5.3. Ma'ruza mazmuni: Fizik omillar tasnifi – yuqori va past harorat, texnik va atmosfera elektr toki, yuqori va past atmosfera bosimi, ionlovchi nurlanishning organizmga ta'siri. Fizik omillar ta'sirida o'lim yuz berishi. Fizik omillar ta'sirida o'lim yuz berganda murdadagi o'zgarishlar.
5.4. O'qituvchi chizmalari: Odam organizmi o'zining doimiy haroratiga ega bo'ladi. Tanadagi harorat muvozanati issiqlikni ishlab chiqarish va uni tashqi muhitga berishiga bog'liq bo'ladi. Muvozanatning buzilishi, tana jarohatlarining paydo bo'lishi yuqori va past haroratlar ta'siri natijasida sodir bo'lishi mumkin.
YUqori harorat. YUqori darajali harorat ta'siridan umumiy va mahalliy jarohatlar ro'y berishi mumkin. 380 atrofida va undan yuqori bo'lgan harorat (issiqlik berish kam bo'lsa) organizmning isishiga olib keladi. SHunday sharoitda ishlashga to'g'ri kelsa, issiqlik urishi sodir bo'ladi. Uning uch turi tafovut qilinadi: komatoz holat, bosinqirash va g'amginlik holatlari. Ko'pincha birinchi xili, ya'ni komatoz shakli uchraydi. 100% havo namligida hatto 28-300 haroratda ham issiq urishini kuzatish mumkin. Issiqlik urishi oqibatidan o'lish juda kam kuzatiladi. Murda yorib tekshirilganda o'pkalarning keskin to'la qonligi va nafas yo'llarida shilliqlar to'planganligi, o'pka, yurak yuzalarida qontalashlar, miya va pardalarining to'laqonligi, shishganligi kuzatiladi.
Quyosh urishi deganda, asosan organizmning qattiq qizib ketishiga, issiqlik urishiga aytiladi. Biroq, quyosh nuri mahalliy ta'sir ham qiladi, hatto ikkinchi darajali kuyish hollarini oson hosil qiladi. Bunda ba'zan ruhiyatning (psixika) buzilishi kabi og'ir alomatlar kuzatilishi mumkin.
Murdani yorib tekshirganda, mahalliy o'zgarishlardan tashqari, turg'unlik alomatlari, o'pka, yurakda esa mayda qontalashlar (ekximoz) topiladi. Olovdan kuyish hollarida nafas yo'llarini, masalan, ovoz bog'lamlarining kuyishini kuzatish mumkin. Alangada kuyish yuz berganda jarohatlarning hayotiyligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Past harorat. YUqori haroratga nisbatan, odam atrof-muhitdagi past haroratga chidamliroq bo'ladi. 55-600 dan ham past haroratlar odam tanasining haroratini o'zgaritirolmaydi. Haroratni barqaror saqlovchi omillardan biri bu kiyimdir. Bundan tashqari, sovuqning ta'siri havoning namligi, shabadaligi, shaxsning umumiy ahvoli, organizmning individual xususiyatlari va boshqalarga bog'liq. Sovuq urishi oqibatida hatto o'lim ro'y berishi mumkin. Masalan, go'dakning +5-80S havo haroratida o'lishi.
Sovuqning ta'siri umumiy va mahalliy o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Sovuqdan sodir bo'ladigan o'lim, odatda, sovuq iqlimli joylarda uchraydi. Ammo sovuq urish yomg'irli, qorli, shamolli, 00 li harorat ta'siridan ham uchrab turadi.
Murdani yorib tekshirganda quyidagi belgilar kuzatiladi:
- me'da shilliq pardasida dumaloq, noto'g'ri shaklli, nuqtadan to no'xat kattaligigacha to'q qizil, ko'p sonli qontalashlarning (S. M. Vishnevskiy dog'lari, 1895) mavjudligi va javharli gematinning paydo bo'lishi;
- yurakning qon bilan to'lishi;
- bosh suyagi choklarining ochilib qolishi (miya muzlab kengayganligi tufayli), miya po'stloqlarining to'la qonligi, miya yumshoq pardasining shishishi va qorinchalarda suyuqlikning ko'payishi;
- jigarda glikogen va qandning yo'qolishi;
- siydik pufagining to'la bo'lishi.
Vishnevskiy dog'larining paydo bo'lishi sovuqning markaziy nerv tizimiga ta'sir qilishi va vegetativ nerv tizimi grafik boshqarilishining buzilishi, shaxsan quyosh chigaliga ta'sir etilishi tufayli venalarda turg'unlikning ro'y berishi bilan bog'liq.
Texnik elektr toki ta'siri. Texnik elektr toki tufayli sodir bo'ladigan jarohat va o'lim turmushda, ishlab chiqarish muassasalarida ko'p uchrab turadi hamda asosan baxtsiz hodisa hisoblanadi. Elektr tokidan jarohatlanish hayot uchun xavfli bo'lib, ko'pincha o'lim bilan tugaydi.
Elektr tokining ta'sir mexanizmi organizmga nisbatan issiqlik, mexanik va elektrometik jihatdan ta'sir o'tkazish bilan xarakterlanadi.
Atmosfera elektr quvvatining ta'siri. Atmosferadagi elektr tokining quvvati juda ulkan bo'ladi, u millionlab volьt bilan o'lchanadi. Tok kuchi 100000 A gacha bo'ladi. YAshindan jarohatlanish bevosita yoki biror buyum orqali (radio, telefon, radiopriyomnik) bo'lishi mumkin. Voqea sodir bo'lgan joyni ko'rikdan o'tkazganda ayrim buyumlarning, murda kiyim-kechaklarining jarohatlanishini, metall narsalarning erishini kuzatish mumkin. Murdaning tanasida «chaqmoqning shakli», sochlarning kuyishi, chaqmoqning urib kirgan va chiqqan joylarida tamg'asini eslatuvchi o'zgarishlarni ham ko'rish mumkin. Elektr toki o'tganda metall narsalar, masalan, kalitlar magnit xossasiga ega bo'lishi mumkin.
«CHaqmoq» yoki «yashin» shaklidaraxtsimon, shoxlanib ketgan qizg'ish chiziqlardan iborat bo'lib, ular murda tanasida uzoq vaqt saqlanib turmaydi. Tirik qolgan shaxslarning tanasida ko'pi bilan bir necha kun saqlanadi. «YAshin shaklining» paydo bo'lishi yuzaki joylashgan qon tomirlarining keskin kengayishiga asoslangan.
YUqori barometrik bosimning ta'siri. YUqori barometrik bosimning umumiy ta'siri o'pka, eshitish a'zolari va burun bo'shlig'i ortiqlarining jarohatlanishiga olib keladi. YUqori bosim, ya'ni giperboriya ta'siriga suv ostida ishlovchi va suzuvchi shaxslar duchor bo'ladilar. CHuqurlik qancha ko'p bo'lsa, shunchalik gidrostatik bosim ko'payadi. Tashqi va ichki bosimning keskin o'zgarishidan o'pka va quloq pardasining shikasti kelib chiqadi. To'qimalarning jarohatlanishi, giperemiya, qon quyilishi va yorilishlar kuzatiladi. O'pka to'qimasining yorilishi simob ustunining 80-120 mm gacha ko'tarilishidan ro'y beradi. Natijada atrofdagi to'qimalarda havo (gaz) emboliyasi sodir bo'ladi. Keskin davrda kishi miyaning arterial emboliyasidan, ayrim vaqtda ikki tomonlama ichki pnevmotoraksdan yoki o'tkir pnevmoniyadan o'ladi.
Past barometrik bosimning ta'siri. Past barometrik bosimning ta'siri baland tog' sharoitida ishlaydigan shaxslarning, samolyotda yoki boshqa baland uchadigan apparatlarning yo'lovchilari, lyotchik, kosmonavtlar orasida uchraydi. Past barometrik bosim, ya'ni gipobariya portlagan bombalar maydonida ham ro'y beradi.
Past bosimning salbiy ta'siri gazlarning (ayniqsa, kislorod, azot) partsial bosimining pasayishi (gipoksiya), dekompression o'zgarishlar va organizm suyuq moddalarining «qaynashi» bilan ta'riflanadi.
Nur energiyasi ta'siridan kelib chiqqan jarohatlar va o'lim.
Nur quvvati ta'siridan kelib chiqadigan jarohatlar ishlab chiqarish, ilmiy-tekshirish muassasalarida va nurlar bilan davolash jarayonida uchraydi.
Tan jarohatining og'irlik darajasi nurlanish jarohatining mahalliy ta'siri, nur quvvatining miqdori va ionlashgan nurlanishning fizik xususiyati tavsifiga asoslanib aniqlanadi.
O'tkir nur kasalligidan o'lgan shaxsning murdasi ozg'inligi, teri ostida qontalashlarning mavjudligi,shilliq pardalar, sochlar molekulalarining, yog' bezlarining, milklarning yumshoqligi, ularning shilliq pardalarining nekroz, qonga to'yilganligi bilan ta'riflanadi.
Murdani yorib tekshirganda seroz pardalarda qontalashlar, ichki a'zolarning qonga to'lishi va shishishi, yurakning endokard, miokardlarida qontalashlar mavjud bo'lib, muskullarining distrofik o'zgarishlari kuzatiladi. Havo yo'llarida, ko'pincha, qon quyilishlari va o'pka bo'lmalari apopleksiyasi kuzatiladi, uning to'qimalarida esa ko'pgina nekrotik manbalar topiladi.
Dostları ilə paylaş: |