121
ishlov beriladigan xom mahsulotlar va detallar yoki instrumentlar komplektlari
joylashtiriladi.
Bundan tashqari guruhli boshqarish sistemasi bilan ta’minlangan transport
robotlari texnologik jarayon bo‘yicha qo‘shni hisoblangan bo‘linmalar va sexlar
orasidagi ko‘chirish operatsiyalarini avtomatlashtirish uchun hamda omborlar va
sex bo‘linmalari yoki korxonaning ishlab chiqarish korpuslari orasidagi ko‘chirish
jarayonlari va operatsiyalarini avtomatlashtirish uchun foydalaniladi.
Vazifalariga, qo‘llanilishidagi texnologik xususiyatlariga va bajaradigan
funksiyalariga ko‘ra sanoat korxonalarida:
1)
yo‘lkasi yuqorida joylashtirilgan transport robotlari (monorelsli, fazoviy,
yoki ko‘prikli);
2)
yo‘lkasi pastda joylashtirilgan transport robotlari (pol ustili, relsli va
relssiz);
3)
yo‘lkasi kombinirlashgan usulda joylashtirilgan transport robotlari
(transport robotining tayanchlaridan bittasi yuqoridagi kran osti yo‘lkasi bo‘ylab
xarakat qilsa, ikkinchi tayanchi esa pol usti yo‘lkasi bo‘ylab yoki pol ichiga
joylashtirilgan rels bo‘ylab harakat qiladi).
Transport robotlari qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas qisqichlarga ega
bo‘lishlari mumkin. O‘z navbatida bu qisqichlar aktiv holatda va passiv holatda
bo‘lishlari mumkin. Aktiv holatda qisqichlar predmetni qisqichlashlari, kerakli
kuch bilan ko‘chirish operatsiyasi bajarilishi chog‘ida ushlab turishlari va
ko‘chirish operatsiyasi tugallangach, predmetni qisqichdan ozod qilishlari
mumkin. Passiv holatda esa qisqichlar ko‘chirilayotgan predmetni kerakli kuchsiz,
faqat quvvatlab (ushlab) turishi mumkin [7].
Dostları ilə paylaş: