7.4. Yig‘uv operatsiyalarini avtomatlashtirishda moslashuvchan robotlarning
qo‘llanishi
RTKlarning sinflanishiga ko‘ra ularning quyidagi turlari farqlanadi:
1.
Tarkibidagi sanoat robotlari (SR) yordamchi texnologik operatsiyalarni
bajaradigan RTKlar.
2.
Tarkibidagi SR yordamchi operatsiyalarni hamda asosiy texnologik
jihoz-uskunalarga xizmat ko‘rsatish buyicha operatsiyalarni bajaradigan RTKlar.
Birinchi turdagi RTKlarga yig‘uv, payvandlash, bo‘yoqlash, jilvirlash,
tozalash, nazorat qilish, transportlash RTKlari va hokazolar kiradi.
Ikkinchi turdagi RTKlarga tog‘ - konchilik ishlarida qo‘llaniladigan
burg‘ulash RTKlari, metallurgiyada qo‘llaniladigan yong‘inbardosh tayanchlarni
montaj qiluvchi RTKlar, yengil va oziq - ovqat sanoatida donali mahsulotni
qadoqlash RTKlari, tibbiyotda qo‘llaniladigan mikrojarrohlik RTKlari va
hokazolar kiradi.
Moslashuvchan robotlarning programmaviy robotlar o‘rnida qo‘llanilishi
yig‘uv RTKlarining funksional imkoniyatlarini kengaytiradi. Shunday RTKlarning
namunasi sifatida radiopriyomniklarning g‘altaklarini yig‘uvchi RTKlarni
keltiramiz (7.2- rasm).
Bu RTK tarkibidagi SR quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
-
g‘altaklar va kassetalar karkaslarini tanlash;
-
chulg‘amlar uchlarini flyuslash;
-
uchlarni payvandlash;
-
uchlarni maxsus eritmada yuvilgandan so‘ng suvda yuvish;
-
karkaslarni buriluvchi stolga qo‘yish va o‘rnatish;
-
halqalarni kiydirish;
-
buksalarni burash;
-
o‘zaklarni burab mahkamlash;
-
ekranni kiydirish;
-
g‘altakni markerlash;
-
kassetaga tayyor g‘altakni o‘rnatish-joylash.
104
7.2 - rasm. Moslashuvchan robotli RTK:
1 – yuklovchi qurilma, 2 – oraliq qurilma, 3- yuk tushiruvchi qurilma, 4 –
guruhli boshqaruv qurilmasi, 5 – rotorli stol, 6 – yuklash qurilmasi, 7 – tozalash
vannasi, 8 – payvandlash vannasi, 9 –flyuslash vannasi.
RTKdagi mexanik moslashtirish qurilmalari sifatida vibromodullar xizmat
qiladi va ular detallarni avtomatik izlash jarayonini bajaradilar.
Detallarni avtomatik tarzda yunaltirish, jamlash va donalab jo‘natib turish
uchun vibrobunkerli yuklash qurilmasi xizmat qiladi.
Moslashuvchan guruhli boshqaruv mikroEhM tomonidan amalga
oshiriladi.
MikroEhM quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1.
Yig‘uv jihoz - uskunasi ishini nazorat qilib boradi;
2.
Ijro mexanizmlari harakatlari programmalariga tezkorlik bilan tuzatishlar
kiritadi;
3.
Taktil datchiklardan kelgan informatsiyani qayta ishlab beradi;
4.
Yig‘uv pozitsiyalarida detallarning bor-yo‘qligini hamda yig‘uv sifatini
nazorat qilib boradi.
Jarayonning epchilligini, moslashuvchanligini va unumdorligini oshirish
uchun birnechta RTK qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. 3 ta RTK bazasida
radiopriyomniklar g‘altaklarini o‘rash, yig‘ish va taxlash uchun epchil-
moslashuvchan avtomatik boshqaruvi (GAU – gibkoe avtomaticheskoe upravlenie)
yaratilgan. Uning yordamida erishilgan unumdorlik – yiliga ishlab chiqariladigan
105
2,5 mln. g‘altak bilan o‘lchanadi. RTKlarda optik va taktil (teginish) datchiklardan
foydalaniladi. Ular boshqaruv sistemasini zarur informatsiya bilan ta’minlaydilar
[4, 9].
Dostları ilə paylaş: |