X. Toshmamatov, Sh. Toshboyeva «Miqdoriy analiz» fanidan o’quv-uslubiy


HCl  ning  taxminiy  0,1N  eritmasini  tayyorlash



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/93
tarix02.01.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#46931
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93
miqdoriy analiz

HCl  ning  taxminiy  0,1N  eritmasini  tayyorlash.  Xlorid  kislotaning  0,1  n. 

eritmasining  1  litrida  3,646  gr  HCl  bo’ladi.  Konsentrlangan  xlorid  kislotaning 

qancha hajmida 3,6 gr HCl borligini hisoblab chiqamiz. Solishtirma og’irligi 1,19 

ga teng bo’lgan xlorid kislota eritmasida taxminan 38% HCl bor.  

Quyidagicha  proporsiya  tuzamiz:.   

      HCl  ning 100 gr eritmasida -- 38 gr HCl bo’lsa.  

        X  gr eritmasida -------36,5 gr bo’ladi. 

        


X = 100

.

 36,5/ 38 = 9,6 



                                                      

Kislotaning  hisoblab  topilgan  og’irlik  miqdorini  hajmga  aylantirish  uchun 

uni kislotaning solishtirma og’irligiga-1,19 ga bo’lish kerak. Shunday  qilib    

                      V = 9,6/ 1,19 =  8,1 ml 

Konsentrlangan  HCl  ning  hisoblab  chiqarilgan  hajmini  8–9  ml  li  kichkina 

menzurka  yordamida  o’lchab  oling  va  katta  o’lchov  silindiridan  foydalanib,  1 

litrgacha  distillangan  suv  bilan  suyultiring,  tayyorlangan    eritmani  yaxshilab 

aralashtiring.    



Natriy  tetraboratning    0,1N  eritmasini  tayyorlash.  Ish  uchun  standart 

eritmadan  250  ml  tayyorlansa,  titrlash  uchun  yetarli  bo’ladi.  Buning  uchun  toza 

Na

2

B



4

O

7



 .

 10 H


2

O olinadi. 250 ml 0,1 N eritma tayyorlashga kerakli kristallogidrat 

massasi quyidagicha hisoblanadi: 

 

E



tuz

 = M/2 = 381,37/2 = 190,69  

 

 

m



tuz

 =  (N


.

 E 


.

V)/1000 = (0,1

.

 190,69


.

 250)/1000 = 4,767 g  

 

Analitik tarozida yangi qayta kristallangan buradan 4 ta raqamgacha aniqlik 



bilan tortib olinadi va u keng bo’g’izli voronka orqali 250 ml li o’lchov kolbasiga 

o’tkaziladi.  Song  kolbani  belgisigacha  distillangan  suv  quyilib,  tiqini  berkitiladi, 

eritma yaxshilab chayqatiladi. 

 

Tayyorlangan  natriy  tetraboratning  standart  eritmasi  titri  va  normalligi 



formulalar asosida hisoblanadi: 

T

Na



2

B

4



O

7

.



10 H

2

O



 = m/V = 4,7710/250 = 0,01908 g/ml  

N

bura



 = T

.

1000/E = 0,01908



.

 1000/190,69 = 0,1N

 

 

Kerakli  eritmani  tayyorlab  bo’lgandan  keyin  titrlashga  kirishiladi.  Buning 



uchun eng avval yuqorida aytib o’tilgan byuretka va pipetkalar yordamida hajmni 

o’lchash qoidalarini o’qib chiqing. Foydalangan byuretkalarni yaxshilab yuvung va 

byuretkada  suv  qolmasligi  uchun  uni  tayyorlangan  HCl  eritmasining  ozgina 

miqdori bilan 2 marta chayqang. So’ng byuretkani HCl eritmasi bilan to’ldiring va 

uning tagiga kolba yoki stakan qo’yib, qisqichni salgina ochish bilan byuretkaning 

uchini havo pufakchalari qoldirmasdan suyuqlik bilan to’ldiring. 

Keyin juda tozalab yuvilgan pipetka yordamida titrlangan ishqor eritmasidan 

25,00  ml  olib,  uni  konussimon  toza  kolbaga  soling:  pipetkaga  eritma  olishdan 




 

72 


oldin uni shu eritma bilan 2 marta chayqab tashlash kerak. Pipetka uchida qolgan 

oxirgi  tomchi  suyuqlikni  puflab  tushurmasdan,  pipetka  uchuni  kolba  devoriga 

tekkizib  turish  bilan  tushuring.  O’lchab  olingan  ishqor  eritmasiga  bir  yoki  eng 

ko’pi bilan 2 tomchi metilloranj  eritmasidan qo’shing. 

  

Ana  shunday  ikkinchi  kolbada  kontrol  eritma  tayyorlang.  Buning  uchun 



menzurkada  50  ml  distillangan  suv  solib,  unga  1—2  tomchi  metilloranj  qo’shing 

va och pushti rang hosil bo’lishi uchun uning ustiga byuretkadagi HCl eritmasidan 

1  tomchi  qo’shing.  Shundan  keyin  byuretkadagi  HCl  eritmasini  nol  belgiga 

keltiring.  Aniqlash  qiyin,  shuning  uchun  avval  ishqor  eritmasini  titrlash  uchun 

kerak bo’ladigan kislota eritmasining hajmini 1 ml aniqlik bilan toping. 

Birinchi  titrlashda  kolbaga  23,00  ml  HCl  qo’shilganda  kolbadagi  eritma 

pushti rangga o’tsin. 

2-titrlashda  o’shancha  miqdorda  ishqor  eritmasiga  23,00  ml  HCl  qo’shilgandan 

keyin uni tomchilatib qo’shish kerak. Agar eritma rangi haqiqatdan ham o’zgargan 

bo’lsa, oxirgi tomchi kislota ta’sirida eritma juda to’q rangga o’tadi. Bunday holda 

oxirgi  tomchi  qo’shilgan  kislota  e’tiborga  olinmaydi.  1  tomchi  HCl  ta’sirida 

eritmaning  rangi  o’zgargandan  so’ng  byuretkaga  qarab  titrlash  uchun  qancha 

kislota ketganligini yozib oling. 

Agar  byuretkadagi  suyuqlik  meniskining  pastki  qismi  byuretkaning  biror 

darajasiga  to’g’ri  kelmasa,  ml  ning  100  dan  bir  ulushlarini  chamalab  oling. 

Byuretka darajalarini yozib olishda hamma vaqt ko’zingiz suyuqlik meniski bilan 1 

xil balandlikda bo’lsin. Aniq titrlashni eng kamida 3 marta qaytarish kerak. Buning 

uchun har safar ishqor eritmasining yangi proporsiyasini olib, har safar byuretkani 

suyuqlik bilan nol belgigacha to’ldiring. 

Agar  tajriba  yaxshi  bajarilsa,  titrlash  uchun  sarf  bo’lgan  kislota  hajmlari 

orasidagi farq ml ning 100 dan 1 qismiga teng bo’ladi. Hech qachon bu farq 0,1 ml 

dan ortmasligi kerak. Agar titrlash natijalari orasidagi farq 0,1 ml dan ortiq bo’lsa, 

titrlashni  bir-biriga  mos  keladigan  3  ta  qiymat  olguncha  takrorlang  va  ulardan 

o’rtachasini oling.

   

Ish natijalarini yozish tartibi 



1-titrlash uchun sarf bo’lgan 0,1 n HCl hajmi V

1

 = 14,70 ml 



2-titrlash uchun sarf bo’lgan 0,1 n HCl hajmi V

1

 = 14,80 ml 



3-titrlash uchun sarf bo’lgan 0,1 n HCl hajmi V

1

 = 14,76 ml 



 

Sarf bo’lgan 0,1 n HCl eritmasining o’rtacha hajmi 

  

V

o’rt



(HCl) = (V

1

+ V



1

+ V


1

 )/ 3 = (14,70 + 14,80 + 14,76)/ 3 = 14,75 ml

 

 

Xlorid kislotaning o’rtacha hajmidan foydalanib ishqor eritmasining normalligi 



aniqlanadi: 

N

HCl



 .

 V

o’rt



(HCl)= N

NaOH 


.

 V

NaOH



 

 

Bu yerdan 



 


 

73 


N

NaOH


 = N

HCl


 .

 V

o’rt



(HCl)/ V

NaOH


 = 0,1011

.

 14,75 / 15 = 0,09942 N 



 

So’ng ishqor eritmasining titri hisoblanadi: 

   T

NaOH 


 =   N

NaOH


.

  

E



NaOH

 / 1000 = 0,09942

.

 40 /1000 = 0,003978 g/ml 



 

 Va nihoyat 250 ml eritma tarkibidagi NaOH massasi quyidagi formula bo’yicha 

topiladi: 

m

NaOH



 =  T

NaOH


 

V



o’lchov kolba

 = 0,0003978

.

 250 = 0,9945 g 




Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin