 

ko’rish, dinamikada kuzatish va taqqoslashga yordam beradi. 

Tomografiya  usuli  –  qatlam-qatlam  tasvirlar  olish  orqali,  yirik  segmentar 

va  subsegmentar  bronxlar  bo’shlig’ining  batafsil  tasvirini  olish,  limfatik 

tugunlar  holati  to’g’risida  xulosa  chiqarishga  yordam  beradi.  O’pka 

to’qimasidagi  kichik  patologik  jarayonlarni  aniqlashga,  bullalar,  kistalar, 

“o’choq”li soyalarni topishga imkon beradi. 

Kompyuter  tomografiya  –  bugungi  kunda  keng  qo’llaniladigan  noinvaziv 

usullardan  biri  bo’lib,  o’pkadagi  har  xil  tuzilmalarning  katta-kichikligini, 

joylashgan  qismi  va  chegarasini  yanada  aniqroq  va  ravshanroq  aniqlab  beradi, 

ularning zichligiga baho berish imkoniyatini yaratadi. 



 

41 


Bronxografiya  asosan:  bronxoektatik  kasallikka  shubha  qilinganda  – 

bronxlarning  zararlanganlik  darajasini  aniqlash  uchun,  o’pkadagi  yiringli 

jarayonlarda  –  bronxlar  zararlanganligini  aniq  hajmini  aniqlash  uchun  (ayniqsa 

jarrohlik  amaliyoti  mo’ljallanganda)  yoki  surunkali  nospetsifik  zotiljam  va 

markaziy  o’pka  raki  o’rtasida  differentsial  diagnostika  o’tkazish  uchun  zarur 

tekshiruv usullaridan biri hisoblanadi. 

Bu  tekshirish  usuli,  odatda  mahalliy  anesteziya  ostida  olib  boriladi  va  uni 

och  qoringa  (bemor  ovqatlanmasdan  turib)  o’tkaziladi.  Bemorda  balg’am  ko’p 

miqdorda  ajralayotgan  davrda,  avval  sanatsion  bronxoskopiya,  keyin  esa 

bronxografiya  qilinadi.  Tekshiruvdan  30  minut  oldin  teri  ostiga  1  ml  atropin 

sulfat  yuboriladi.  Anesteziya  uchun  0,5%  li  dikain  eritmasi,  10%  lidokain 

eritmasi  yoki  5-10%li  novokain  eritmasi  ishlatiladi.  Eng  avvalo,  yuqori  nafas 

yo’llari  anesteziya  qilinib,  rentgenkontrast  kateter  pastki  burun  yo’li  orqali 

tovush  yorig’iga  kiritiladi  va  traxeyagacha  surib  kateter  orqali  3-4  ml  10%li 

novokainni  bosqichma-bosqich  yuborish  yo’li  bilan  traxeobronxial  shox 

anesteziya  qilinadi.  Bronxografiya  uchun  quyidagi  rentgenkontrast  moddalar: 

sulfayodon,  jeleyodon,  propilyodon  va  b.  qo’llaniladi.  Odatda  ulardan  biri,  10-

15 ml miqdorda rentgen nazorati ostida yuboriladi va suratga tushiriladi. Bundan 

so’ng, rentgenkontrast modda aktiv aspiratsiya yo’li bilan so’rib olib tashlanadi. 

Ko’rsatmalar: markaziy joylashgan bronx o’smalari, o’pkadan qon ketishi, 

traxeya va bronxlardagi yot jismlar, o’pkaning yiringli kasalliklarida diagnostika 

va sanatsiya qilish. 

Angiopulmonografiya  o’pka  arteriyasi  yoki  uning  tarmoqlariga  kateter 

o’rnatib,  u  orqali  rentgenkontrast  modda  yuborib,  uning  rentgentasvirini 

olishdan iborat. O’pka patologiyasi tug’ma deb shubhalanganda, o’pka tomirlari 

patologiyasida, 

o’pka  arteriyasi  tromboemboliyasida,  surunkali  o’pka 

kasalliklarida  o’pka-kapillyar  qon  oqimi  buzilish  darajasini  aniqlashda,  xavfli 

o’pka  tuzilmalarida  –  jarrohlik  amaliyoti  o’tkazishning  maqsadga  muvofiqligi 

masalasini hal qilishda bajariladi. 




 

42 


Bronxial  arteriografiya  –  bronxial  arteriyalarni  kateterizatsiya  qilish  va 

yuqorida  ko’rsatilgan  usul  bo’yicha  uning  rentgentasvirini  olish,  o’pkadan  qon 

ketish  manbaini  va uning  sababini  aniqlashda,  shuningdek  davolash  maqsadida 

o’tkaziladi. 

Diagnostik  pnevmotoraks.  Plevra  bo’shlig’iga  300-600  ml  havo 

yuborilgandan  keyin  rentgenografiya  qilishdir.  Bu  usuldan,  odatda  o’pkaga 

aloqasi  bo’lmagan  tuzilmalar  va  o’pka  ichidagi  jarayonlarni  differentsial 

diagnostika qilish uchun foydalaniladi. 

Diagnostik  pnevmoperitoneum  –  qorin  bo’shlig’iga  1000-2000  ml  havo 

yuborib,  so’ngra  rentgenografiya  qilishdan  iborat.  Jigar,  diafragma,  diafragma 

ostida  joylashgan  a’zolar,  plevra  bo’shlig’i  va  o’pkadagi  tuzilmalar  holatini 

aniqlash, diafragmal churralarni differentsial diagnostikasi uchun foydalaniladi. 

Radioizotoplar  yordamida  tekshirish  usullari,  jumladan  izotop  yordamida 

skanerlash,  perfuzion  stsintigrafiya,  ingalyatsion  stsintigrafiya  –  o’pkadagi  qon 

oqimi  va  ventilyatsiya  buzilishlarini  aniqlashga  imkon  beradi.  Bu  usullardan 

foydalanish,  bugungi  kunda  cheklangan  bo’lib,  ular  o’rnini  ko’krak  qafasi  va 

o’pkani  ultaratovush  yordamida  tekshirish,  komp’yuter  tomografiya  va  boshqa 

noinvaziv usullar egallamoqda. 

Torakoskopiya – torakoskop yordamida plevra bo’shlig’ini vizual ko’zdan 

kechirishdir.  Ayniqsa,  bu  usul  pnevmotoraks  sodir  bo’lganda  nafaqat 

diagnostika  uchun  tekshiruv  usuli,  balki  davolash  uchun  –  pnevmotoraks 

sababini  bartaraf  etish,  ma’lum  operatsiyalarni  o’tkazish  uchun  ham  imkoniyat 

beradi. 

Tashqi  nafas  olish  funktsiyalarini  tekshirish  usullariga  spirografiya, 

umumiy  pletizmografiya,  pnevmotaxografiyalar  kirib,  ular  nafas  a’zolari 

kasalliklarini ilk bosqichida aniqlash, diagnoz qo’yish, funktsiyalarining buzilish 

yoki  kompensatsiya  darajasini  aniqlash,  davolash-profilaktika  tadbirlarining 

ta’sirchanligiga baho berishga yordam beradi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin