100
lardagi ishlab chiqarish jarayoniga detallarning har bir
yangi partiyasini kiritish
bevosita tayyorgarlik ishlarini bajarish bosqichi bilan bog‘liqdir.
Tayyorgarlik ishlari bajarilgach, birinchi detal xizmat ko‘rsatuvchi personal
ishtirokida ishlovdan o‘tadi. Partiyadagi qolgan barcha detallarga avtomatik
rejimda xizmat ko‘rsatuvchi cheklangan personal ishtirokida ishlov beriladi.
Detallar keyingi partiyalarining takroriy yasalishi
personalning bevosita
ishtirokisiz amalga oshiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan ishlar qatoriga MAB lardan
tashqarida bajariladigan ishlar (zavod bo‘yicha umumiy xizmat bo‘limlari
tomonidan ishlab chiqarishni dastlabki tayyorlash, qo‘lda
bajariladigan universal
jihozda detallarga oxirgi ishlovlar berish va hokazo) kirmaydi [7].
MAB larda ko‘pnomenklaturali seriyalilik ishlab chiqarish sharoitlarida
ishlov berish jarayonida har bir jihozga detallarning
muayyan nomenklaturasi
biriktiriladi.
Bir xil turdagi stanoklardan tashkil topgan bo‘linmada detallar partiyasini
yasash vaqti partiyadagi har bir detalni yasashga ketgan vaqtlar yig‘indisi
bilan
ifodalanadi. Amalda esa ba’zi stanoklar va butun MAB dagi bekor turib qolishlar
tufayli detallarni yasash vaqti ko‘proq chiqadi, bu esa vaqtning sikldan tashqari
sarflanishiga olib keladi. Texnik sabablarga ko‘ra bekor turib qolishlarga:
nuqsonlarni yo‘qotish va ularga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishga
oid ishlar,
ba’zi stanoklarning transport sistemasi yoki MAB o‘zining to‘xtab qolishini
yo‘qotish bo‘yicha ishlar kiradi.
Ishlov berilgan detallar nazorati uch xil bo‘lishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: