4.2. Sanoat robotlarini avtomatik boshqarish tizimlari Robotlarni avtomatik boshqarish sistemalarining asosiy xususiyati shundan
iboratki, robot odam ishtirokisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri avtonom boshqariladi.
Operatorning funksiyasi robotni o‘rgatish, ishga tushirish va ishlatishni davriy
ravishda kuzatishdan iborat.
Avtomatik boshqarish sistemalarida boshqarish qonuni boshqarish
programmasi
ko‘rinishida shakllantiriladi. Bunda berilgan programmani
ishlatishning turli rejimlari bo‘lishi mumkin: o‘zgarmas programma asosida
boshqarish, ishlash sharoitiga qarab programmani adaptiv o‘zgartirib boshqarish va
robotni barilgan programma yo‘qligida boshqarish.
Birinchi avlod robotlari o‘zgarmas programma asosida ishlaydi. Bu usul
eng soda boshqarish usuli bo‘lib, ayniqsa rostlashning ochiq siklida qulaydir.
Murakkab hollarda berk boshqarish prinsipi qo‘llaniladi.
Ikkinchi avlod robotlarida adaptiv boshqarish prinsipi qo‘llaniladi. Bunday
robotlardi sezuvchan sensor qurilmalari bo‘ladi va ular tashqi muhit o‘zgarishiga
moslasha oladi.adaptiv robot uchun tashqi muhit to‘liq aniqlanmagan bo‘ladi.
Uchinchi avlod robotlarida intellektual boshqarish sistemalari qo‘llaniladi.
Bunda robotlar tashqi muhitni qabul qila oladi, uning modelini qurishi va ish
faoliyatini amalga oshirishi uchun qaror qabul qilishi imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ular odamga xos bo‘lgan, ayrim murakkab intellektual funksiyalarni
bajarishlar mumkin.
Robotlarning birinchi avlodlari sanoatda yaxshi o‘zlashtirilgan va ular juda
ko‘p sonda ishlab chiqariladi.
Robotlarning ikkinchi va uchunchi avlodlari, hozirgi vaqtda kam yaratilgan
va ular qimmat turadi. Ular ekstrimal sharoitlarda qo‘llaniladi, ya’ni odam faoliyat
ko‘rsata olmaydigan sharoitlarda ishlatiladi. Bunday robotlarni aniq
62
mashinasozlikda, elektronika sanoatida, asbobsozlikda qo‘llash bo‘yicha ishlar olib
borilmoqda.