X000b toshkent Farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiya fakulteti Sanoat farmatsiya yo’nalishi 206-b guruh talabasi Aslbek Tangriberdiyevning Mikrobiologiya fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi. Tekshirdi: Shokirova Dinara
Toshkent Farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiya fakulteti Sanoat farmatsiya yo’nalishi 202 a guruh talabasi Sultonova Madinabonuning ”Axborot texnalogiyalari va jarayonlarini matematik modullashtirish” fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi. Tekshirdi:Shokirova Dinara
Mavzu: MatCad Dasturi imkoniyatlari.mioterapevtik preparatlar. Reja: 1.MatCad dasturi imkoniyatlari va interfeysi. 2.Matematik ifodalarni qurish va hisoblash. 3..Diskret o’zgaruvchilar va sonlarni formatlash
1.MatCad dasturi imkoniyatlari va interfeysi. Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy, etarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir. Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning unikal kollekцiyasidir. U o’z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan.
Mathcad paketi muхandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo’lib, u professional matematiklar uchun mo’ljallangan. Uning yordamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni echish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan echimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni echish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega.
Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o’хshash. Mathcad ishgatushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi: Standart(Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatikravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlarto’plamini o’z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha birnecha buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z ichiga olganbo’lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchunqo’llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va uning matematik panel vositalariko’rsatilgan
Mathcad paketi oynasi va uning matematik panel vositalari.
Matematik ifodalarni qurish va hisoblash Boshlang’ich holatda ekranda kursor krestik ko’rinishda bo’ladi. Ifodani kiritishda ukiritilayotgan ifodani egallab olgan ko’k burchakli holatga o’tadi. Mathcadning har qandayoperatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin: • menyu buyrug’idan foydalanib; • klaviatura tugmalaridan foydalanib; • matematik paneldan foydalanib. O’zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori “:=” ishlatiladi. Hisoblashlarniamalga oshirish uchun oldin formuladagi o’zgaruvchi qiymatlari kiritiladi, keyin matematik ifoda yozilib tenglik “=” belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo’ladi.
Oddiy va matematik ifodalarni tahrirlashda menyu standart buyruqlaridan foydalaniladi.
Oddiy va matematik ifodalarni tahrirlashda menyu standart buyruqlaridan foydalaniladi.
Tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin, masalan
kesib olish – Ctrl+x;
nusхa olish – Ctrl+c;
qo’yish – Ctrl+v;
bajarishni bekor qilish – Ctrl+z.
Oddiy matematik ifodalarni hisoblash.
Mathcad 200 dan ortiq o’zida qurilgan funksiyalariga ega bo’lib, ularni matematikifodalarda ishlatish uchun standart panel vositasidagi Insert Function (Funksiyani qo’yish)tugmasiga bog’langan muloqot oynasidan foydalaniladi. Mathcad hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Insert→Text Region(Qo’yish→Matn maydoni) buyrug’ini berish yoki yaхshisi klaviaturadan ikkitali kavichka (“)belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma’lumotini kiritish uchun ekranda matn kiritish maydonipaydo bo’ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani yozish uchun matematik maydonniham qo’yish mumkin. Buning uchun shu matn maydonida turib Insert→Math Region(Qo’yish→Matematik maydoni) buyrug’ini berish kifoya. Bu maydondagi kiritilgan matematik ifodalar ham oddiy kiritilgan matematik maydon kabi hisoblashni bajaradi.
Mathcadda foydalanuvchi funksiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va uning
Mathcadda foydalanuvchi funksiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va uning
effektivligini oshiradi. Funksiya chap tomonda ko’rsatilib, undan keyin yuborish operatori (:=) va
hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan o’zgaruvchi kattaliklari funksiya parametri
qilib funksiya nomidan keyin qavs ichida yoziladi
Sonlarni formatlash. Odatda Mathcad 20 belgi aniqligigacha matematik ifodalarnihisoblaydi. Hisoblash natijalarini kerakli formatga o’zgartirish uchun sichqoncha ko’rsatgichini sonli hisob chiqadigan joyga keltirib, ikki marta tez-tez bosish kerak. Natijada sonlarni formatlashnatijasi Result Format oynasi paydo bo’ladi. Sonlarni formatlash quyidagilardir: • General (Asosiy) – o’z holida qabul qilish. Son eksponenцial ko’rinishda tasvilanadi. • Decimal (O’nlik) – o’nlik qo’zg’aluvchan nuqta ko’rinishda tasvirlanuvchi son (masalan, 12.5564). • Skientific (Ilmiy) – son faqat darajada tasvirlanadi (masalan, 1.22*105). • Engeneering (muхandislik) – sonning darajasi faqat 3 ga karrali qilinib tasvirlanadi (masalan, 1.22*106).