Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Xizmat bo‘yicha cheklash vaqtida pul ta’minotidan chegirib qolish



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   110
25.04.1997 (1)

143-modda. Xizmat bo‘yicha cheklash vaqtida pul ta’minotidan chegirib qolish 
Sud hukmi bilan xizmat bo‘yicha cheklangan harbiy xizmatchining pul ta’minotidan 
chegirma lavozim va harbiy unvonga doir maoshdan hisoblab chiqariladi. 
144-modda. Tarbiyaviy ish 
Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar bilan ular sodir 
etgan jinoyatning xususiyatini, ijtimoiy xavflilik darajasini va mahkumning shaxsi, shuningdek xulq-
atvori hamda harbiy xizmatga munosabatini inobatga olgan holda tarbiyaviy ish olib boriladi. 
145-modda. Mahkumning xizmat vazifasini o‘zgartirish 
Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazo muddati mobaynida mahkum harbiy 
xizmatchining lavozimi va harbiy unvoni oshirilishi mumkin emas. 
Komandir (boshliq) qaroriga binoan mahkum harbiy qism doirasida yoki boshqa qismga 
ko‘chirilgan holda boshqa teng lavozimga o‘tkazilishi mumkin. 
146-modda. Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini tugatish 
Xizmat bo‘yicha cheklash muddati tugashidan kamida uch kun oldin komandir (boshliq) 
jazo ijrosi tugatiladigan sanani ko‘rsatib buyruq chiqaradi. 
Buyruq nusxasi hukm chiqargan sudga yuboriladi. 


147-modda. Harbiy xizmatdan bo‘shatilganda jazoni almashtirish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Xizmat bo‘yicha cheklashga hukm qilingan shaxs hukmda belgilangan jazo muddati 
tugaguniga qadar qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin. 
Bunday holda komandir (boshliq) jazo muddatining o‘talmay qolgan qismini boshqa jazo bilan 
almashtirish yoki jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun materiallarni sudga 
taqdim etadi. 
(147-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 
Qonunining 
29-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida 
nizomning 
10-bobi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
(148-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son 
Qonuniga 
asosan 
o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin