maqsadi va motivi jinoyatni kvalifikasiyasi uchun ahamiyat kasb etmaydi.
Zarar kreditorlarga, shuningdek, davlatga majburiy to`lovlarni va
yig`imlarni to`lash bo`yicha yetkaziladi. Shuni alohida etiborga olish
lozimki, qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sog`lig`iga zarar
yetkazilganligi uchun mulkiy javobgar bo`lsa, ayni shu fuqaro,
shuningdek, o`z ishtirokidan kelib chiqadigan majburiyatlar bo`yicha
qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) kreditorlar
hisoblanishmaydi
1
.
Aybdorning qilmishini, agar uning harakatlari bilan kelib chiqqan
ko`p miqdorda zarar yetkazish kabi oqibat o`rtasida sababiy bog`lanish
mavjud bo`lsagina, sharhlanayotgan ushbu modda bo`yicha kvalifikasiya
qilish mumkin.
Subyektiv tomondan
jinoyat to`g`ri yoki egri qasd bilan sodir etilishi
mumkin. Shaxs qarzdor tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor bankrot
holatidaligini va uning sodir etgan harakatlari huquqqa xilofligini anglab
yetadi, ko`p miqdorda zarar yetkazishi mumkinligini ko`ra biladi va buni
xohlaydi yoki anglagan holda sodir etilishiga yo`l qo`yadi yoxud uning
oqibatiga befarq qaraydi.
Jinoyat motivlari g`arazli, bazida boshqacha bo`lishi mumkin, lekin
jinoiy qilmish kvalifikasiyasiga tasir etmaydi. Bankrotlikni yashirganligi
uchun mansabdor shaxs mukofotlangan bo`lsa, uning qilmishi jinoyatlar
majmui tariqasida JK 181 va 210-moddalari bo`yicha kvalifikasiya
qilinishi kerak.
Xo`jalik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) istalgan
tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tashkil
etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, belgilangan
tartibda ro`yxatdan o`tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir
2
.
Jinoyat
Dostları ilə paylaş: