1. Bul algebrasi amallarini sanab bering. Ular haqiqiylik jadvali orqali qanday ifodalanadilar ? 2. HAM, YoKI, EMAS mantiqiy elementlari (ME) shartli belgisini keltiring. 3. Funksional to‘liq tizim nima ? 4. O‘zgaruvchilarni kirish-chiqish turiga ko‘ra mantiqiy qurilmalarning sinflanishini keltiring. 5. Negiz mantiqiy elementlar qanday parametrlar bilan ifodalanadi? 6. Kirish bo‘yicha birlashtirish koeffitsienti va chiqish bo‘yicha tarmoqlanish koeffitsientlari nimani ifodalaydi va ularning qiymatlari nimaga teng ? 7. ME xalaqitlarga bardoshlik sohalari nima bilan aniqlanadi ? 8. TTMda bajarilgan 3HAM-EMAS negiz elementi sxemasini keltiring va ishlash prinsipini tushuntiring. 9. Nima sababli TTM sxema chiqishida murakkab invertor qo‘llaniladi? 10. TTMSh sxemalarda diodlar va Shottki tranzistorlarining vazifasi nimada ? 11. EBM ME ishlash prinsipini izohlab bering. 12. MDYa – tranzistorlar asosida yasalgan sxemalar qanday xossalarga ega ? 13. Bir turdagi MDYa – tranzistorlarda bajarilgan kalit sxemasini keltiring va uning ishlash prinsipini tushuntiring. 14. Bir turdagi MDYa – tranzistorlarda bajarilgan 3HAM-EMAS va 3YoKI-EMAS amallarini bajaruchi sxemalarni keltiring va ularning ishlash prinsiplarini tushuntiring 15. Komplementar MDYa – tranzistorlarda bajarilgan kalit sxemasini keltiring 16. Komplementar MDYa – tranzistorlarda bajarilgan 3HAM-EMAS va 3YoKI-EMAS amallarini bajaruvchi sxemalarni keltiring. 17. I2M ME xossalari nimadan iborat ? 18. I2M mantiqiy elementi negiz sxemasini keltiring va uning texnologiyasini tushuntiring.