X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 Robotlarning sinflanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

.
1.2. Robotlarning sinflanishi. 
Sanoat robotlari quyidagi xususiyatlari bo‘yicha sinflanadi: funksional 
vazifasi; maxsusligi; yuk ko‘tarish qobiliyati; yuritma turi; manipulyatorlar soni; 
harakatlanish joylashtirish usuli; koordinata sistemasining turi; programmalash 



usuli va boshqalar (1.1 - rasm). Universal robotlar turli xil operatsiyalarni 
bajarishga va har xil jihozlar bilan birga ishlashga mo‘ljallangan.
Maxsuslashgan
robotlar ma’lum bir aniq operatsiyani bajarishga 
mo‘ljallangan. Masalan, payvandlash, yig‘ish, bo‘yash operatsiyalari. 
Maxsus 
robotlar faqat bir konkret operatsiyani bajaradi. Masalan, texnologik 
jihozning konkret modeliga xizmat qiladi. 
Robotlar bajaradigan texnologik operatsiyaning turiga qarab asosiy 
texnologik operatsiyani bajaruvchi robotlar (masalan, texnologik payvandlash, 
bo‘yash, yig‘uv operatsiyalari) va yordamchi texnologik operatsiyani (masalan, 
olib – qo‘yish operatsiyasi) amalga oshiradigan robotlarga bo‘linadi.
Robotning yuk ko‘tarish qobiliyati manipulyatsiya qilinayotgan ob’ektning 
massasi bilan aniqlanadi va robotning bajaradigan vazifasiga bog‘liq bo‘ladi, 
hamda bir necha grammdan to bir necha ming kilogrammgacha bo‘lishi mumkin. 
Sanoat robotlari yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi: o‘ta yengil – 1 kg gacha, yengil – 10 kg dan 200 kg gacha, og‘ir – 200 
kg dan 1000 kg, o‘ta og‘ir – 1000 kg dan yuqori [1, 5]. 
Robotlarda qo‘llaniladigan yuritmalar pnevmatik, gidravlik, elektrik va 
aralash yuritmalar guruhlariga bo‘linadi. Yuqori yuk ko‘tarish qobiliyati 
robotlarning zvenolarida gidravlik yuritmalar, manipulyator qisqichlarda esa 
sodda, kichik quvvatli pnevmatik yuritmalar ishlatiladi. Ko‘pincha robotlarda bitta 
manipulyator bo‘ladi (bir qo‘lli robotlar), ammo robotning vazifasiga qarab 
robotlarda ikkita, uchta va to‘rtta manipulyator (ikki qo‘lli, uch qo‘lli, to‘rt qo‘lli 
robotlar) bo‘lishi mumkin. Erkinlik darajalar soni n bo‘yicha robotlar quyidagi 
turlarga bo‘linadi: n = 2; n = 3; n = 4; va n>4. Robotning 
harakatlanish
imkoniyati 
unda harakatlanish qurilmasi borligi yoki yo‘qligi bilan aniqlanadi. Birinchi holda 
ularni 
harakatlanuvchi
robotlar va ikkinchi holda statsionar robotlar deb ataladi. 


10 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin