Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 325,5 Kb.
səhifə5/51
tarix02.01.2022
ölçüsü325,5 Kb.
#1466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
1.3. Ma'ruza mazmuni: Sud tibbiyoti tushunchasi, vazifalari va ahamiyati. Sud tibbiyotining boshqa tibbiy fanlar bilan bog'liqligi. Sud tibbiyotining huquqshunoslik fanlari bilan bog'liqligi, uning jamiyatdagi ahamiyati. O'zbekistonda sud-tibbiy xizmat tuzilmasi va tashkiloti. Sud tibbiyotining tarixi. Rossiya va boshqa davlatlar sud tibbiyotining tarixi. O'zbekistonda sud tibbiyoti va sud-tibbiy xizmatning shakllanishi va rivojlanishi.

1.4. O'qituvchi chizmalari: Huquqning sud tibbiyoti bilan bog'liqligi: O'zbekiston Respublikasi jinoiy, jinoiy-protsessual kodekslari. Davlat, iqtisodiy, fuqaroviy, jinoiy, jinoiy-protsessual, fuqaroviy protsessual huquqlar tafovut qilinadi. Ular o'zaro uzviy bog'liq. Bundan tashqari huquq vazifalarini amalga oshirishda qo'llaniladigan boshqa huquqiy bilim sohalari bilan bog'liqlik mavjud. Jinoiy huquq - bu davlat tomonidan belgilab qo'yilgan huquqiy normalar yig'indisi. Jinoiy huquq-bu yuridik fan bo'lib, jinoyatni ta'riflab beradi va kvalifikatsiyalaydi. Agarda qonunbuzarlik sodir etilsa, qonunni buzgan fuqaro davlat sud organlari oldida javobgar hisoblanadi. Bu qonunbuzarlik qilish va jinoyat ko'rinishlarida bo'lishi mumkin.

Sud tibbiyotining asosiy maqsadi - shaxsga qarshi, ya'ni inson sog'lig'i va hayotiga va jinsiy dahlsizligiga qarshi jinoyatlarni fosh etishda huquq organlariga yordam berish.

Har bir Davlatda Jinoyat kodeksi mavjud - bu qonunlar majmui bo'lib, jamiyatdagi qanday harakatlar jinoyat ekanligi va sodir etilgan jinoyat uchun jazo belgilangan.

Mamlakatimizda shaxsni muhofaza qilish, jamiyatdagi aloqalar tizimi orqali amalga oshiriladi. SHaxsni, uning huquqlariga qarshi tajovuzlardan himoya qilishda jinoiy qonunchilik muhim ahamiyat kasb etadi.

JPK jinoiy ishlarni yuritishda tergov va sud jarayonining tartiblarini belgilaydi.

Ekspertiza belgilanadi: dastlabki tergov yoki sud jarayonida fan, texnika, san'at va hunarmandchilikda maxsus bilimlar lozim deb topilganda. Ushbu masalalarni hal etish uchun jalb qilinadigan shaxslar ekspertlar deb nomlanadilar. Sud-tibbiy ekspertiza surishtiruvchi, tergovchi qarori yoki sudning ajrimiga asosan o'tkaziladi. Sud-tibbiy ekspertning protsessual faoliyati O'zbekiston Respublikasi jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslarida aks ettirilgan. Uning protsessual faoliyati esa sud-tibbiy ekspertiza o'tkazish to'g'risidagi “Yo'riqnoma” va “Qoidalar” bilan belgilab qo'yilgan.

Ekspert xulosasi dalillardan biri hisoblanib, ekspertning mutaxassislik bilimlariga tayanib, har tomonlama o'tkazilgan ob'ektiv tekshirishlar asosida tuziladi va ekspertning bergan xulosasi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasida sud tibbiyoti ekspertining huquqiy holati. Qisqacha tarix. Sud tibbiyoti-fan nomlanishi sifatida 1690 yil Bon tomonidan kiritilgan. Sud tibbiyoti tibbiyotning bir sohasini tashkil etadi. Sud tibbiyotida turli tekshirish usullari qo'llaniladi. Ularning asosiy qismi sud tibbiyoti uchun xos hisoblanadi. Sud tibbiyotining shakllanishi qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimiy Rimda eramizdan avvalgi 44 yilda, YUliy TSezar murdasini tekshirgan saroy shifokori 23 ta yara borligini va ulardan bittasi o'limga olib kelganligini ta'kidlagan.

Abu Ali ibn Sinoning sud tibbiyotiga oid tadqiqotlari murdani tekshirish, travmatologiya, toksikologiya, ashyoviy dalillarni tekshirish sohalarida aniqlangan.

Murdani sud tibbiyotiga oid tekshirish uchun ruxsat olish katta ahamiyat egallagan. XIV asrda Frantsiyaning Monpelьe shahrida murdani tekshirish uchun birinchi marta ruxsat berilgan.

Osiyoning ayrim mamlakatlarida (Xitoy, YAponiya, Koreya) sud tibbiyoti XIII asrdan rivojlana boshlagan. 1927 yilda Xitoyda sud tibbiyoti bo'yicha “Si YUanь Lu” traktati chop etilgan. XVI asr oxirlarida Frantsiyada birinchi marotaba Ambruaz Parening sud tibbiyotiga oid maqolalari chop etildi. XVII asrning oxirlarida bir qator sud-tibbiy bayonotlar chop etildi. Sud tibbiyotining ilmiy rivojlanishida Pare, Fidelis va Zakxiasning maqolalari asos soldi.

1683 yilda SHreyer tomonidan go'dakning tirik tug'ilganligini aniqlash maqsadida Galenning “o'pka sinamasi” qo'llanildi. XIX-XX asrlarda sud tibbiyotiga katta hissa qo'shgan olimlar etishib chiqdi.

Sud tibbiyoti va sud-tibbiy ekspertizaning O'zbekistonda shakllanishi va rivojlanishi. Sud tibbiyoti O'zbekistonda huquq amaliyoti talablariga javoban paydo bo'ldi. Abu Ali ibn Sino o'zining “Tib qonunlari” kitobida turli yo'nalishlarni yoritgan, shuningdek uning ayrim ma'lumotlari yuz yillar davomida tergov va sud muammolarini xal etishda qo'llanildi. Ibn Sino murda belgilarining hosil bo'lish mexanizmlarini tushintirib berishga harakat qilgan. Uning maqolalarida o'limning ikki kategoriyaga bo'linishini ko'rish mumkin. Ibn Sino o'z tadqiqotlarida zaharlanish holatlarida zaharning dozasi, miqdori, sifati, tozaligi va yuborish yo'liga bog'liqligini ko'rsatgan. SHuningdek suyak qoldiqlaridan shaxsni identifikatsiyalash haqidagi ta'limotlarni topish mumkin.

O'zbekistonda sud tibbiyoti va sud-tibbiy xizmatning tashkil topishi, shakllanishi va rivojlanishi sud tibbiyoti kafedralarining tashkil etilishi bilan chambarchas bog'liq.




Yüklə 325,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin