X.To‘xtaboyev qahramonlarining har biri o‘ziga xos qiyofa va gapirish manerasiga ega bo‘lsa-da, ularni adib asarlaridan asarlariga sayqal topib kelgan quvnoq va hayotbaxsh yumor birlashtirib turganini ilg‘ash qiyin emas. «Rostini aytsam, – deydi Hoshimjon, – o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. Aqlu hushim joyida, odobim ham chakki emas, oltinchi sinfning intizomli o‘quvchilaridanman. Bir xil, haligi sho‘x bolalarga o‘xshab, kun bo‘yi ko‘cha changitib yurmayman. Yashirib nima qilaman, ko‘cha changitib yurgandan ko‘ra komandaga bo‘linib olib, to‘p tepgan yoki holiroq joyga, masalan, oying harchand chaqirsa ham ovozi yetmaydigan joyga borib olib chillak o‘ynagan ming marta yaxshi».

«Belim sal bukikroq, – deb o‘zini tanishtiradi «Besh bolali yigitcha» romanining qahramoni Orifjon, – buni o‘zim tan olaman, ukalarimni ko‘taraverib shunaqangi bo‘lib qolganman. Bo‘yim ham tengqurlarimga qaraganda sal pastroq, buni ham inkor qilmayman. Men yuqoriga qarab o‘saman deganimda ukalarim yelkamga minib olib, pastga qarab bosishavergan. Shuning uchun pakanaroq bo‘lib qolganman. Besh bolali deyishlariga ham, rostini aytsam unchalik jahlim chiqmaydi. Nega desangiz, chindan ham roppa-rosa beshta ukam bor. Beshovini ham o‘zim katta qilganman, oyijonim traktorchi, urush boshlangandan buyon kechasiyu kunduzi dalada».

XX asr boshlarida o‘lka tarixiga «Namoz botir», «Namoz polvon» nomlari bilan chuqur iz qoldirgan Namoz Pirimqul o‘g‘li /1865-1907/ tarixiga doir «Qasoskorning oltin boshi» romani ham adib ijodida muhim o‘rin tutadi.
A.Qodiriy asar yozishni orzu qilgan, Anna Almatinskayaning «Zulm» trilogiyasi, Izzat Sultonning «Noma’lum kishi» dramasidan mashhur Namoz botir timsolini muallif alohida mehr-muhabbat bilan tasvirlaydi.