R-n o‘tish toklari. energiyaga ega bo‘lgan ko‘pgina zaryad tashuvchilar (1.1- rasmga qarang) r-n o‘tish orqali qo‘shni sohalarga diffuziya hisobiga r-n o‘tish maydoniga qarama–qarshi ravishda siljiydilar. Ular diffuziya tokini yuzaga keltiradilar. Asosiy zaryad tashuvchilarning r-n o‘tish orqali harakati bilan bir vaqtda, r-n o‘tish ular uchun tezlatuvchi bo‘lib ta’sir ko‘rsatayogan maydon ta’sirida asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar ham harakatlanadilar. Asosiy bo‘lmagan zaryad tashuchilar oqimi dreyf tokini yuzaga keltiradi. Tashqi maydon ta’sir ettirilmaganda dinamik muvozanat o‘rnatiladi, ya’ni diffuziya va dreyf toklarining absolyut qiymatlari teng bo‘ladi. Lekin diffuziya va dreyf toklari o‘zaro qarama–qarshi yo‘nalishda yo‘nalganligi uchun, r-n o‘tishdagi natijaviy tok nolga teng bo‘ladi.
2.2. R-n o‘tishning to‘g‘ri ulanishi
Agar r-n o‘tishga tashqi kuchlanish manbai U ulansa, u holda muvozanat sharti buziladi va tok oqib o‘ta boshlaydi. Agar kuchlanish manbaining musbat qutbi r-turdagi sohaga, manfiy qutbi esa n-turdagi sohaga ulansa, bunday ulanish to‘g‘ri ulanish deb ataladi (2.2 - rasm).
2.2 – rasm.
Kuchlanish manbaining elektr maydoni kontakt maydon tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, shu sababli r-n o‘tishdagi natijaviy maydon kuchlanganligi kamayadi. Maydon kuchlanganligining kamayishi potensial to‘siq balandligini kuchlanish manbai qiymatiga kamayishiga olib keladi: UK = U0. Bu vaqtda r-n o‘tish kengligini ham kamayishini ko‘rish mushkul emas.
Potensial to‘siq balandligining kamayishi shunga olib keladiki, r-n o‘tish orqali harakatlanayotgan asosiy zaryad tashuvchilarni soni ham ortadi, ya’ni diffuziya toki ortadi. Har bir sohada ortiqcha asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi yuzaga keladi – n-sohada kovaklar, r-sohada elektronlar. Biror yarim o‘tkazgich sohasiga asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarni siqib kiritish jarayoni injeksiya deb ataladi.
Kuchlanish o‘zgarishi bilan diffuziya tokining o‘zgarishi eksponensial qonun asosida ro‘y beradi:
(2.1)
bu yerda I0 – dreyf toki bo‘lib, uni r-n o‘tishning teskari toki deb ham atashadi.
To‘g‘ri kuchlanish berilganda potensial to‘siq balandligiga teskari tok ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki bu tok faqat r-n o‘tish orqali birlik vaqt ichida tartibsiz issiqlik harakati tufayli olib o‘tilayotgan asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarning soni bilan belgilanadi. Diffuziya va dreyf toklari bir-biriga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi, shu sababli r-n o‘tish orqali oqib o‘tayotgan natijaviy (to‘g‘ri) tok (2.1) dan kelib chiqqan holda
. (2.2)
I0 toki germaniyli r-n o‘tishlarda o‘nlab mkA yoki kremniyli r-n o‘tishlarda nanoamperlarni tashkil etadi va temperatura ortishi bilan kuchli ravishda tok ham ortadi. Lekin I0 qiymatidagi katta farq ta’qiqlangan zona kengligi bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |