9
foydalanganlar. Bu yozuv fanda “turkiy-run” yozuvi deb ham yuritiladi. Enisey
daryosi qirg’oqlaridagi O’rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus xizmatchisi
Remezov XVIII asrning oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt mobaynida
olimlar bu yodgorliklarni o’qiy olishmagan.
1892-1893-yillarda daniyalik olim
Vilgeli Tomson, rus olimi V.V.Radlov
yodgorlikdagi yozuvlarni o’qishga muyassar bo’ldilar. O’rxun-Enisey yozuvi
turkiy xalqlarning eng katta markaziy yodgorligi hisoblanadi.
VII-VIII asrlarda O’rta Osiyo arablar tomonidan istelo qilindi. Shu davrdan
boshlab O’rta Osiyo jumladan o’zbek xalqi ham arab yozuvidan foydalanila
boshlandi. Xalqimiz bu alifbodan 1200 yil foydalanildi.
Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab bo’lishi bilan birga, o’zbek tilining
tovushlarini to’la ifoda eta olgan edi. Shu jihatlarini e’tiborga olgan ilg’or fikrli
kishilar arab alifbosi yuzasidan o’z fikrlarini bildirishga xarakat qilganlar.
Chunonchi, Bobur o’zining “Xatti Boburiy” yozuvini yaratdi. Ammo bu yozuv
amaliyotda joriy qilinmadi.
1926-yil iyun oyida O’zbekiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasining lotin harflari
asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.
O’zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o’zbek alifbosiga
o’tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to’liq amalga oshirildi. Ammo bu
yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940 yil 8 mayda amaldagi o’zbek yozuvi
yangi alifboga o’tish haqidagi yangi alifboga o’tish haqidagi qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik e’lon qilinganidan so’nglotin yozuvi
asosidagi o’zbek alifbosi masalasini o’rtaga qo’ydi. Bu masala O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi 12 chaqiriq 13-
sessiyasida muhokama qilinib “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy
etish to’g’risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorni amaliyotga joriy qilish
borasida qizg’in ishlar olib borildi. “O’zbek tilini asosiy imlo qoidalari”ni
xozirlash jarayonida alifbodagi ayrim harflar ularning shakllari yuzasidan fikr
mulohazalar paydo bo’ldi. Mana shular asosida “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek