2-BOB. MAHKUMLARNING HUQUQIY HOLATI 8-modda. Mahkumlar huquqiy holatining asoslari Mahkumlar, ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar
inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar,
erkinliklarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan
huquqlar, erkinliklarga ega bo‘lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. Mahkumlarga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-
qimmatini kamsituvchi muomala yoxud jazo turlarining qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091- son) Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va
shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksining 9 — 13 , 19 , 25 , 29-moddalari , 56-moddasining uchinchi qismi , 57- moddasining ikkinchi qismi , 60-moddasining oltinchi qismi , 75 — 82 , 84 — 87-moddalari , 88-moddasining to‘rtinchi , sakkizinchi qismi , 90-moddasining beshinchi qismi , 91-moddasi , 92-moddasining ikkinchi qismi , 96-moddasining ikkinchi qismi , 100 , 107-moddalari , 109-moddasining oltinchi qismi , 114-moddasi , 115- moddasining uchinchi qismi , 117-moddasining ikkinchi , uchinchi qismlari , 119-moddasining ikkinchi , uchinchi qismlari , 121-moddasining ikkinchi , uchinchi qismlari , 123-moddasining ikkinchi , uchinchi qismlari , 125-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlari , 130 — 133 , 137 , 140-moddalari , 149-moddasining to‘rtinchi qismi , 150 — 154-moddalari , 164-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlari , 172 , 177 , 185-moddalari , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasi .