etish choralarining yangi turlari: soliq, antimonopoliya nazorati va
boshqalar kelib chiqadi.
Xo`jalik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan kelib chiqadigan
munosabatlar qandaydir itoat etish yoki hukmronlik qilishga qaratilgan
emas, balki tovar ayirboshlash, korxonalarning va regionlarning o`zaro
tovar shaklida bo`lmagan harakatidir. Shuningdek, bu to`liq xo`jalik
yuritish, operativ boshqarish munosabatlari bo`lib, ayirboshlash jarayonida
aniq, o`zaro xattiharakat sifatida namoyon bo`ladi. Masalan, korxona o`z
fondini tashkil etadi, mehnatga haq to`lash tizimini ishlab chiqadi va tatbiq
etadi, asbobuskunalardan foydalanishni tashkil etadi va h.k. Fuqarolar
xo`jalik faoliyatini amalga oshirishda ishlab chiqarish vositalari,
materiallar, xom ashyoga ega bo`ladi va ularni belgilangan tartibda ishlab
chiqarish, tovar ayirboshlash jarayonida qo`llaydi, harajat qiladi. Shundan
bir savol paydo bo`ladi. Bozor iqtisodiyot munosabatlariga o`tish
sharoitida bir tarmoqli boshqarishda vertikal va gorizontal aloqalarni
birlashtirish maqsadga muvofiqmi? Yuridik adabiyotlarda hozir ham
vertikal munosabat majburiy-huquqiy tartibga solishga doir, degan fikrlar
mavjud. Bu fikrlar ularni har xil munosabat deb hisoblashga asos
bo`lmaydi.
Ular
hammasi
iqtisodiy
mazmuni
bilan
birlashgan
munosabatdir. Malumki, tadbirkorlik faoliyati davlat tasiri chorasi bilan
ham rivojlanadi. Demak, yuqoridan quyiga (vertikal) va yon atrofdagi
gorizontal munosabatlar bu yagona xo`jalik muomalasi, takroriy ishlab
chiqarish
jarayonidan
tashkil
topadigan
iqtisodiy
munosabatlar
yig`indisidir.
Shunga ko`ra xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi, huquq tizimi sohalaridan
biri
bo`lib,
mamlakatimizda
bozor
iqtisodiy
munosabatlariga
bosqichmabosqich borishda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan,
xo`jalik subyektlari o`rtasidagi yuqoridan quyiga (vertikal) va yon atrofga
(gorizontal) bo`ladigan xo`jalik (tadbirkorlik) munosabatlarini tartibga
soluvchi va bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish chora-
tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig`indisidan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: