Tajribali sportchilar - kollektivning asosiy negizi, ta’bir joiz bo‘lsa “oltin fondi” hisoblanadi. Ular ko‘p jihatdan murabbiyning tayanchi, maslahatgo'ylari va yordamchilari bo‘lishadi. Albatta, sport murabbiysi jamaoaning tarbiyasida, psixologik tayyorgarligida, jamoa haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishda, jamoadagi do‘stona muhitni, o‘zaro yordam, bir-birini qo'llab-quvvatlash tuyg'ularini, yaxshi, jangovor, xush kayfiyatni shakllantirishda, sport faxriylari ko‘rsatadigan xayrli ta’sir kuchidan oqilona foydalana olishi kerak. Beqiyos natijalarni qo'lga kiritgan, taniqli sportchilar bilan ishlashdaularning o‘ta mashhurligi, alohida maqomi, ularga nisbatan radio, televideniye, ommaviy-axborot vositalari, sport muxlislari va umuman keng jamoatchilikning yuksak e’tibori va muhabbati tufayli o'ziga xos va murakkab psixologik vaziyat yuzaga keladi. Har qanday, o'zini bosib olgan, esli-hushli sportchining ham “yulduzlik kasali” oldida o‘zini tiyishi oson kechmaydi. Bunday holatlarda sport murabbiysi oldidagi bosh masala, qanchalar murakkab va qiyin bo‘lmasin - ulkan sport ustasini, katta sport kelajagi, manfaati uchun saqlab qolish, uning shaxs sifatida tubanlikka qulashiga yo'l qo‘ymaslikdan iboratdir. Faxriylar ya’ni sport veteranlariuchun dolzarb masala — bu sport bilan mashg‘ul bo'lish vaqtini cheklashdir. Faxriylar boshdan kechirayotgan sport motivlarining rivojlanish bosqichi motivlar involyutsiyasideb ataladi. Uning mohiyati shundan iborat-ki, bu vaqtga kelib sportchi uchun “shu paytgacha men” nima uchun butun umrimni sportga bag‘ishladim, endi bu sport musobaqalaridagi ishtirokimga va umuman, sport mashg'ulotlarimga chek qo‘ysam bo'lmasmikin, degan savolga javob topish muhim masalaga aylanadi. Xizmat ko‘rsatgan sportchining katta sportdan qanday ketishi, ya’ni uning jamiyatdagi ilg'or pozitsiyani egallashga bo'lgan qiziqish, o'zi shu paytgacha erishgan sport natijalariga munosib hayot yo'lini qura olish istagi bilan ketadimi, yoki ma’naviy jihatdan singan, o'zi erishgan yutuqlardan qoniqmagan, o'z hayotini oddiy turmushda davom ettirishga qodir bo'lmagan holda, o'z mavqei va unvonlariga noloyiq tarzda umr kechirish darajasida sportni tark etadimi, bular ko'p jihatdan sport murabbiysiga va rahbariyatiga bog'liq bo'ladi.