X. To‘xtaboyev ijodi II. Asosiy qism



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə4/8
tarix12.11.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#68682
1   2   3   4   5   6   7   8
xxudoyberdi toxtaboyev

Asar bosh qahramoni Hoshimjonning sehrli qalpoqcha yordamida turli ko‘chalarga kirib chiqishi roman syujeti qurilishida muhim o‘rin tutadi. Kichik kitobxon har narsaga qodir sehrli qalpoqcha yordam bergan taqdirda ham bilim olmasdan, biror kasb-hunarning boshini tutmasdan, hayotda o‘z o‘rnini topib, baxtli bo‘lolmasligiga ishonch hosil qiladi. Bu esa «bilim ol», «hunar o‘rgan» degan quruq pand-nasihatdan ming chandon ta’sirliroqdir.

  • Asar bosh qahramoni Hoshimjonning sehrli qalpoqcha yordamida turli ko‘chalarga kirib chiqishi roman syujeti qurilishida muhim o‘rin tutadi. Kichik kitobxon har narsaga qodir sehrli qalpoqcha yordam bergan taqdirda ham bilim olmasdan, biror kasb-hunarning boshini tutmasdan, hayotda o‘z o‘rnini topib, baxtli bo‘lolmasligiga ishonch hosil qiladi. Bu esa «bilim ol», «hunar o‘rgan» degan quruq pand-nasihatdan ming chandon ta’sirliroqdir.
  • «Sariq devni minib» asarimning jahon tillariga tarjima qilinishiga sabab – 1971 yili Italiyaning Rim shahrida bo‘lib o‘tgan jahon bolalar yozuvchilarining kengashida J.Rodarining shu asar haqida aytgan iliq gaplari bo‘lgan», – deydi adib suhbatlaridan birida.
  • Xo‘sh, adibning nomini mashhur qilgan bu asarning siri nimada?
  • Nima uchun roman aynan shunday nomlangan?
  • Shu o‘rinda, avvalo, «Sariq dev» iborasining ma’joziy ma’nosini ifodalash joiz. Nima uchun aynan «sariq»?, qora yoki oq emas?
  • Ma’lumki, sariq – nafs-olov ma’nolarini bildiradi. Xalqimizda nafsini tiya olmagan, nafsining quliga aylangan, ya’ni nafs bandalari «Nafs olovlar» deb ham ataladi.
  • Darhaqiqat, kimki nafsini tiya olmas ekan, bir kunmas bir kun, Nafs olovida kuyib kul bo‘ladi. Olov esa, tabiiyki, sariq rangdadir.
  • Ibora tarkibidagi «dev» afsonaviy yovuzlik timsoli sanaladi. Ertaklarda bayon qilinishicha, yovuz dev komiga tushgan har qanday jonzot hech qachon tirik qolmagan. Asar qahramoni Hoshimjon ham o‘z nafsiga anchagina erk beradi: Nafs deviga minib yo‘lga tushadi.

Undagi voqealar bosh qahramon Hoshimjon tili bilan sodda, aniq, qolaversa, bolalarcha o‘y-fikrlar orqali hikoya qilinadi. Hoshimjonning gap-so‘zlari va xatti-harakatida bolalarcha tafakkur tarzining saqlanishi asar syujetining yutug‘ini ta’minlashga xizmat qilgan. Romanning keng kitobxonlar ommasiga manzurligining bosh sabablaridan yana biri «sehrli qalpoqcha»ning ishtirokidir. Hoshimjon aynan sehrli qalpoqcha vositasida bir-biridan ajoyib va g‘aroyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi.

  • Undagi voqealar bosh qahramon Hoshimjon tili bilan sodda, aniq, qolaversa, bolalarcha o‘y-fikrlar orqali hikoya qilinadi. Hoshimjonning gap-so‘zlari va xatti-harakatida bolalarcha tafakkur tarzining saqlanishi asar syujetining yutug‘ini ta’minlashga xizmat qilgan. Romanning keng kitobxonlar ommasiga manzurligining bosh sabablaridan yana biri «sehrli qalpoqcha»ning ishtirokidir. Hoshimjon aynan sehrli qalpoqcha vositasida bir-biridan ajoyib va g‘aroyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi.
  • Hoshimjon sho‘x, g‘ayratli, hozirjavob, ziyrak, serfahm bola. Lekin shu bilan birga jindek ayyorligi, lofchiligi, qo‘rqoqligi, yolg‘onchiligi ham bor. Yerga ursa ko‘kka sapchiydigan kichik qahramon jo‘shqin orzularga beriladi, sehrli qalpoqcha yordamida o‘qimasdan turib odam bo‘lish mumkin deb o‘ylaydi. Hatto, bu borada maktab direktori O.Azizov va o‘qituvchisi Qobilov bilan ham ko‘p bora tortishadi. Maktab direktoriga xat yozib o‘zining o‘zlashtirishi uchun murakkab deb bilgan fanlarni o‘qimaslikni so‘raydi.
  • Hali o‘qib o‘rganmagan, ozmi-ko‘pmi hayot sirlaridan bexabar bo‘lgan Hoshimjon ko‘p hollarda mushkul ahvolga tushib qoladi. Shunday damlarda u qalpoqchaga yuzlanib «Menga aql o‘rgat, yo‘l ko‘rsat» deya iltimos qiladi, ammo do‘sti sehrli qalpoqcha «Aql sehrga bo‘ysunmaydi, bo‘yingga bo‘y qo‘shganim bilan, aqlingga aql qo‘sholmayman, baribir, o‘qib o‘rganish kerak, Hoshimjon» deb unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin