7
Yozuv zamon va masofa jihatidan og’zaki nutqqa nisbatan ustunlikka ega.
Texnikaning rivoji (telefon, telegraf, radio, televizor,internet) natijasida undagi
ustunlik masofa jihatidan zaiflashdi, lekin zamon e’tibori bilan yozuv hali ham
ogzaki nutqdan ustun XIX-XX asr boshlarida topilgan va deshifrovka qilingan juda
ko’p yodgorliklar yozuvning paydo bolishi va tarixiy taraqqiyotini yoritish
imkonini berdi. Fanning bu yutug‘i yozuv tarixini tilshunoslik fanining mustaqil
bir bo’limi sifatida ajratishga olib keldi.
1. Turli tipdagi Misr iyeogliflari. Bu tur yozuvi XIX-asrning 20-yillarida
fransuz olimi Shampalon tomonidan o’qilgan, XIX-asrning 70-90 yillarida Evans
o’qigan qadimgi Kput surat yozuvlari va Semq o’qigan Kipr surat yozuvlari ham
Misr surat yozuvlari tipiga kiradi.
2. Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda
yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro - ovavilon, elom,
xala, xet-kappodokiya, fars tillariga moslangan). Bu tur yozuvlar XIX-asr
boshlarida deshifrovka qilina boshlanib, XX-asrning 10-yillarida tugallandi.
3. Somiy xalqlarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining eng
qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari XIX-
asring 60-70-yillarida va XX-asrning 20-ylllarida topilgan). Janubiy arab, oramey
yozuvlari (qadimgi namunalari XIX-asrning 60-70 yillarida topilgan). Ko’pchilik
mutaxassislarning fikricha, qadimgi uyg’ur va urxun-enesey yozuvlari ham aslida
oramey yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni 19-asrning 90-yillarida tilshunos
olimlari V.Tomsen va V.Radlov deshifrovka qilganlar.
4. Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida varianti va
boshqa turli variantdagi bu yozuv turlari bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar XVIII
asrdayoq ilm axliga ma’lum bo’ladi va ularning grammatik jihatdan o’rganilishi
XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga katta yordam ko’rsatdi.
Yozuvning eng qadimgi shakli piktografiyadir. Bu yozuv asosan Amerika
indeeslarida aloqa quroli sifatida qo’llanilgan. Chunki ularning til xususiyatlari
shunga mos edi. Bu yozuv qadimiy bo’lgani uchun unda ideografik yozuv bilan bir
8
qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari bor. Masalan, toshbaqaning rasmi
quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni shartli belgi vazifasini o’tagan. Chunki
quruqlik tushunchasini yozuvda ideografiya bilan berish qiyin edi.
Hayotiy ehtiyoj bora-bora yozuvni soddalashtirdi va tasvirlangan predmet
bilan yozuv shakli o’rtasidagi o’xshashlik yo’qoldi, belgi so’zning simvoli bo’lib
qoldi. Bu xitoy, misr, shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos xususiyatdir.
Papirus yozish uchun maxsus tayyoqcha va bo’yoqning kashf etilishi
yozuvni takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug’dirdi. Hozir yer yuzida
quyidagi besh yozuv asosida tuzilgan yozuv sistemalari tarqalgan.
1) Latin yozuvi (dunyo axolisining 30% ga yaqini foydalanadi); 2) fonetik
arab yozuvi (10% ga); 3) Slavyan-kirill yozuvi (10% ga yaqini); 4) grafik-xitoy
yozuvi (25% ga yaqin); 5) bo’g’inli xind yozuvi (20% ga yaqini) qolgan boshqa
yozuv sistemalari (yunon, yaxudiy, efiopiya, gruzin, arman yozuvlari va bulardan
dunyo axolisining 5% ga yaqini foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: