Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Tashkilot (organ) ma’muriyatining hukmni ijro etish borasidagi



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110
25.04.1997 (1)

-modda. Tashkilot (organ) ma’muriyatining hukmni ijro etish borasidagi 
majburiyatlari 
Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari o‘taladigan joydagi (obyektdagi) 
tashkilotning (organning) ma’muriyati: 


majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil 
etishi; 
ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni ta’minlashi; 
mahkumlarni jazoni o‘tash soatlariga mos bo‘lgan ish hajmi bilan ta’minlashi; 
mahkumlar tomonidan o‘zlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni 
amalga oshirishi;
jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular 
bajargan ishlarning sifati va mahkumlarning xulq-atvori haqida ma’lumotlar taqdim etishi;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan taqdirda, 
ularga qonunchilikda belgilangan tartibda zararning o‘rnini qoplash choralarini ko‘rishi shart. 
(25
4
-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy 
jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqida nizom”ning 
26-bandi

25
5
-modda. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxsning majburiyatlari 
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs: 
sudning hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida 
yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasida hisobga turishi; 
majburiy jamoat ishlarini bajarish va o‘tash shartlariga rioya etishi; 
o‘zi uchun belgilangan joyda (obyektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining 
belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi; 
majburiy jamoat ishlarini o‘tash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning (organning) ichki 
mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi; 
yashash joyi o‘zgarganligi haqida jazolarni ijro etish inspeksiyasini xabardor qilishi, 
shuningdek uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy 
jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqida nizom”ning 
28-bandi


Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin