X alqaro nordik universiteti



Yüklə 42,95 Kb.
səhifə3/5
tarix02.05.2023
ölçüsü42,95 Kb.
#106286
1   2   3   4   5
esse

Estetika – insonlarni voqyelikka, san'atga estetik munosabatlarni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat kiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta'siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O‘sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni pedagogikaga o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chikishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi.
Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik jarayonlarining qonuniyatlari haqidagi ma'lumotlar muhimdir. Shunga ko‘ra pedagogikaning psixologik fani bilan bog‘liqligi an'anaviy tus olgan.

Hozirgi zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, avvalo u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog‘lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o‘rin tutadi.


Umumiy pedagogika guruhi – uzluksiz ta'lim jarayonining o‘ziga xosligini asoslab beruvchi – oila pedagogikasi, maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta'limi pedagogikasi, oliy ta'lim pedagogikasi, maxsus pedagogika degan tarmoqlarga bo‘lingan.



Yüklə 42,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin