2-§. Istemolchilarning huquq va manfaatlarini
insofsiz raqobatdan himoya qilish
Insofsiz raqobat nafaqat xo`jalik yurituvchi subyektlarning, balki
istemolchilarning ham huquq va manfaatlariga salbiy tasir ko`rsatadi.
Insofsiz raqobatni amalga oshirish shakllaridan kelib chiqqan holda iste-
molchilarning huquq va manfaatlariga bevosita hamda bilvosita zarar
yetkazilishi mumkinligini anglash mumkin.
Bevosita deyilishiga sabab, bunda insofsiz raqobatchi o`zining
noqonuniy harakatlari bilan to`g`ridan-to`g`ri istemolchining huquq va
manfaatlariga zarar yetkazadi. Masalan, u boshqa xo`jalik yurituvchi
subyektning individuallashtirish vositalari (tovar yoki xizmat belgilari)dan
noqonuniy foydalanib, o`zining tovarlarini sotadi. Natijada istemolchi
aldanadi, chunki tovardagi belgi obro`li xo`jalik yurituvchi subyektniki
bo`lgani bilan, tovarning sifati tegishli darajada bo`lmasligi mumkin.
Bundan tashqari, tovarning xususiyati, uni tayyorlash usuli va joyi, istemol
www.ziyouz.com kutubxonasi
xossalari hamda sifati xususida istemolchilarni chalg`itish ham ularning
huquqlarini to`g`ridan-to`g`ri buzilishiga olib keladi.
Bilvosita deyilishiga sabab shuki, bunda istemolchining huquq va
manfaatlariga zarar yetkazish to`g`ridan-to`g`ri emas, balki insofsiz
raqobatchi tomonidan boshqa xo`jalik yurituvchi subyektlarning huquq va
manfaatlariga zarar yetkazish orqali amalga oshiriladi. Masalan, insofsiz
raqobatchi boshqa xo`jalik yurituvchi subyektga zarar keltiradigan yoki
uning tadbirkorlik obro`siga putur yetkazadigan yolg`on malumotlarni
tarqatib yoxud yangi xo`jalik yurituvchi subyektlarni tovarlar va xizmatlar
bozoriga kirishlariga to`sqinlik qilib raqobatni sustlashtiradi. Natijada
bozorda narxi arzon va sifati yaxshi tovarlar kamayib ketadi. Ushbu hol
esa istemolchilarning manfaatlariga salbiy tasir ko`rsatmay qolmaydi.
Raqobat hamda monopolistik faoliyatni cheklash bilan bog`liq
munosabatlarda istemolchilarning doirasi keng bo`lib, ularni quyidagi ikki
guruhga ajratish mumkin:
birinchisi, fuqarolar, yani jismoniy shaxslar;
ikkinchisi, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxslar.
Istemolchilarni ikki guruhga ajratilishining sababi, ularning huquq va
manfaatlari turli qonunlar bilan himoyalanganidadir. Masalan, fuqarolarni
istemolchi sifatida huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bog`liq
munosabatlar asosan O`zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 apreldagi
«Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi qonuni
1
bilan
tartibga solinadi. Mazkur qonun insofsiz raqobatda ham istemolchilarning
huquqlari himoya etilishini belgilab qo`ygan. Masalan, ushbu qonunga
muvofiq istemolchining asosiy huquqlaridan biri tovar (ish, xizmat)
haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) haqida to`g`ri va to`liq
malumot olishdir. Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) esa, o`z navbatida,
istemolchiga o`zi realizasiya qilayotgan tovar (ish,xizmat)lar haqida o`z
vaqtida zarur, to`g`ri va tushunarli malumot berishi shart.
Tovar (ish,xizmat) haqida noto`g`ri yoki yetarli darajada to`liq
bo`lmagan malumotning berilishi zarur istemol xossalariga ega bo`lmagan
tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo`lsa, istemolchi shartnomani
bekor qilishga va o`ziga yetkazilgan zararni to`la miqdorda qoplanishini
talab qilishga haqli. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi
organga esa istemolchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni
bartaraf
etish
to`g`risida
ishlab
chiqaruvchilarga
(sotuvchilarga)
ko`rsatmalar yo`llash vakolati berilgan. Agarda ishlab chiqaruvchilar
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлиси Axбoрoтнoмaси, 1996 йил, 5-6 сoн, 59-мoддa.
www.ziyouz.com kutubxonasi
(sotuvchilar) mazkur ko`rsatmalarni bajarishdan bo`yin tovlashsa yoki o`z
vaqtida bajarishmasa ushbu organ tomonidan jarimaga tortilishlari
mumkin. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi organ
istemolchilarning huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etish huquqiga
ham ega. Istemolchi sifatida xo`jalik yurituvchi subyektlar (yakka
tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar)ning huquq va manfaatlarini
insofsiz raqobatdan himoya qilish O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksi
hamda
«Xo`jalik
yurituvchi
subyektlar
faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida»gi qonuni bilan amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |